O‘zbekistonda 4-may kuni koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 404 ta yangi holat ro‘yxatga olindi. Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, mamlakatda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 92 724 nafarga yetdi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 6 nafari Andijon viloyatida,
  • 1 nafari Buxoro viloyatida,
  • 6 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 5 nafari Namangan viloyatida,
  • 84 nafari Samarqand viloyatida,
  • 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 10 nafari Xorazm viloyatida,
  • 73 nafari Toshkent viloyatida,
  • 208 nafari Toshkent shahrida

koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

O‘tgan bir sutka ichida, Qoraqalpog‘istonda 2 nafar, Buxoroda 5 nafar, Jizzaxda 10 nafar, Qashqadaryoda 6 nafar, Navoiyda 2 nafar, Namanganda 6 nafar, Surxondaryoda 5 nafar, Farg‘onada 5 nafar, Xorazmda 9 nafar, Toshkent viloyatida 38 nafar, Toshkent shahrida 189 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 88 535 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3534 nafar bemor davolanyapti.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq kunlik antirekord 1-may kuni qayd etilgan edi, o‘shanda bir kunda 442 kishida COVID-19 tasdiqlangandi.