Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan 16-sonli MTT mudirasi 983,5 million so‘m budjet mablag‘larini o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi.
Viloyat prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, u amalda ishlamagan 37 nafar xodim nomiga ochilgan plastik kartalarni noqonuniy ravishda o‘zida qoldirishni talab qilib, tabellarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali shuncha pulni o‘zlashtirgan.
Qayd etilishicha, 2021-yil o‘tgan davrida ta’lim muassasalari rahbarlarining budjet mablag‘larini talon-toroj qilishi holatlari yuzasidan 11 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq Buxoroda bog‘cha mudirasi 400 dollar pora olayotganda qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)