• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Jahon banki prezidentining o‘rinbosari Anna Berde boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-may kuni mamlakatda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Jahon banki prezidentining o‘rinbosari Anna Berde boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Uchrashuvda O‘zbekiston va Jahon banki guruhi o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish, mamlakatda, va umuman, mintaqada barqaror taraqqiyotni ta’minlash maqsadida amaliy hamkorlik darajasini oshirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

    Uchrashuvda davlat rahbari Anna Berdeni Jahon banki prezidentining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani bilan samimiy tabriklab, unga katta muvaffaqiyatlar tiladi.

    Keyingi yillarda birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgan ikki tomonlama hamkorlikning bugungi yuksak darajasi katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Bankning har tomonlama ko‘magi bilan mamlakatda bozor islohotlari va ijtimoiy yangilanishlar dasturini amalga oshirish davom etayotgani ta’kidlandi.

    Jahon banki guruhining tuzilmalari ishtirokidagi loyihalarni ilgari surish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar majmui belgilangan “yo‘l xaritasi” amalga oshirilmoqda. “Mamlakat platformasi” tizimi joriy etilgan.

    Loyihalarning umumiy portfeli 7 milliard dollarga yetmoqda. Hozirgi dastur ta’lim, sog‘liqni saqlash, energetika, suv ta’minoti, qishloq xo‘jaligi, transport kabi ustuvor sohalar va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarni qamrab olgan umumiy qiymati 4,1 milliard dollarlik 23 ta loyihani o‘z ichiga olgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Jahon banki pandemiya oqibatlarini yengib o‘tish maqsadida birinchilardan bo‘lib yordam ko‘rsatdi. Birgina o‘tgan yilda 1,6 milliard dollarlik yangi loyihalar ma’qullandi.

    Bundan tashqari, Bank ekspertlari maslahat-texnik ko‘mak ko‘rsatmoqda, davlat korxonalarini transformatsiya qilish, transport va qishloq xo‘jaligi sohalarini modernizatsiya qilish, elektr energetikasining barcha bo‘g‘inlarini isloh qilishda ishtirok etmoqda. Muqobil energiya manbalarini joriy qilish borasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishildi.

    Delegatsiya tashrifi davomida suv ta’minoti tizimini yaxshilash va innovatsiyalar sohasidagi milliy siyosatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qiymati qariyb 300 million dollarlik loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida bitimlar imzolandi.

    Uchrashuvda O‘zbekistonning Jahon banki bilan yangi besh yillik Sheriklik dasturini puxta tayyorlash va qabul qilishga kelishib olindi.

    Jahon banki prezidenti o‘rinbosari Anna Berde bank mamlakatdagi iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni yuksak baholashi va ularni amalga oshirishda zarur ko‘mak ko‘rsatishda davom etishini ta’kidladi.

    “O‘zbekiston tarixan qisqa davrda juda katta ishlarni amalga oshirdi.

    Islohotlar mamlakatning ham ichki, ham tashqi qiyofasini fundamental ravishda o‘zgartirib yubordi. Shu tufayli mamlakatingiz xorijiy investrlar uchun jozibador”, – dedi yetakchi xalqaro moliyaviy institut rahbari.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston Prezidenti tomonidan Jahon banki bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha taklif etilgan yangi kun tartibi to‘liq qo‘llab-quvvatlandi.

    Xususan, kun tartibidan quyidagi sheriklik yo‘nalishlari o‘rin olgan:

    • mamlakatda kambag‘allikni, eng avvalo qishloq joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlarning ishbilarmonlik tashabbuslarini ilgari surish orqali qisqartirishga qaratilgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash;
    • sezilarli natijalarga erishish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini tubdan oshirish maqsadida oliy ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi yangilanishlar samaradorligini oshirish;
    • respublika hududlarini jadal industriallashtirish dasturini amalga oshirish va o‘rta shaharlarni rivojlantirish loyihasini davom ettirish;
    • taraqqiyotning innovatsion modeliga o‘tish, “yashil iqtisodiyot”ni joriy qilish;
    • yer munosabatlari sohasidagi islohotlarni davom ettirish;
    • korrupsiyaga qarshi kurashish va davlatning rivojlanish institutlari salohiyatini oshirish;
    • yirik mintaqaviy infratuzilma loyihalarini birgalikda ilgari surish.
    Uchrashuv yakunida hamkorlikning yuksak sur’atlarini davom ettirish, O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasidagi strategik sheriklikka doir ustuvor dastur va loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida doimiy muloqotlar va samarali almashinuvlarni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

    Bundan avval Jahon banki O‘zbekistonga qariyb 300 mln dollarlik imtiyozli kredit va grant ajratgani hamda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning tashqi qarzi haqida gapirgani haqida xabar berilgandi.

    18.05.2021, 20:54   Izoh (0)   8997
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev: “Xususiy tibbiyot tashkilotlariga litsenziya berish tartibi soddalashtirilib, jarayonlar to‘liq raqamlashtiriladi”

    18.05.2021, 20:39

    “Ixtisoslashgan markazlarni tumanbay va mahallabay ishlashga o‘rgatish zarur” – Shavkat Mirziyoyev

    18.05.2021, 20:31

    Shavkat Mirziyoyev: “Tibbiyot muassasalarini dori va tibbiyot vositalari bilan qo‘shimcha ta’minlashga 165 milliard so‘m ajratiladi”

    18.05.2021, 20:24

    “Barcha tibbiyot muassasalarida elektron tizim bilan ishlaydigan 2 mingta IT-operator–hamshira lavozimi joriy etiladi” – Shavkat Mirziyoyev

    18.05.2021, 20:17

    Shavkat Mirziyoyev 1-iyuldan boshlab surunkali kasalliklarni birlamchi bo‘g‘inda davolash bo‘yicha yangi tizim joriy etilishini ma’lum qildi

    18.05.2021, 20:10

    Shavkat Mirziyoyev olis hududlarga shifokorlarni jalb qilish ishlari sust olib borilayotganini keskin tanqid qildi

    18.05.2021, 19:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yangi “Garri Potter” serialida maxsus effektlar kompyuter grafikasisiz yaratiladi

    Kino | 7 avgust, 08:55

    Ganada aviahalokat: qurbonlar orasida vazirlar ham bor (foto)

    Dunyo | 7 avgust, 08:40

    Sun’iy intellekt tahdid yoki moliyaviy rag‘batdan keyin batafsilroq javob berishi aniqlandi

    Dunyo | 7 avgust, 00:15

    Iyunda O‘zbekiston dunyo bo‘yicha eng ko‘p oltin xarid qildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 23:59

    Efiopiyada birinchi marta odam savdogarlari o‘lim jazosiga hukm qilindi

    Dunyo | 6 avgust, 23:55

    Superliga. 6 ta gol kiritilgan bahsda “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Mash’al”ni mag‘lub etdi

    Sport | 6 avgust, 23:51

    Xitoyda komadagi qiz universitetga qabul qilinganligi haqidagi xabarni eshitgach, o‘ziga keldi

    Dunyo | 6 avgust, 23:41

    Zelenskiy Tramp bilan tinchlik istiqbollarini muhokama qildi

    Dunyo | 6 avgust, 23:27

    Isroil bosh vaziri G‘azo sektoridagi operatsiya tufayli Bosh shtab rahbari bilan kelishmovchilikka bordi

    Dunyo | 6 avgust, 23:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.