• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Navoiyda maktab o‘quvchisi homilador bo‘lib qoldi

    Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi N.I. “Daryo”ga murojaat qilib, 16 yoshida homilador bo‘lganini, shu sabab maktabda doimiy ravishda kamsitib kelinganini, direktor va ayrim o‘qituvchilarning ta’siri bilan sinfdoshlari orasida ham yakkalanib qolganini bildirdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri murojaatga ko‘ra, Navoiy shahrida bo‘lib, voqea tafsilotlarini o‘rgandi.

    Ma’lum bo‘lishicha, Navoiy shahridagi “Chinor” mahallasida yashovchi voyaga yetmagan N.I. 2020-yilning sentabr oyida o‘zi bilan bir ko‘chada yashovchi 23 yoshli Ch.B. bilan tanishgan. Bir necha marta davom etgan uchrashuvdan so‘ng, qiz yigitning iliq muomalasi va munosabatini “muhabbat izhori” deya qabul qilgan. Oktabr oyida esa qiz yigitning uyida mehmon bo‘lgan.

    Jiyanining bugungi ahvolidan achinib, taqdiridan xavotirlanayotgan xolasi Z.I.ga ko‘ra, yoshlar o‘rtasidagi iliq munosabatdan Ch.B.ning xolasi M.B. ham xabardor bo‘lgan. Shu sabab oktabr oyida yigitning xolasi qizni mehmondorchilikka chaqirgan. Mehmondorchilikda yigitning xolasi bilan ko‘rishib turadigan erkak va ularning kichik qizchasi hamda yigit bo‘lgan. Ovqatlanib bo‘lgach, ular chiqib ketgan va yigit-qiz uyda yolg‘iz qolgan.

    “Negadir, o‘sha kun ko‘z oldim qorong‘ulashib, boshim aylana boshladi. Keyin meni boshqa xonaga olib kirishdi. Mening ko‘z o‘ngimda faqat televizor va shkaf qolgan. O‘zimga kelganimda, bir holatda edim. Yig‘ladim, qo‘rqdim. Shunda yigit meni ovutib, ‘Senga uylanaman, xavotirlanma’, deb meni tinchlantirdi. Qo‘rqqanimdan bu voqeani hech kimga bildirolmadim. Har gal u: ‘Agar yonimga kelmasang, uyingdagilarga bor haqiqatni aytaman’, deb qo‘rqitardi. Shu sabab uyimdagilarga aytmasligi uchun u bilan uyida ko‘rishib turishga rozi bo‘lganman”, — deydi nomusi toptalgan maktab o‘quvchisi.

    Qizning xolasiga ko‘ra, jiyanini zo‘rlagan yigitning ota-onasi uning yoshligida ajrashib ketgan. Keyinchalik onasi vafot etgan va u buvisi hamda xolasining qo‘lida tarbiya topgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Jiyanim yigitning uyiga borganini qo‘ni-qo‘shnilari ham bir necha marta ko‘rgan. Jiyanim yigitdan sovchi jo‘natishini so‘ragan. Oradan vaqt o‘tib esa yigit tomon uyni sotgan va jiyanimning telefon qo‘ng‘iroqlari javobsiz qolgan”, — deydi qizning xolasi.

    “Uni topolmagach, men ham achchiqlanib, telefon raqamlarimni o‘zgartirdim. U bilan aloqani uzdim va o‘zim bilan o‘zim qo‘rquvda qolib yashayverdim. Yaqinlarimga aytishga qo‘rqdim. Dekabr oyida sog‘ligim yomonlasha boshladi. O‘zimni o‘ta lohas va holsiz seza boshladim. Boshim tinimsiz og‘rirdi. Keyin sog‘ligimdan xavotirlanib, onamdan meni shifokorga olib borishini so‘radim. Meni xolam shifoxonaga olib bordi. Homilam borligini esa o‘zim ham bilmaganman, hatto, xayolimga ham kelmagan”,— deydi qiz.

    Qizning xolasiga ko‘ra, jiyanining homilasi borligini hududdagi poliklinikaga borganda bilgan.

    “Shu topda mening ahvolimni tasavvur qilavering. Zudlik bilan holatdan opamni ham, yigitning xolasini ham xabardor qildim. Yigitni chaqirganimizda, u homilani tan olmaslikka urindi. Jiyanimning sha’ni uchun o‘zi bilan yolg‘iz gaplashib ko‘rishini taklif qildik. Shundan so‘ng yigit unga uylanishga rozi bo‘lganini bildirgan. Ammo o‘sha kunning o‘zida yigit men bilan ham ko‘rishib, ‘Mening unashtirilgan qizim bor, yaqinda to‘yim bo‘ladi. Jiyaningizni qornida bolasi bor, asabiylashish homilaga ta’sir qilmasin, deb o‘ziga uylanaman, dedim. Bola tug‘ilsa, otasi kim ekanini aniqlashtirasizlar. Ungacha meni bezovta qilmanglar’, dedi xuddi ustimizdan kulgandek”, — deydi qizning xolasi.

    Aytilishicha, voyaga yetmagan qiz onasi va buvisi bilan ijtimoiy jihatdan ko‘makka muhtoj holatda yashaydi. Mahalla tomonidan bir necha marta moddiy ko‘mak ko‘rsatilgan. 2020-yilning avgust oyida xonadon ta’mirlab berilgan. Biroq xonadonning ayni paytdagi ahvolidan ko‘rish mumkinki, xonadondagi suvoqlash ishlari ham o‘ta pala-partish bajarilgan.

    Nomusi toptalganini aytayotgan qizga ko‘ra, u 2019-yilda bir tomondan uydagi vaziyat, ikkinchi tomondan maktab direktori hamda ayrim o‘qituvchilarning ta’siri bilan sinfdoshlari orasida ham yakkalanib qolgan. Bu esa uning ruhiyatiga ta’sir qilib, o‘z joniga qasd qilishgacha borgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Mana shunday tushkun kunlarimning birida yigit bilan tanishib qolgan edim va faqat undan yaxshi so‘zlar eshitganim uchun ham unga ishongandim. Pandemiyaga qadar maktabda a’lo baholarda o‘qirdim. San’atga, aktyorlikka juda qiziqaman. Turli tadbir va tanlovlarda qatnashib, ijobiy natijalarga ham erishganman. Hozir esa ustozlarim menga ‘Senga baho qo‘ymaymiz’, deyishyapti”, — deydi N.I.

    Z.I.ga ko‘ra, yigit qiz bilan jinsiy yaqinlikda bo‘lganini boshqa tanishlariga ham aytgan. Shu sabab ular qizni ko‘p marotaba ko‘cha-ko‘yda uyaltirishgan.

    “Ushbu masala yuzasidan Navoiy shahar IIBga, shahar prokuraturasiga murojaat qildik. Do‘q-po‘pisa eshityapmiz, xolos. Shu paytgacha uch marta tergovchi almashdi. Natija yo‘q. Hozir jiyanim ko‘chaga ham chiqmaydi, darsga ham bormayapti. Hatto, maktabidan shuncha vaqtgacha ‘Nega kelmayapsan?’, deb so‘rashmadi”, — deydi qizning xolasi.

    Surishtiruv jarayonida “Daryo” muxbiri Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Jamshid Qudratov bilan uchrashdi. Biroq direktor vaziyatga munosabat bildirishdan bosh tortgan.

    “Advokatim bilan gaplashdim, intervyu bermaslikka haqqim bor. N.I.ning 2019-yilda sirka ichgani sabab, uning maktabda kamsitilgani yoki mendan ta’magarlik qilishlari yuzasidan yetarlicha manbalarim bor. Bu borada sud jarayonlarida javob beraman. Menga tuhmat bo‘lyapti, buni suddan boshqa hech kim ochiqlay olmaydi”, — degan maktab direktori.

    Suhbatlashishdan bosh tortgan maktab direktori keyinchalik o‘quvchi qiz haqida imzosiz ma’lumotnoma jo‘natgan. Unda qizning fanlar bo‘yicha o‘zlashtirishi namunali bo‘lgani, biroq 8-sinfga o‘tgandan keyin oilasida onasi bilan ziddiyatli munosabatlari ko‘zga tashlangani, maktab rahbariyati tomonidan olib borilgan barcha tushuntirishlarga qaramasdan, o‘quvchining oilaviy muhitida o‘zgarish bo‘lmagani yozilgan.

    O‘quvchi qizning aytishicha, maktab direktori, uning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari hamda maktab psixologi unga ruhiy bosim o‘tkazib kelgan.

    “Chinor” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Isroil Mardonovga ko‘ra, qiz tarbiyalanayotgan oila 2016-yildan beri notinch oilalar ro‘yxatida turadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Notinchligining sababi uy egasi, ya’ni N.I.ning buvisi X.I. hamda onasi F.I.lar uyda spirtli ichimlik iste’mol qiladi. Ular bilan muntazam ravishda targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borilgan. Joriy yilda ‘Ayollar daftari’ga kiritilib, oilaga moddiy-ma’naviy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Profilaktika inspektori tomonidan ham nazoratga olingan. Og‘riqli jihati, voyaga yetmagan o‘quvchi N.I.ning o‘zi onasi va buvisining spirtli ichimliklar iste’mol qilishidan norozi bo‘lib, ‘Mening oriyatimga tegyapti, maktabda sinfdoshlarim orasida menga noqulay vaziyat bo‘lyapti, ular ichishmasin, yo‘qsa, men uyimdan chiqib ketaman’, deya bir necha marta bizga shikoyat qilib kelgan. O‘tgan yil sirka ichib, o‘z joniga qasd qilishga ham urindi. Bu borada uni davolash va profilaktik ishlar olib borildi. Yil oxiriga kelib esa N.I. Tik-tok’larga chiqa boshladi. Qizni tarbiyalashga chorlamoqchi bo‘lganimizda, buvisi va onasi bizga o‘z qarshiliklarini bildirdi. Aslida, buvisi va onasiga ko‘mak zarur. Bugungi kunda esa shifokorga murojaat qilishgach, olti oylik homilasi borligi aniqlanib, avval oilasidagilar, keyin esa, gap-so‘zlar tarqalgachgina bizga ma’lum bo‘ldi”, — deydi mahalla raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy, ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Manzura Turdiyeva.

    Manzura Turdiyevaga ko‘ra, avval “Chinor” mahallasida, ayni paytda esa “Do‘stlik” MFYda yashovchi fuqaro Ch.B. muqaddam qamalib chiqqan, ayni paytda profilaktik nazoratda turadi.

    “Daryo” muxbiri bilan telefon orqali suhbatda bo‘lgan yigitning xolasi jiyanining o‘quvchi qiz bilan yaqin munosabatda bo‘lib kelgani haqidagi gapni eshitganini bildirdi.

    “Ayni paytda qiz talab qilgan darajada to‘y qilishga moddiy imkoniyatimiz yo‘q. Agar istashsa, bola tug‘ilgach, u haqiqatan ham jiyanimning farzandi bo‘lib chiqsa, qarshi bo‘lishmasa, uni o‘zim boqib olaman. Qizni esa katta to‘y-tomosha bilan xuddi qiz bola singari xonadonimizga olib kiraman”, — deydi yigitning xolasi M.B.

    Qizning nomusiga tekkani aytilgan yigit esa surishtiruv jarayonida jurnalistni qiziqtirgan savollarga javob berar ekan, “Chinor” MFY raisi o‘rinbosari Manzura Turdiyeva IIBga unga nisbatan salbiy xarakteristika bergani uchun qamalib chiqqanini aytmoqda.

    “Hozir qiz bilan qonuniy nikohdan o‘tmasam yoki uylanmasam, qonun oldida javob berishimni bilaman. Lekin men unga shar’iy nikohdangina o‘tishni taklif qildim. Rad etdi. Uning talabi darajasida dabdabali to‘y qilishga qurbim yetmaydi. Hatto, majburiyat yuzasidan unga uylangan taqdirimda ham u bilan birga yashashni istamayman. To‘g‘ri, hozir tergov-surishtiruv ishlari olib borilyapti. Jarayon sudga oshirilgach, u qonuniy kuchga kiradi”, — dedi Ch.B.

    “Bu borada qonuniy harakat boshlangan. Asosiy jihat qizning voyaga yetmagani, bunda, albatta, davlat da’vosi bo‘ladi. Ayni paytda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov-surishtiruv harakatlari davom etmoqda. Qizning voyaga yetmagani munosabati bilan bu borada ichki ishlar organlari tomonidan olib borilayotgan ishlar tergov siri sifatida ochiqlanmaydi”, — dedi Navoiy shahar ichki ishlar bo‘limi tergovchisi.

    07.05.2021, 12:38   Izoh (0)   71176
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayev koronavirusdan sog‘ayib, o‘z ishiga qaytdi

    07.05.2021, 12:23

    Surxondaryodagi kuchli yomg‘ir va seldan so‘ng yuzlab xonadonlar suv ostida qoldi

    07.05.2021, 12:10

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 1 milliondan oshdi

    07.05.2021, 11:37

    Andijonda kuchli sel kelishi oqibatida ikki bola suvda oqib ketib, halok bo‘ldi

    07.05.2021, 11:27

    O‘zbekiston Prezidentining maslahatchisi Rustam Qosimov 64 yoshida vafot etdi

    07.05.2021, 11:14

    O‘zbekistonda bir kunda yana 421 kishida koronavirus tasdiqlandi. Qurbonlar soni uch nafarga ko‘paydi

    07.05.2021, 10:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.