• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Sardobadanligimizni aytsak, taksichilar pul olmasdi”. Toshqindan omon qolgan Qur’on va Ziroat Mirziyoyevaning ro‘moli haqida O‘sarovlar hikoyasi

    “Kim nima desa deyaversin-u, shu jurnalist xalqi ba’zida haddidan oshadi-da. Bo‘lmasa, yurib ketayotgan Labo’ni shartta to‘xtatib, ‘Kechirasiz, ko‘chada faqat bolalar, kattalar yo‘q ekan, sizdan intervyu olmoqchimiz’ deb, kap-katta odamni ishdan qoldirib o‘tiradimi?”.

    Bu Abdusattor akaning biz haqimizda o‘zimizga aytmagan, balki xayoliga ham keltirmagan, lekin aytsa ham ming bora haqli so‘zlari.

    Abdusattor O‘sarov bilan avvaliga ko‘chada gaplashdik. Keyin uyiga bordik. So‘ng katta o‘g‘li va kelini yashayotgan yangi uyga o‘tdik. U kishini bir kepkada, bir do‘ppida, birda hovlida va boshqa kadrda uyda ko‘rib ajablanmang, deb oldindan aytib qo‘ymoqdamiz-da...

    Ketish

    O‘sarovlar Mirzaobod tumani “Navbahor” mahallasida istiqomat qiladi.

    Bu oila ham 2020-yil 1-may tongidagi suv toshqini xabaridan so‘ng ko‘p qatori tahlika-vahima ostida qolgan. O‘ziga xosliklar-da kam emas. Kattalar saharlikdan so‘ng, hovliga chiqib pomidorlarni qatqaloq qilmoqchi bo‘lgan. Hali loy ekan, ishni ikki soatlardan keyinga qoldirishgan. Hayitgul opa Qur’on o‘qishga kirishgan.

    — Kitobni o‘qiy olmadim. Kirillcha yozuvdagi Qur’on. Bir abzats o‘qidim. Hech qabul qilolmadim. Ikki marta o‘qidim bir abzatsni. O‘xshamadi. “Tavba qildim”, dedim o‘zimga o‘zim. Balandroq bo‘lsin deb yostiqni ustiga qo‘yib o‘qiyotgandim, chaqaloq yig‘ladi. Shu payt xo‘jayinimga telefon bo‘lib qoldi. “Suv ombori toshibdi” dedi. Qo‘rqdim. Bolani yechib olaymi desam, to‘xta-chi deydi, — deya sokin gapiradi opa.

    Hayitgul O‘sarova.

    Hayitgul O‘sarova.
    Foto: Shahboz Ozodov / “Daryo”

    Ayolning aytishicha, o‘g‘illaridan biri Uchtom qishlog‘ida turadi. Yana biri esa ish bilan Eronqishloqqa ketgan. “Endi,.. jon qirqqa bo‘linib ketdi”, — deya Hayitgul opa qo‘shnisini duolar qiladi. “Eski ‘Moskvich’i bor edi. Hozir ham minib yuribdi. Tirkamasi bor orqasida, yuk ortadigan. Shu tirkamaga chaqaloq bilan chiqdik. U kishi bizning chaqalog‘imizni ko‘rmay qolibdi. Haydab ketaverdi. Bagajgacha chiqib oldi odamlar. Katta yo‘lga yetmasimizdan balonlari yorilib ketdi. Keyin chaqaloqni ko‘rib ichkariga oldi. Bitta balon bilan yetkazib bordi”.

    Hayitgul opa chiroyli gapiradi, lekin endi ovozi titrar, ko‘zlari yoshga to‘lgan edi. “Odamlarni ketishini ko‘rsangiz — xuddi eski urush kinolarda ko‘rganmiz-ku, nemislar yaqinlashganda evakuatsiya qiladi-ku, shuning o‘zi. Birov ko‘ylakda, birov shippakda. Chaqaloqlarni shunday beshikdan sug‘urib olgan”. Ayol endi yig‘lay boshlaydi. O‘rtadagi noqulaylikni yengish uchun Abdusattor akaga yuzlanamiz. Ular ham ayollar va bola-chaqani jo‘natib bo‘lib darhol yo‘lga chiqqan.

    — Ustimdagi jomakor bilan ketdim, qo‘ylarimiz va boshqa narsalar hammasi qoldi. Kissamda bir million bir yuz ming so‘m pul bor edi. U pulga ertalab makka ektirishga ketamiz, degandik. Shu bilan ketdik. Mashina hujjatlari, pasportlarimizni hammasi qoldi. Ko‘chaga chiqsak, mahalla raisi, ichki ishlar xodimlari va boshqalar turibdi. Avtobusga chiqib, bir soatlarda Yangiyer kollejiga bordik. Kollej yotoqxonasida bizga ko‘rsatilgan xizmatlarni hozir birovga aytsang ishonmasligi mumkin. Kollejda ikki kun turganimizdan keyin kvartiralarga bo‘lindik.

    Mavzuga doir: “Bir kunda besh marta o‘lib-tirildim”. Sardoba toshqinida qabristondagi o‘g‘illarini qutqaraman deb suvda oqib ketgan Muhammadali hikoyasi

    “Evakuatsiya”dagi hayot

    Hayitgul opaning aytishicha, qishloqdan chiqib ketganida ham xayoli uyida bo‘lgan. O‘sha kuni to‘s-to‘polon bilan 42 kishi — aka-ukalar oilalari, qudalari bilan birga Yangiyerdagi bir qarindoshlarining uyiga borgan. Soat 09:00—10:00 larda “bitta uy oqib ketibdi”, deb eshitgan, lekin o‘z uyi ko‘chaning narigi yuzida va yangitdan qurilgan imoratlar baland, suvda oqmaydi, deb o‘ylagan. “O‘g‘limdan uylar nima bo‘ldi deb so‘rasam, bir qator ham loy devor qolmagan dedi”, — deb eslaydi ayol. Shundan keyin u tushkunlikka tushgan, ammo baribir toshqin qanday bo‘lishini tasavvur qilolmagan.

    “5-may kuni, biznikida yashanglar deb qattiq aytishgani uchun, bir qarindoshimizning hovlisiga bordik. Suv qanday kelganini shu yerda televizorda ko‘rdim. Juda qattiq tashvishda qoldim”, — deydi opa.

    Abdusattor O‘sarov.

    Abdusattor O‘sarov.
    Foto: Shahboz Ozodov / “Daryo”

    “Bizga uyini bergan odamlar borgunimizcha hamma sharoitlarni tayyorlab qo‘ygan ekan. Umuman, bir oila uchun nima kerak bo‘lsa, hammasini tayyorlagan. Hokimiyatdan bir vakil ko‘rpa-to‘shaklar olib kelganida, unga: ‘Bizga hech narsa kerakmas, bu uyda hamma narsa bor ekan, kamchilik yo‘q’, dedim. Lekin ular majburlab tashlab ketdi”.

    Ma’lum bo‘lishicha, 13 jondan iborat katta oila uchun bankda ishlaydigan bir yigit besh xonali uyini bo‘shatib bergan. “Yangiobod” mahallasidagi bu uyda hamma sharoitlar yaratib berilganini Hayitgul opa yig‘lab gapiradi. Bu yerga yaxshilik qo‘lini cho‘zib, ko‘pchilik kelib ketgan. “Ikki og‘iz iliq so‘zning o‘zi madad edi”, — deb qo‘shib qo‘yadi ayol.

    Uyda nima gap?

    Abdusattor aka ham uydagi ahvol haqida qayg‘ursa-da, bir necha kun uyga kelolmagan. “Kelsak hamma narsa loyda qolgan ekan. Uyning ichi 80 metr loy, hovlilar 1,5 metr loy. Suv juda baland — 2,5 metr ko‘tarilgan ekan. Ko‘p narsa oqib ketgan, tomlarni oqizib ketgan, qo‘ylarni shunday bosib qolibdi...”.

    Abdusattor akaning uyi sementdan qurilgan, shu sababli ham qulamagan. Lekin 2 metr suv ichida qolgan hovlida ahvol qanaqa bo‘lishi mumkin? O‘zi hovlining 2 metr suv ichida qolgani qanchalik rost? Hartugul suratga olib qo‘yishgan ekan

    Foto: O‘sarovlar oilasi arxividan

    “Uyga 5-may kuni keldik. Uylarimizni chakana odam tozaladimi: ichki ishlar, milliy gvardiya, farg‘onaliklar... Bitta uyda 40 kishi bir oylab ishladi, tozaladi. O‘sha 30 kishi bitta xonani bir kunda zo‘rg‘a tozaladi. Biz ham yordam berdik. Men 5-maydan to hozirgacha shu ishning ichida qaynadim. Bu ishlarning o‘zi bo‘lgani yo‘q, o‘n minglab odam ishladi”.

    Bugun ichkariga kirgan kishi bu yerda suv talafoti ta’siri bo‘lganiga ishonishi qiyin. Did bilan amalga oshirilgan ta’mir, saranjom-sarishtalik, ro‘zg‘or buyumlari hammasi bir-birini to‘ldirayotgandek.

    Mavzuga doir: Qutqarilmagan nogironlar, tug‘ilgan kunida yerga qo‘yilgan ayol, qo‘sh tobutda ketgan qo‘sha qariganlar. Sardoba toshqini qurbonlari xotirasiga

    Muruvvat karvonlari

    Sardoba suv omboridan zarar ko‘rgan hududlardagi bir necha kunlik safarimizda o‘nlab odamlar bilan suhbatlashdik. Ularning hammasi muruvvat ko‘rsatgan odamlarga rahmatlarini aytdi. O‘tgan yil berilgan kiyimlarni hanuz kiyishayotgani, uy-ro‘zg‘or buyumlari hozirda ham asqatayotganligini aytishdi. Ammo ehson tarqatilayotganda ajratib qo‘yish holatlari bo‘lgani haqida ham eshitdik. O‘sarovlar xonadoni bu borada o‘zini omadli sanaydi. Ular ham toshqin vaqti egnilarida qanday kiyim bo‘lsa, shu bilan qochib chiqib ketgan. Abdusattor akaning aytishicha, Mirzaobodga Farg‘onadan kelib, sex ochib, aziyat chekkan oilalarga yap-yangi ko‘rpa-to‘shaklarni tikib, tarqatishgan.

    Foto: Shahboz Ozodov / “Daryo”

    — Ko‘rpa-to‘shaklarni hozir ham ishlatyapmiz, kiyimlarni kiyib yuribmiz hozir ham, oyog‘imdagi mana bu xayriyada kelgan poyabzalni hali ham kiyib yuribman, — deydi Abdusattor aka. — Navoiylik bir yigit bir mashinada olib keldi, Toshkentdan bir furada ko‘ylak, chopon tashlab ketishdi. Hammaga tarqatishdi, raisimiz boshchiligida tarqatildi. Odamlarga berilgan oziq-ovqatlar, kiyim-kechaklarni chegarasi yo‘q — hammasidan foydalanyapmiz hozirgacha. Navoiydan, Samarqanddan ham kiyim-kechak, oziq-ovqatlar olib kelishdi o‘shanda.

    Shu joyda Hayitgul opa gapni ilib ketadi: “Yordam juda ko‘p bo‘ldi. Biz bu uyga kelganimizdan keyin ham xalqimiz, davlatimizning yordami bilan yashab turdik. Muruvvat yordamlari ham keldi. Yangiyerdagi uyda yashaganimizda ham juda ko‘p kiyim-kechaklar keldi. Kiyimsiz, och yoki ko‘chada qolmadik hech. Odamlar beshikkacha olib kelib berdi. O‘shanda muruvvatli xalqimizni biz his qilmay qo‘ygan ekanmiz, deb o‘yladim. Bu bizning aybimiz, deb o‘yladim”.

    Ayol yana nimanidir aytmoqchi bo‘ldi. Negadir aytmadi. Biz ham majbur qilmadik. Lekin birgalashib o‘g‘lining uyiga borganimizda, baribir aytdi. “Endi aytay, prezidentimizning ayoli — Ziroatxonim bergan”, — dedi, gapdan gap chiqib qolganda, boshidagi ro‘molini o‘zgacha bir faxr bilan ko‘rsatib.

    Foto: Shahboz Ozodov / “Daryo”

    Kelini esa birpasda ko‘ylagini almashtirib chiqdi: “Mana shu ko‘ylakning matosi ham prezidentimizning ayoli Ziroat xonimdan. Biz yashab turgan uyning egasi chiroyli qilib tikib berdi. Baraka topgurlar”. Kelinning aytishicha, O‘zbekiston birinchi xonimi faqat ularning emas, balki o‘nlab xonadonlarda bo‘lgan. Ayni zarur vaqtda kichik farzandiga aravacha, kattasiga velosiped olib kelgan ekan. “Eng muhimi — e’tibor”, — deydi qaynona-kelin bir ovozdan.

    Foto: Shahboz Ozodov / “Daryo”

    Mavzuga doir: “Dushmanimga ham ravo ko‘rmayman!..” Sardoba falokati sabab darbadarlikni boshdan kechirgan va 1-mayni eslashni xohlamaydigan Oysafar hikoyasi

    “Suv ombori bizga kerak”

    Bu oilaning prezident bilan osh-qatiq bo‘lib turgan yeri yo‘q.

    Lekin har bir O‘zbekiston fuqarosi kabi ular ham prezidentga shaxsiy fikrlarini aytishga o‘zini haqli deb bilishadi. Ziroat xonimning sovg‘alari-ku o‘z yo‘liga, Hayitgul opa uyida farg‘onalik ustalar ishlayotganida ularning “zakunchi”roq biriga bir gaplarni aytib qo‘ygan.

    “Ovozingiz qayergacha yetsa ham, shu navbahorlik onalar nomidan prezidentga ayting — suv omborni boshqa joydan qurishsin yoki bizning qishloqni boshqa joydan qurib berishsin, iltimos. O‘zim Jizzaxdan kelin bo‘lib tushganman. Qarindosh-urug‘larimning oldiga, yurtimga ketsam, kelinlarim, nevaralarimni qanday tashlab ketaman, shu suv ombor tursa, qanday yashaymiz? Nevaralarimni bir kunga ham tashlab ketishga yuragim bormaydi, juda qattiq qo‘rqib qoldik”, — degan o‘shanda Hayitgul opa (lekin endi fikri o‘zgargandek, sababini Abdusattor aka tushuntiradi).

    Abdusattor aka prezident bilan uchrashishni o‘ylab yurgan, shunga harakat qilgan. “Bir necha marta bunga to‘sqinlik ham qilishgandi”, deb eslaydi u.

    “Peshonamizga yozilgan ekan, 13-oktabr kuni prezident bilan uchrashdim. O‘zim uchrashish orzusida yurgandim, respublika rahbariyatiga katta rahmat! Meni prezident bilan uchrashtirishdi. Lekin gapirish navbati kelmadi, — deydi Abdusattor aka. — Avval qo‘rqardim, prezident bilan uchrashganimdan keyin qo‘rqmay qo‘ydim. To‘g‘onni Rossiya bilan Germaniya quradi, dedi. Bu toshqin e’tiborsizlikdan bo‘ldimi, deb qo‘yaman ba’zan. Shavkat Mirziyoyevga iltimosimiz shuki, endi shu suv omborini milliy gvardiya xodimlari qo‘riqlasa, bunday falokat boshqa bo‘lmaydi, deb o‘ylayman. Yoshimiz katta, harbiylarga ko‘proq ishonamiz-da. Chegarani qo‘riqlayapti, shu bois bemalol yotibmiz-ku”.

    Hayitgul opaning o‘tgan yilgi savollariga Abdusattor aka bugun javob beradi: “Bu suv ombor bizga kerak. O‘sha yerda 100 gektar yerim bo‘lardi. O‘sha paytlarda suv Qozog‘iston tomonga oqib ketardi, essiz derdim. Yozda bizga suv bo‘lmasdi, nasosdan suv chiqarardik, dehqonchilik qilishda qiynalardik. Mana, endi suv bo‘ldi. Do‘stlikda og‘aynilarim bor, ular maza qilib dehqonchilik qilyapti, shuning ortidan boyiyapti. Shu ombor sabab 100 sentnerdan bug‘doy olyapti. Suv ombor xalqqa kerak, millionlab odam yashayapti hozir. Buning foydasi nihoyatda katta”, — deya ishonch bilan gapiradi suhbatdoshimiz.

    “Mo‘jizaga to‘la bu dunyo”

    Sardoba texnogen ofati ortidan yuzlab xonadonlarda ardoqli buyumlar oqib yoki loyga qorishib chiqitga chiqdi. Uyi qulagan bo‘lsin yoki qulamasa-da suv ostiga qolgan bo‘lsin, barchasida esdalik suratlar, videotasmalar, yodgorlik buyumlar yo‘q bo‘lgan. O‘sarovlar xonadonidan ham bir chamadon surat ivigan — qo‘lda tutib bo‘lmas darajada ivigan. Lekin bitta surat qolgan. Eng muhim surat. Abdusattor akaning otasi tuyada o‘tirgani tasvirlangan portret. Xonani 2 metr balandlikdagi suv bosganida portret shu suvdan bir necha santimetr yuqoriroqda bo‘lgan.

    Foto: Shahboz Ozodov / “Daryo”

    Oilaning yana bir katta quvonchi o‘sha, suhbatimiz boshida tilga olingan, 2020-yil 1-may tongida yostiq ustida qoldirilgan muqaddas kitob — Qur’on o‘qishga yaroqli holda saqlangan. Aniqrog‘i, loyga botgan sahifalari yuvilganida yozuvlari o‘chib ketmagan.

    “Bu kitobni 1992-yilda olganmiz, shu paytgacha ko‘z qorachig‘idek asrab kelganman. Birinchi varaqlari ho‘l bo‘lgan. Avaylabgina har betini yuvdim. Faqat ikki tomonidan bir necha betlarigina titilgan, qolganlarini bemalol o‘qish mumkin”, — dedi Hayitgul opa.

    Foto: Shahboz Ozodov / “Daryo”

    Abdusattor aka falokat ortidan mahallalarda aholi uchun qator qulayliklar paydo bo‘lganini alohida ta’kidlaydi: “Birinchi o‘rinda bizga gaz keldi. Ichimlik suv muammo edi, u ham keldi — bu suvni ichib maza qilasiz. Gulistondagi og‘aynilarimiz bizning suvdan olib ketyapti”.

    Ularga ham hukumat tomonidan 40 million so‘m pul va jami 12 million so‘mlik televizor, muzlatkich, pech kabi maishiy jihozlar berilgan.

    Toshqin tufayli qoldirilgan to‘y yaqinda, aprel boshida bo‘lib o‘tdi. Hayitgul opa salomga chiqqan kelini bilan ovunib qolganini aytadi, lekin o‘sha kunlar iztirobini unutolmayotganidan aziyat chekayotganini ham yashirmaydi. Har oqshom yostig‘i yonida zarur buyumlarni ehtiyot shart tayyorlab, so‘ng uxlashga yotish odatga aylanib qolgan.

    Mualliflar: Mustahkam Tangriyorova, Musulmonbek IbrohimovSuhbatni matnga ko‘chirdi: Mirolim IsajonovMuharrir: Asror Abdunazarov

    Mavzuga doir: “Tirik qolsam boraman, bo‘lmasa rozi bo‘l”. Sardoba toshqiniga birinchilardan bo‘lib yuzma-yuz kelgan Davlat hikoyasi

    02.05.2021, 08:32   Izoh (0)   95960
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Istiqlol” majmuasi Qibraydagi yangi bog‘ hududida quriladi

    02.05.2021, 08:13

    Samarqandda 37 yoshli ayolni 1000 dollar evaziga Turkiyaga fohishalik uchun sotgan erkak ushlandi

    02.05.2021, 07:25

    Do‘ppi kiygan Mirziyoyev, rekord qo‘ygan suv parilar, kulga aylangan koronavirus qurboni. Hafta suratlari

    01.05.2021, 23:58

    O‘zbekistonda vazirlar 490 mln, hokimlar 245 mln so‘mgacha bo‘lgan xizmat mashinalarini minishi belgilandi

    01.05.2021, 23:38

    O‘zbekistonda 2021-yilda birinchi bor oylik inflyatsiya darajasi 1 foizdan oshib ketdi

    01.05.2021, 22:35

    Janubiy Koreyaga 63 nafar o‘zbekistonlik ishlash uchun jo‘nab ketdi

    01.05.2021, 21:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.