Xurshidjon Ahmedov Farg‘ona viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Tayinlovga qadar u 2020-yil 24-oktabrdan buyon Farg‘ona viloyati hokimining turizm va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.
Xurshidjon Ahmedov 1979-yilda Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2001-yilda “Asakabank” Farg‘ona viloyat bo‘limi mutaxassisi vazifasidan boshlagan. Marg‘ilon shahar hokimligi bosh mutaxassisi, Qo‘shtepa tumani hokimining o‘rinbosari-tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning fevralida Farg‘ona viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Alibek Tursunov tayinlangandi.
Izoh (0)