• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Makron Fransiya xavfsizligi izdan chiqishi to‘g‘risida uchinchi maktubni oldi

    Fransiyaning 90 dan ortiq nafaqaga chiqqan politsiyachisi mamlakatning xavfsizlik masalalariga jiddiy e’tibor qaratishini talab qilib, davlat rahbari Emmanuel Makronga xat yozdi. Bu haqda Valeurs Actuelles nashriga tayanib, “RBK” xabar berdi.

    Fransiya prezidenti Emmanuel Makron

    Fransiya prezidenti Emmanuel Makron
    Foto: Reuters

    Sobiq politsiya xodimlari mamlakatda “xavfsizlik va jamiyat osoyishtaligi masalasida o‘ta jiddiy vaziyat” yuzaga kelganini ta’kidlab, hukumatni bu muammoni nazorat ostiga olishga chaqirdi. Shuningdek, ular Fransiyada “mamlakatni qayta zabt etish uchun choralar ko‘rish” kerakligini aytmoqda.

    Sobiq politsiyachilarning aniqlik kiritishicha, mamlakatning ba’zi hududlarida qonunlar ishlamaydi, “tajovuzkor guruhlar” esa hukumatga qarshi chiqmoqda.

    Prezidentga murojaat mualliflari “urushning oldini olish uchun” politsiya xodimlarini harbiy xizmatchilar bilan almashtirishni to‘xtatish kerakligini ta’kidlamoqda.

    Maktubga Milliy politsiya rahbari Frederik Vo javob qaytardi. U nafaqaga chiqish sobiq politsiyachilarni jamoat tartibini saqlashdan ozod qilmasligini aytdi va hukumatning politsiya xodimlarini himoya qilish borasida sezilarli yutuqlarga erishganini ta’kidladi. Politsiya rahbari sobiq hamkasblarining demarshi politsiya institutini kuchaytirish o‘rniga, uni susaytiradi, deb xulosa berdi.

    Aprel oyining oxirida nafaqadagi va amaldagi bir guruh politsiya xodimlari diniy ekstremistlarning mamlakatdagi turli hududlarda o‘z qoidalarini o‘rnata boshlaganini qayd etib, Makronga maktub yo‘llagan edi. Ular aslida mamlakatda irqiy kurash ketayotganini aytgan.

    Fransiya Qurolli kuchlarining shtab rahbari xat mualliflari jazolanishini ma’lum qilgan. Mamlakat qonunlariga muvofiq, harbiylarning siyosiy yoki diniy masalalarga munosabat bildirishi taqiqlanadi.

    Shunga qaramay, may oyining boshida amaldagi harbiy xizmat xodimlari Makronga, shuningdek, vazirlar, parlament a’zolari va oliy harbiy amaldorlarga xat yozdi. Ular o‘z murojaatida hukumatning birinchi xat mualliflariga bo‘lgan munosabatini qoralab, maktub yo‘llovchilarga “isyonchiga qilingandek muomalada bo‘lgani, lekin ularning yagona aybi o‘z vatanini sevishi, uning tanazzulidan xavotirda ekani”ni ta’kidlagan.

    Ikkinchi maktub mualliflari ham Fransiyada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan fuqarolar urushi, mamlakatga nisbatan tahdidlarning ortib borishi haqida ogohlantirgan.

    Avvalroq Makron Parij yaqinida politsiyachining o‘ldirilishini diniy ekstremizm deb atagan edi. Qotillik politsiya uchastkasining kiraverishida sodir etilgan. Jinoyatchi binoga kirayotgan ayolga hujum qilib, uning tomog‘iga pichoq urgan. Boshqa politsiya xodimlari jinoyatchiga qarata o‘q uzgan va u voqea joyida halok bo‘lgan.

    Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning oktabr oyida Fransiyada tarix fani o‘qituvchisi o‘quvchilarga Charlie Hebdo nashri tomonidan chop etilgan Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning karikatura suratini ko‘rsatgan. Shundan so‘ng o‘qituvchi chechenistonlik 18 yoshli muhojir tomonidan o‘ldirilgan. Bu voqea Fransiyada keng jamoatchilikning muhokamasiga sabab bo‘ldi. O‘ldirilgan o‘qituvchi bilan vidolashish marosimida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakat so‘z erkinligidan, jumladan, karikatura borasidagi erkinlikdan voz kechmasligini ma’lum qilgan. Fransiya prezidentining mazkur bayonoti ortidan Yaqin Sharqdagi ba’zi mamlakatlarda Fransiyada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni boykot qilish boshlandi.

    Keyinchalik Makron Muhammad (s.a.v.) karikaturalari tufayli musulmonlarda paydo bo‘lgan his-tuyg‘ularni tushunishini aytdi, ammo ularni hukumat emas, mustaqil OAVlar chiqarayotganini ta’kidladi.

    16.05.2021, 23:56   Izoh (0)   27564
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkiyada 17-maydan COVID-19 bilan bog‘liq karantin choralari yumshatiladi

    16.05.2021, 21:16

    Foto va video: Falastinni qo‘llab-quvvatlash maqsadida London, Nyu-York, Parij va dunyoning boshqa shaharlarida o‘tkazilgan namoyishlar

    16.05.2021, 20:36

    Foto: G‘azoda Isroil aviazarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 180 dan oshdi, ularning 55 nafari bolalar

    16.05.2021, 19:34

    Turkiya falastinliklarni himoya qilish uchun xalqaro mexanizm yaratishga chaqirdi

    16.05.2021, 18:34

    Ozarbayjon Armaniston bilan chegaradagi keskinlik fonida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni boshladi

    16.05.2021, 17:37

    Isroil G‘azoda HAMAS yetakchisining uyiga raketa bilan zarba berdi (video)

    16.05.2021, 16:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Egasiz ayollar migrant bo‘ladi” — “Rakurs” podkastining navbatdagi suhbatdoshi 16 yildan beri muhojirlikda yashayotgan jurnalist Sohiba Hayot

    18 avgust, 21:35

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Tramp bilan uchrashuvdan oldin NATO va Yevropa rahbarlari bilan pozitsiyalarni muvofiqlashtirdik” — Zelenskiy

    Dunyo | 18 avgust, 23:55

    Google Avstraliyaning monopoliyaga qarshi qonunlarini buzgani uchun 30 mln yevro jarimaga tortildi

    Dunyo | 18 avgust, 23:40

    Xitoyda qishloq aholisi va sayyohlar to‘rt soatdan ortiq mashina kalitini o‘g‘irlagan sug‘urni qidirishdi

    Dunyo | 18 avgust, 23:25

    Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i atrofida 12 ta mehmonxona qurildi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 23:09

    Xitoydan O‘zbekistonga spirtli ichimliklarning 2,5 mln dona qalbaki aksiz markasini olib kirayotganlar ushlandi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 23:01

    Chexiya Yevropa Ittifoqida tezlikni 150 km/soatgacha cheklaydigan birinchi davlatga aylanishi mumkin

    Dunyo | 18 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.