Maks Vaynbax ismli taniqli insayder Xiaomi’ning Yevropa bo‘yicha Twitter’dagi rasmiy akkauntlaridan biri postlarni iPhone yordamida chop etayotganiga e’tibor qaratdi, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.
Internet foydalanuvchilari bunga e’tibor qaratishi bilan tvit o‘chirib tashlangan. Ayrim foydalanuvchilar skrinshot qilishga ulgurib qolgan:
Bu kabi vaziyat Android smartfonlar ishlab chiqaruvchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi mintaqaviy akkaunlarida tez-tez sodir bo‘lib turadi. Shu orqali, masalan, Apple o‘zining reklama kampaniyalari orqali ustidan kulishni yaxshi ko‘radigan Samsung qo‘lga tushgan. Jumladan, 2018-yilda Samsung’ning ikkita bo‘linmasi shu kabi “xato”ga yo‘l qo‘ygandi — kompaniyaning Saudiya Arabistoni va Nigeriyadagi rasmiy akkauntlari reklama tvitlarini iPhone’dan joylashtirgan. Eng qiziqarli holat esa 2013-yilda sodir bo‘lgan. O‘shanda tennischi Devid Ferrer o‘zining Twitter’dagi sahifasida yangi Galaxy S4’ni maqtagan, biroq u mazkur postni iPhone’dan joylashtirgan edi.
Izoh (0)