Yevropa Chempionlar Ligasining yarim final javob bahslari 4 va 5-may kunlari bo‘lib o‘tadi. UEFA mazkur o‘yinlarda faoliyat yuritadigan hakamlarni ma’lum qildi.

Foto: Twitter

“Manchester Siti” va “PSJ” o‘rtasidagi uchrashuvni Byorn Kuypers boshchiligidagi niderlandiyalik hakamlar guruhi boshqarib boradi. VAR tizimida Pol van Bokel va Dennis Hagler ishlaydi. To‘rtinchi hakam — Tasos Sidirorulos (Gretsiya).

“Manchester Siti” — “PSJ” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 4-maydan 5-mayga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi.

Foto: Twitter

“Chelsi” — “Real” o‘yini esa italiyalik Daniele Orsatoga ishonib topshirilgan. Videotakrorlarga Massimiliano Irrati va Marko Guita javobgar bo‘ladi. To‘rtinchi hakam — Davide Massa.

Mazkur bahs 5-maydan 6-mayga o‘tar kechasi 00:00 dan start oladi.

Eslatib o‘tamiz, Orsato YChL 2019/20-yilgi mavsumida “Real”ning 1/8 final dastlabki bahsi doirasidagi “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinida (1:2) ishlagan. Unda hakam madridliklar darvozasi tomon penalti belgilagan va Serxio Ramosga qizil kartochka ko‘rsatgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!