• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ramzan Qodirovni “shayton” deb atagan o‘smirning otasi va qarindoshlari kechirim so‘radi (video)

    Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni “shayton” deb atab izoh qoldirgan Instagram foydalanuvchisining otasi va qarindoshlari Qodirovdan kechirim so‘radi. Ularning uzri yozilgan ikkita video Grozniy telekanalida namoyish  etildi.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Telekanal ma’lum qilishicha, izoh muallifi 15 yoshli Dog‘iston fuqarosi bo‘lib, u otasi bilan Podmoskovye viloyatida yashaydi.

    Birinchi videoda ota “15 yoshli o‘g‘lining noto‘g‘ri tarbiyasi uchun” kechirim so‘ragan va “kelajakda o‘g‘lining tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratishga” va’da bergan. Bu vaqtda o‘smir otasining yonida o‘tirgan.

    Ikkinchi videoda o‘smirning besh nafar qarindoshi kechirim so‘ragan. “Hurmatli Ramzan Axmatovich, biz bu o‘smirning qarindoshlarimiz, farzandimizning qilmishini chuqur anglab, sizdan va sizning hamrohlaringizdan uzr so‘raymiz”, — dedi erkaklardan biri kameraga qaray olmasdan.

    Qodirov Instagram’da 6,7 million obunachiga ega @ya_pomoshnik_kra_95 akkauntidan 17-may kuni jonli efir qilgan edi. Efir davomida u foydalanuvchilardan birining: “Sen odam emassan, shunchaki shaytonsan”, — degan izohini o‘qib, skrinshotga olgan. So‘ng kulib, unga “O‘zing haqingda shaxsiydan yozib yubor. Qani, qaysi birimiz shayton ekanmiz. Shaytonlarning ko‘pini yo‘q qilganman, seni ham yo‘q qilishim mumkin” deb kulgan.

    Ramzan Qodirovdan kechirim so‘rash holatlari avval ham bir necha marta kuzatilgan.

    Avvalroq bloger Sasha Tileks Checheniston rahbarini parodiya qilgani uchun uzr so‘ragan. Britaniyalik bloger Benjamin (Bald and Bankrupt) esa chechen ayollarini “jonon” deb atagani uchun kechirim so‘ragan.

    Hatto Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham Qodirovdan kechirim so‘rashga majbur bo‘lgan. U “Kvartal 95” studiyasi Checheniston rahbarining yig‘lab turgan videosidan foydalangani uchun uzr so‘ragan. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, ma’lum bir kishi unga qo‘ng‘iroq qilib, ushbu video haqida qanday fikrdaligini so‘ragan. “Agar biz  musulmon olamidan kimnidir din darajasida xafa qilgan bo‘lsak bu o‘ta xunuk holat, chunki din og‘riqli va nozik mavzu”, — degan u.

    Grozniy teleradiokompaniyasining direktori va Qodirovning yordamchisi Ahmed Dudayevning so‘zlariga ko‘ra, Checheniston hukumati hech kimni kechirim so‘rashga majburlamaydi, chunki bu qonun bilan taqiqlangan. Ammo agar “kimdir ma’lum bir xalqga xos chegaralarni bilmasa”, u “qandaydir gap aytib qo‘yishi, nimadir qilib qo‘yishi” mumkin, dedi Dudayev. Bunday holda, unga “qadimiy xulq-atvor qoidalariga” ko‘ra u yoki bu harakatlar yoki so‘zlar bilan chechen xalqining obro‘siga putur yetkazib qo‘yilgani tushuntiriladi.

    Mavzuga doir:

    • Ramzan Qodirovning o‘g‘li boks musobaqasida raqibini yengmasdan turib g‘olib deb e’lon qilindi (video)
    • OAV: Ramzan Qodirov va uning oilasini qo‘riqlash uchun besh yil ichida budjetdan 13 mln dollardan ortiq pul sarflangan
     

    20.05.2021, 10:46   Izoh (0)   74916
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zelenskiy prezidentligi davrida saylovoldi va’dalarining qanchasini bajargani hisoblab chiqildi

    20.05.2021, 00:52

    Shimoliy Makedoniya rossiyalik diplomatni hududidan chiqarib yuborishini e’lon qildi

    19.05.2021, 23:21

    Meksika prezidenti xitoyliklar qirg‘ini uchun rasman uzr so‘radi

    19.05.2021, 21:46

    Fransiya prezidenti mamlakatda karantin yumshatilgani munosabati bilan kafega tashrif buyurdi

    19.05.2021, 21:22

    Qirg‘izistonda 20 mln dollarlik 440 kg giyohvand moddalar ortilgan yuk mashinasi qo‘lga olindi (video)

    19.05.2021, 20:11

    Putin va Si Szinpin Xitoyda atom energiya bloklari qurilishini boshlab berdi

    19.05.2021, 19:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.