“Manchester Siti” hujumkor yarim himoyachisi Riyod Mahrez Chempionlar Ligasi yarim final javob bahslari yakuni bo‘yicha haftaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Jazoirlik futbolchi “PSJ”ga qarshi kechgan o‘yinda (2:0) jamoasining ikkala goliga muallif bo‘ldi.
Ushbu nom uchun quyidagi futbolchilar ham kurash olib borgandi:
- Ruben Diash (“Manchester Siti”) — “PSJ”ga qarshi uchrashuvda (2:0) 92% uzatmalar aniqligi, 2 ta yakkakurashlardagi ustunlik;
- Ngolo Kante (“Chelsi”) — “Real”ga qarshi o‘yinda (2:0) 88% uzatmalar aniqligi;
- Kay Haverts (“Chelsi”) — “Real”ga qarshi bellashuvda (2:0) 1 ta darvoza tomon aniq zarba.
Darvozabon: Eduard Mendi (“Chelsi”);
Himoyachilar: Ben Chilluel, Tiago Silva, Sesar Aspilikueta (barchasi “Chelsi”), Ruben Diash, Kayl Uoker (ikkisi “Manchester Siti”);
Yarim himoyachilar: Meyson Maunt, Kay Haverts (ikkisi “Chelsi”), Fil Foden, Riyod Mahrez (ikkisi “Manchester Siti”);
Hujumchi: Timo Verner (“Chelsi”).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)