Bir xil menyudan zerikkanlar uchun xamir ichiga solib pishiriladigan sosiskali yegulik ayni muddao.
Kerakli mahsulotlar:
- sosiska — 6 dona;
- un — 100 g;
- shakar — 2 osh qoshiq;
- tuxum — 1 dona;
- sut — 2 osh qoshiq;
- razrixlitel — 1 osh qoshiq;
- soda — 1,5 osh qoshiq;
- tuz — 0.5 qoshiq;
- o‘simlik yog‘i — 300 ml;
- ziravorlar — 0,5 qoshiq.
- Un, shakar, tuz va razrixlitelga tuxum qo‘shib xamir tayyorlab oling.
- Sut qo‘shib aralashtiring.
- Suyuq aralashmali xamirni uzunroq stakanga soling.
- Maxsus cho‘p tiqilgan sosiskalarni unlab, aralashmaga botirib oling.
- O‘simlik yog‘i solingan tovada tillarang bo‘lgunicha qovurib oling.
- Tayyor sosiskalarni yog‘i ortiqcha bo‘lmasligi uchun quruq salfetka ustiga terib chiqing.
- Ko‘katlar bilan bezang va istalgan sous bilan qo‘shib dasturxonga torting.
Saharlik uchun retseptlar:
Izoh (0)