“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu turinliklar safida jarima zarbalaridan unumli foydalana ololmaslikda davom etmoqda.

Foto: Twitter

Portugaliyalik futbolchi A Seriya 34-turi doirasida “Udineze”ga qarshi kechgan 2-may kungi o‘yinda (2:1) dubl qayd etdi. Ronaldu ushbu uchrashuvda jarima zarbasini ijro etdi, biroq uning zarbasi jonli devorga tegdi.

36 yoshli futbolchi “Yuventus” safida 70 marta jarima zarbasini ijro etdi va ularning bittasi golga aylandi. Bu zarbalarning 47 tasi (67 foizi) jonli devorga tegib qaytdi.

Ronaldu joriy mavsum A Seriyada 30 uchrashuv o‘tkazib, 27 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!