• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda aholi tomonidan tovuqxona va qo‘yxonaga aylantirilgan qadimiy masjidda eski maktab borligi ma’lum bo‘ldi

    Buxoroning tarixiy markazi bo‘lgan eski shaharning aholi yashaydigan qismida ost qismi ko‘milib ketgan qadimiy masjidga tegishli eski maktab borligi ma’lum bo‘ldi. 80 yildan ortiq vaqt davomida aholi tomonidan omborxona sifatida foydalanib kelingan eski maktab achinarli ahvolga tushib qolgan, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Madaniy meros departamentining viloyat boshqarmasi bosh mutaxassisi Azizbek Oripovga ko‘ra, 2021-yilning aprel oyida “Obod mahalla” davlat dasturi ijrosini ta’minlash yuzasidan Buxoro tarixiy markazidagi xonadonlar birma-bir o‘rganilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Buxoro shahar prokuraturasi, ‘Imom al-Buxoriy’ mahalla fuqarolar yig‘ini hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida xonadonlarni birma-bir o‘rganish jarayonida mahallaning ‘Mirza G‘afur’ ko‘chasidagi aholi uylari orasida qadimiy masjidga tegishli eski maktab binosi qoldiqlari borligi aniqlandi. Ayni paytda Qo‘chqor Ko‘rchi masjidi tarixiga oid to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lish maqsadida tarixchi olimlarni jalb etganmiz”, — deydi Azizbek Oripov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mazkur obyekt soha mutaxassislari tomonidan o‘rganilganda, uning 18-asr boshlarida qurilgan Qo‘chqor Ko‘rchi masjidiga tegishli eski maktab binosi ekani ma’lum bo‘lgan. Ikki qavatdan iborat bo‘lgan mazkur obyektning faqat bir qismigina saqlab qolingan. Pastki qismidagi hujralar taxminan 2-3 metr chuqurlikka ko‘milib ketgan. Odamlarning eski-tuski anjomlari qo‘yiladigan omborxonaga aylantirilgan tarixiy obidaning devorlari nam va zax ta’sirida nuragan. Yetmagandek ayrim kimsalar undan hojatxona sifatida ham foydalangan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Bu Rus imperiyasi davrida, Mixail Frunze davrida zabt etilib, so‘ngra xaroba ahvolga keltirilgan tarixiy obyektlardan biri, desak adashmagan bo‘lamiz. O‘sha davrda masjid buzilib, ular vaqtincha yashash uchun uy sifatida foydalanilgan. Ma’lumki, Buxoroning qadimiy shahar qismidagi aholi yashash uylari ichma-ich joylashgan bo‘lib, bir-biriga bog‘lanib ketgan. Bir qarashda obyektning 2-3 metr chuqurlikda ko‘milib ketgani uchun uni aholi xonadonlaridan ajratish mushkul. O‘ndan ortiq xonadon egalari shundan foydalangan holda obyektni turli tomonlardan g‘isht devorlar bilan o‘rab olgan. G‘oyatda achinarli ahvolda. Insofni unutib, hatto, tovuqxona va qo‘yxona sifatida ham foydalanib kelingan”, — deydi “Imom al-Buxoriy” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Bahodir Hojiyev.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bahodir Hojiyevning aytishicha, u holatdan xabar topgach, bu haqda zudlik bilan Madaniy meros deportamenti Buxoro viloyat boshqarmasiga bildirgan. Ayni “Obod mahalla” davlat dasturi ijrosini ta’minlash yuzasidan Buxoro tarixiy markazidagi xonadonlarda xatlov o‘tkazilayotgan jarayonda aniqlangan bu qadimiy bino qat’iy nazoratga olingan. Bino atrofida noqonuniy uy-joylar qurilgani, 4 ta xo‘jalik tomonidan esa eski masjidga tegishli qadimiy maktab binosidan garaj sifatida foydalanilgani, boshqalari esa uning hujralarida tovuq va qo‘y boqib kelishgani oydinlashgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘rganuv jarayonida qadimiy obyektning o‘ng, so‘l va orqa taraflari aholi tomonidan qulatilgani, yashash xonadonlariga qo‘shib, o‘zlashtirib olingani aniqlangan. Ravoq va naqshinkor ustunlari achinarli ahvolga keltirilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Binoning saqlanib qolingan qadimiy yog‘och eshik va obi g‘ishtlari o‘z tusini yo‘qotmaganidan ma’lumki, obyekt o‘z davrining tajribali ustozodalari tomonidan qurilgan. O‘rganuv jarayonida eski g‘ishtin devorlarning nuragan joylari aholi tomonidan o‘zboshimchalik bilan sifatsiz g‘ishtlardan qo‘shib-qorib suvalgani ham ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari, obyekt atrofini o‘rab olish va atrofini garajlar bilan to‘ldirish paytida eski masjidning ko‘chgan g‘ishtlaridan foydalanilgan. Hozir masjidga tegishli maktabning har bir qadimiy g‘ishti ham qat’iy nazoratda. Agar biz buni qayta tiklamasak, bizni kelajak avlod kechirmaydi. Shu bois, yordam qilinglar, deb siz jurnalistlarni ham chaqirdik”, — deydi mahalla raisi kuyinib.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Madaniy meros departamenti viloyat boshqarmasi bosh mutaxassisining aytishicha, ayni paytda odamlarning o‘zi noqonuniy qurilmalarni bartaraf qilmoqda. “Qadimiy obyektning 2-3 metr chuqurlikda ko‘milib qolgani inobatga olinadigan bo‘lsa, bu yerda kamida 40-50 mashina chiqindi va ortiqcha qum bor. Ularni tashib chiqarishda esa texnika vositalaridan foydalanish qat’iy mumkin emas. Faqat har bir tozalash va qayta tiklov jarayonlari qo‘l mehnati orqaligina amalga oshiriladi. Yo‘qsa, devorlari ag‘anaydi. Hujralariga talafot yetadi. Biz bu tarixiy topilmaning aslini boy berib qo‘yishimiz mumkin. Shu bois, ushbu masalada tarixchilar va tajribali ustalar jalb etiladi”, — deydi Azizbek Oripov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri shu manzilda istiqomat qilayotgan yoshi keksa odamlar bilan suhbatda bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Urush davrlari edi. 6-7 yoshli qizaloqman. Bu masjid juda katta edi, shundoq yonida tegirmon ham bor edi. Bobom bizni har kuni shu tegirmon oldiga qoldirib, o‘zi masjidga kirib-chiqardi. Elas-elas eslayman, bir kuni bobom masjiddan ko‘zda yosh bilan chiqib, bizni yetaklagancha ‘Dinsizlar uya qurgan masjidda endi namoz o‘qiy olmaydigan bo‘ldikmi?’, deya nolib, norozi bo‘lib qaytgandi. Bolaman-da, gapining ma’nosini tushunmaganman. Oradan ko‘p o‘tmay, bobom vafot etdi. Hech kim masjidga kirmay qo‘ydi. Ota-onamdan eshitganim shuki, masjid o‘rislarning uyiga aylantirib yuborilgan ekan. Keyin ulg‘aydik, unib-o‘sdik. Biz bilgan o‘sha masjid va maktab odamlar tomonidan avvaliga kam-kam, keyinchalik butunlay o‘zlashtirib olindi. Na masjid, na maktab, na uning yonidagi tegirmon qoldi. Xaroba va vayronaga aylanib ketgan Allohning uyini nima ko‘ylarga solishmadi”, — dedi 84 yoshli onaxon Rahima Rizayeva chuqur xo‘rsingancha.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Buxoro shahri hokimi “Daryo” muxbiri bilan suhbatda qadimiy obyektni qayta tiklash avvalida ayni paytda atrofni sanitar tozalash va obodonlashtirish, shuningdek, obyektning kadastr hujjatlarini tayyorlash ishlari boshlab yuborilganini bildirdi.

    “Qadimiy tarixiy ahamiyatga ega masjidga tegishli eski maktab tashqi tomondan qaraganda, 7 ta hujradan iborat ekani ko‘rinadi. Biroq ichki tomondan 15 dan ortiq katta-kichik o‘lchamdagi darsxonalari mavjud. Bu esa 18-asr me’moriy ishlarida, naqadar, sinchkovlik va yuqori darajadagi ijodkorlik bilan yondashilganidan darak berib turibdi. Ayni paytda hududda aholi uchun qulay infratuzilma yaratish bo‘yicha qator ishlar boshlandi. Tarixiy obyekt atrofidagi hovlilar, shuningdek, ikki qavatli aholi turar joylarida noqonuniy ravishda o‘zboshimchalik bilan tiklangan barcha qo‘shimcha qurilmalar buzib tashlanadi. Asrlarga yondosh yangi topilgan qadimiy maktab eski shaharning ko‘rkam manzili va qadamjosiga aylantiriladi”, — dedi Buxoro shahar hokimi.

    Mutasaddilarga ko‘ra, hozirda holat bo‘yicha tegishli idoralar bilan birgalikda batafsil o‘rganish ishlari olib borilib, mazkur madaniy meros obyektini davlat muhofazasiga olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

    14.05.2021, 12:10   Izoh (0)   38241
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 291 kishida koronavirus aniqlandi

    14.05.2021, 10:20

    Namangan viloyatining sobiq hokimi Ikromxon Najmiddinov 70 yoshni qarshiladi. Unga “Mehnat shuhrati” ordeni topshirildi

    14.05.2021, 09:31

    Buxoro hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘zgardi

    14.05.2021, 09:10

    Farg‘onada 200 dollar pora bilan qo‘lga tushgan bog‘cha mudirasiga jazo tayinlandi

    14.05.2021, 08:29

    Dunyo bo‘ylab o‘qilgan hayit namozi, Falastinni qo‘llayotgan yahudiy, hukumatdan norozi “farishta”. 13-may suratlari

    13.05.2021, 23:58

    Andijonda YPX xodimlarining xizmatiga to‘sqinlik qilgan fuqarolar sudga berilib, jazolandi

    13.05.2021, 23:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.