Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri yaqinida 3 ta transport vositasi ishtirokida mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar beradi “Xabar.uz”.
Ma’lum qilinishicha, Nukus—To‘rtko‘l avtomobil yo‘lining 225 kilometri (“Chilpiq” yodgorligi qarshisi)da Cobalt, Nexia va Damas o‘zaro to‘qnashib ketgan. YTH natijasida 6 kishi halok bo‘lgan.
Cobalt’dagi 1 nafar yo‘lovchi, Nexia’dagi 4 nafar yo‘lovchi hamda Damas haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Nexia va Cobalt haydovchilari shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Qashqadaryoda “Jiguli” va Nexia ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 7 kishi halok bo‘lgani, Farg‘onada 6 kishining o‘limi bilan yakunlangan YTH ikki Cobalt ishtirokida sodir bo‘lgani, qurbonlar orasida yetti oylik chaqaloq ham borligi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga doir:
- Jizzaxda Isuzu to‘xtab turgan “KamAZ”ga urilishi oqibatida haydovchilardan biri vafot etdi
- Buxorolik haydovchi svetoforning qizil chirog‘iga amal qilmay, maktab o‘quvchisi o‘limiga sabab bo‘ldi
- Xorazmda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 10-sinf o‘quvchisi boshqaruvidagi Lacetti Damas’ga urildi. YTH oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
Izoh (0)