Qamashi tumani “Pasttol” qishlog‘i “Boburtepa” mahallasida 14-may kuni noma’lum hayvon mahalliy aholi vakillari tomonidan urib o‘ldirildi. Bu haqda “Nasafnews” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, hayvon qishloqdagi qo‘y-qo‘zilarni ko‘p marotaba bo‘g‘izlab ketgan. Aholi esa buning sababini bilmagan.
Ma’lum qilinishicha, qishloq raisi noma’lum maxluqni “Chupakabra” deb taxmin qilgan.
“Qishloqda 10 talar qo‘zini yedi birinchi. Bizlar kuchuk yeganmi deb, ushlay olmay yurgandik. Fuqarolarimizdan birining hovlisiga kirganda ushlab, kecha hayvonni o‘ldirishibdi”, – deydi rais.
Bundan avval Kasbida yashovchi aholi tuman mas’ullari inkor etgan maxluq hamon ularga zarar yetkazayotganini, mas’ullar buni inkor etishdan nariga o‘tmayotgani, Qashqadaryoda aholining qo‘y va echkilarini bo‘g‘izlab ketayotgani aytilgan noma’lum hayvon odamlar tomonidan urib o‘ldirilgani hamda Namanganda noma’lum maxluqning skeleti topilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)