• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    BMT o‘z xodimlarini “Sputnik V” bilan emlaydi, italiyalik qiz oltita dozada vaksina oldi, Malayziya bir oyga yopiladi. Koronaxabarlar

    Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 158 988 250 kishiga yetdi. Virusni yuqtirib olganlar soni bo‘yicha AQSh (32,7 million), Hindiston (22,9 million), Braziliya (15,2 million), Fransiya (5,8 million) va Turkiya (5 million) yetakchilik qilmoqda.

    COVID-19 oqibatidagi o‘limlar soni esa dunyo bo‘yicha 3 304 921 tani tashkil qilmoqda.

    Ekvadorda koronavirusni yuqtirib olganlar soni 395 ming kishidan oshdi. Suratda: Kito fuqarosi emlanish uchun o‘z navbatini kutmoqda

    Ekvadorda koronavirusni yuqtirib olganlar soni 395 ming kishidan oshdi. Suratda: Kito fuqarosi emlanish uchun o‘z navbatini kutmoqda
    Foto: AP Photo

    BMT o‘z xodimlarini Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi bilan emlaydi

    BMT Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini qo‘llashni boshlamoqchi. Bu haqda tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterrish ma’lum qildi. Uning aytishicha, BMT Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vaksinani tasdiqlashini kutmoqda. BMTning “Sputnik V” ma’qullangan davlatlardagi xodimlari allaqachon ushbu dori bilan emlanmoqda.

    “Avvalambor, BMTning ko‘pchilik xodimlari aynan Rossiya Federatsiyasida ‘Sputnik V’ vaksinasini olishga ulgurdi. Biz undan o‘zimiz foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishni istardik, ammo JSSTning uni ma’qullashini kutyapmiz, bu BMT faoliyati nuqtayi nazaridan zarurdir”, — dedi Guterrish.

    “Biz, albatta, ‘Sputnik V’ bilan vaksinatsiya kampaniyasini o‘tkazayotgan mamlakatlarda ishlaydigan BMT xodimlarini ushbu vaksina bilan emlanishga chaqiramiz”, — deya qo‘shib qo‘ydi u.

    Mavzuga doir: BMT bosh kotibi koronavirusga qarshi emlandi

    Italiyada talaba qiz xatolik tufayli bir yo‘la oltita dozada emlandi

    Italiyada 23 yoshli talab qiz Pfizer/BioNTech kompaniyasi vaksinasining bir yo‘la oltita dozasi bilan emlandi. U Massa-Karrara shahrida o‘zi amaliyot o‘tayotgan kasalxonaga kelib emlangan, ammo tibbiyot xodimlari yanglishib, unga bir yo‘la oltita dozani yuborgan. O‘z xatosini anglaganidan keyin xodimlar qizga bu haqda ma’lum qilishgan.

    Qiz kecha-yu kunduz nazorat ostida bo‘lib turish uchun kasalxonada qoldirilgan, 24 soatdan keyin uyiga javob berilgan. Ayni paytda uyida bo‘lgan qiz bosh og‘rig‘i va qo‘l sohasidagi noqulaylikdan shikoyat qilmoqda. Ammo u hamshirani sudga bermoqchi emas.

    Ta’kidlanishicha, Pfizer vaksinasi har biri oltita dozaga mo‘ljallangan ampulalarda yetkaziladi. Qizni to‘liq bitta ampula bilan emlashgan. Ba’zi mutaxassislar fikricha, dorini oshiqcha miqdorda yuborish zarur samaraga olib kelmasligi mumkin.

    Mavzuga doir: Litvada xatolik tufayli bir ayol birdaniga besh dozada koronavirus vaksinasi bilan emlandi

    Malayziyada 12-maydan qariyb bir oyga lokdaun joriy qilinadi

    Malayziya hukumati koronavirus tarqalishi munosabati bilan 12-maydan 7-iyungacha mamlakatda umummilliy izolyatsiya rejimini joriy etishga qaror qildi.

    Xususan, jamoat tadbirlari taqiqlanadi, restoranlarga borish, shtatlar va tumanlar ichida harakatlanish mumkin bo‘lmaydi (ish, shoshilinch holatlar, tibbiy sabablar, emlanish yoki turmush o‘rtog‘ini ko‘rishga borish kabi sabablar bo‘lmasa). Ochiq havoda sport bilan shug‘ullanish bo‘yicha ba’zi cheklovlar kiritiladi.

    Worldometers statistik sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Malayziyada pandemiya boshidan buyon 444,4 ming kishi koronavirusga chalingan, shularning 1,7 mingdan ortig‘i vafot etgan.

    Mavzuga doir: Malayziyada styuardessalar uchun antikoronavirus kiyim taqdim etildi

    Shuningdek:

    • AQShda Pfizer vaksinasi bilan o‘smirlarni emlash ma’qullandi. Endi 12 yoshdan oshgan amerikaliklar ushbu vaksinani olishi mumkin. Bundan tashqari, kompaniya o‘z dorisini olti oylikdan oshgan bolalarda sinovdan o‘tkazmoqda.
    • Buyuk Britaniyada koronavirus cheklovlari yumshatilmoqda. 17-maydan mamlakatda pab, kafe va restoranlarning yopiq binolarida xizmat ko‘rsatish ochiladi, odamlar ochiq havoda ko‘pchilik bo‘lib to‘planib o‘tirishi mumkin bo‘ladi. Kinoteatr va sportzallar ham ochilishi mumkin. Hukumat o‘z yaqinlari bilan quchoqlashib ko‘rishmaslik tavsiyasini bekor qildi.

    11.05.2021, 17:27   Izoh (0)   19276
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozon maktabidagi otishmadan keyin Putin qurolga egalik qilish qoidalarini kuchaytirishni buyurdi

    11.05.2021, 16:10

    Rossiyaning Qozon shahridagi maktabda otishma oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi. Tataristonda 12-may motam kuni deb e’lon qilindi (foto va video)

    11.05.2021, 14:14

    Quddusning al-Aqso masjidi yaqinidagi tartibsizliklar fonida yong‘in kelib chiqdi (video)

    11.05.2021, 13:10

    Hindistonda Ganga daryosidan o‘nlab COVID-19 qurbonlarining jasadlari topildi

    11.05.2021, 12:46

    AQSh Qirg‘iziston va Tojikistonga chegaradagi nizoni hal etishda o‘z yordamini taklif qildi

    11.05.2021, 10:39

    Armaniston parlamenti Pashinyanni bu safar ham bosh vazir etib saylamadi va parlament tarqatib yuborildi

    11.05.2021, 09:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.