Farg‘onada 24 marta qoida buzgan va jarimalarini to‘lamagan haydovchining Gentra’si jarima maydoniga joylashtirilgach, haydovchi 27 million 846 ming so‘m qarzini to‘lab berdi. Bu haqda “Daryo”ga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Majburiy ijro byurosi Qo‘qon shahar bo‘limi ish yurituviga 2020-yil yanvar oyidan 2021-yil aprel oyiga qadar 24 marta qoidabuzarlik sodir etib, belgilangan jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagan fuqaro A.J.ga ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlar kelib tushgan.Qarzdor bir necha marta ogohlantirilishiga qaramasdan, jarimalarni to‘lamagan. Shundan so‘ng MIB va yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bir oy davom etgan tezkor tadbir davomida A.J. boshqaruvidagi Gentra avtomashinasi ushlanib, qarzdorlik undirilgunga qadar vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilgan.
Mashinasi olib qo‘yilgach, jarima to‘lovlaridan qasddan bo‘yin tovlab kelayotgan fuqaro 27 million 846 ming so‘m miqdoridagi jarima pullarini to‘liq to‘lab bergan.
Mavzuga doir:
- Qashqadaryoda alimentdan qarzdor ota xorijga chiqish cheklovini bekor qilish uchun xotiniga Lacetti avtomobilini berdi
- Farg‘onalik ota voyaga yetmagan farzandi uchun qariyb 100 mln so‘m aliment pulini oldindan to‘lab berdi
- Buxoroda alimentdan qarzdor ota farzandlariga mashina va ikki xonali kvartira berdi
Izoh (0)