So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12178.1
    • RUB 126.06
    • EUR 13028.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Maslahatlar

    Bir yil davomida hech narsa sotib olmay, uy uchun pul yig‘gan bloger ayoldan maslahatlar 

    06.05.2021, 08:54 16733

    Lana Joanna Jarvis taniqli bloger bo‘lib, u oilaviy budjet va mablag‘ni tejash bo‘yicha bir qancha maslahatlar beradi. Bloger 2019-yilni “xaridsiz bir yil” nomi ostida o‘tkazdi. Bu maqsadsiz xarid, xarid uchun sayohat va dam olish uchun savdo markazlarida do‘stlar bilan aylanishni anglatadi. Qilingan xarajatlar esa faqatgina kerakli bo‘lib, yil oxiriga kelib esa Lana salkam 35 ming dollar tejadi. Bu orzudagi uyning bir qismini to‘lash uchun yetarli edi.

    Foto: The Mirror

    Foto: The Mirror

    Lara agar hali ehtiyoj uchun kerak bo‘ladigan mahsulotlarni tejashga imkon topa olmaganlar uchun ortiqcha pul sarflamaslikka yordam qiluvchi 5 ta maslahat berib o‘tdi:

    30 kunlik kutish qoidasi

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Agar do‘konda biror buyum yoqib qolsa, plastik kartasini ochishga shoshmaslik zarur. Buyum chindan ham zarur bo‘lsa, o‘ylab ko‘rish uchun 30 kun muhlat tayinlash kerak. So‘ngra bir oy mobaynida mazkur buyum istaklar ro‘yxatiga kiritib borilsin. O‘tgan vaqt mobaynida ham istak o‘zgarmasa, demak, uni xarid qilish mumkin.

    Ushbu qoida keraksiz sarf-xarajatlarning oldini oladi. Laraning aytishicha, ko‘pincha inson vaqt o‘tib xarid qilgan narsasiga muhtoj emasligini anglaydi.  Ba’zida kayfiyatni ko‘tarish uchun ham ko‘ylak sotib olish mumkin. Lekin keyinchalik uning keraksizligi yaqqol namoyon bo‘ladi.

    Ovqatlanish rejasi

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Avval ovqatlanish rejasi tuziladi va bir oylik mahsulotlar oldindan sotib olinadi. Sifati tez buziladigan masalliqlarni har hafta xarid qilgan ma’qul. Bu har tomonlama tejash imkonini beradi. Ulgurji sotib olingan mahsulotlar uyda bo‘lganidan so‘ng, ularni do‘konma-do‘kon izlashga ortiqcha vaqt sarflanmaydi.

    Ovqatlanish rejasini tashkil etishning yana bir sababi shundaki, u stressni yengillashtiradi. Sovutgich hamisha to‘la va tushlik yoki kechki ovqat uchun nima tanovul qilinishi ma’lum. Shu tarzda pul, vaqt va salomatlikni asrash mumkin.

    Naqd pul foydaliroq

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Naqd pul orqali to‘lov qilish hamisha tejamkorlikni keltirib chiqaradi. Xaridor bu borada qancha pul sarflaganini aniq bilib turadi va aqchalarga e’tiborsiz bo‘lmaydi. Plastik kartochka orqali qilingan to‘lovga odatda insonlar unchalik ham ahamiyat bermaydi va pullarni shu darajada oson sarflab yuborilganini ham sezmaydi.

    Yoqtirgan libosda suratga tushish

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Garderob to‘la kiyim bo‘lsa-da, go‘yoki kiyadigan hech qanday libos yo‘qdek tuyuladi. Shuning uchun ham tez-tez kiyim do‘koniga tashrif buyurish kuzatiladi. Lara esa shkafni butunlay nazoratga olish va yoqtirgan liboslarni kiyib, suratga tushishni tavsiya qiladi. Bu orqali shkafda tuzukroq kiyim yo‘qligini bahona qilgan vaqtda, telefondagi suratlar orqali inson o‘ziga yarashgan liboslarni tanlashi oson hamda samarali.

    “Nega” degan savolga javob

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Agar insonda katta maqsadlar bo‘lmasa, demak, unga motivatsiya yetishmaydi va bu tejamkorlik haqidagi maslahatlar befoyda. Avval nimaga erishish uchun tejamkorlikni boshlashni aniqlab olish zarur. Bu balki smartfon, mashina, sayohat yoki uy uchun to‘lov bo‘lishi mumkin. Ana shu orzuni tasavvur qilish va shunga o‘xshash suratni xonaga osib qo‘yish tavsiya etiladi.

    Mavzuga doir:

    • Tonggi soat sakkizgacha nimalar qilishga ulgurish kerak?
    • Nima uchun erta qariymiz? XXI asrdagi odatlarning keksayishga ta’siri
    • Farzandingizga ingliz tilini samarali o‘rgatish uchun 5 ta layfxak
    • Orzu-havas uchun xarajatlardan orttirib, pul yig‘ishga yordam beradigan 8 usul

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qorabog‘da Rossiya harbiylarining o‘ldirilishi: Ozarbayjon Bosh prokuraturasi tafsilotlarni oshkor qildi

    Bugun, 11:03

    Uzbekistan Airways Moskvaga/dan borayotgan yo‘lovchilar uchun ko‘proq qulaylik yaratadi!

    Bugun, 10:30

    Ukrainada “Rossiya” nomini kichik harf bilan yozishga ruxsat berildi

    Bugun, 10:50

    “O‘g‘lim olti yildan buyon o‘zgalar qoni bilan yashaydi” — navoiylik ayol o‘g‘lini davolatish uchun xalqdan yordam so‘ramoqda (foto)

    Bugun, 10:32

    Respublika sud ekspertizasi markazi Senat huzurida qayta tashkil etilishi haqidagi xabarlar rad etildi

    Bugun, 10:03

    Nafaqat go‘zalligi, balki iste’dodi bilan ham tomoshabinlarning qalbidan joy olgan turk aktrisalari (foto)

    Bugun, 09:54

    IMZO O‘zbekiston bo‘ylab yuqori sifatli fabrika romlarini taklif etadi

    Bugun, 09:00
    Reklama

    O‘zbekistonga keltirilayotgan baʼzi asbob-uskunalar boj va QQSdan ozod etildi

    Bugun, 09:50

    Samolyot bortida qo‘shiq kuylab, qizni haqoratlagan rossiyalik Toshkentda jarimaga tortildi

    Bugun, 09:33

    Yerevanda Qorabog‘ yuzasidan o‘tkazilgan namoyishlar politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi (video)

    Bugun, 09:11

    Ekologiya vazirligi o‘zbekistonliklarni “Avtomobilsiz kun”da ishtirok etishga chaqirdi

    Bugun, 08:50

    Toshkentning ikki tumani hududida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

    Bugun, 08:38

    Tavsiya etamiz

    Namangandagi bolalarning ommaviy zaharlanishi Sog‘liqni saqlash vaziri nazoratida ekani ma’lum qilindi

    07:00 / 22.09.2023

    “Besh-olti fuqaro o‘tiribdi. Orqa eshikdan chiqib keting xo‘jayin, deb sizni xalqdan uzib qo‘yadiganlar ham bo‘ladi” — Zoir Mirzayev rahbar inqirozi haqida

    23:00 / 21.09.2023

    Yahudiylarning poklanish marosimi, namoyishga chiqqan o‘qituvchilar, qirol bilan kechki ovqat — 21-sentabr suratlari

    22:00 / 21.09.2023

    Oliy sud Xorazmdagi mehribonlik uyida qizlarni zo‘rlagan amaldorlarga jazo o‘zgarishsiz qolgani haqidagi xabarni rad etdi

    13:00 / 21.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Davlat budjetining to‘rt kunlik daromad va xarajatlari miqdori ochiqlandi. Xarajatlar ancha yuqori

    16:00 / 08.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    iPhone 15 Pro Max rasmiy sotuvdan bir kun oldin “Malika” bozorida sotilmoqda. Uning narxi qancha?

    21:00 / 21.09.2023

    Amudaryo suvi bo‘yicha qo‘shnilar bilan hech qanday kelishuv yo‘q — “Tolibon”

    21:00 / 21.09.2023

    Chet elda tug‘ilgan bo‘lsa-da, o‘z vatanida mashhur bo‘lgan turk aktyorlari (foto)

    09:00 / 21.09.2023

    Toshkentda 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkakka jazo tayinlandi

    12:00 / 21.09.2023

    Rossiya Ukrainaning to‘rt viloyatiga yirik raketa zarbalarini berdi (foto, video)

    11:00 / 21.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?