• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegarada yana otishmalar yuz bergani va harbiy texnika to‘planganini ma’lum qildi

    Qirg‘izistonning Botken viloyati Laylak tumani Internatsional qishloq kengashi rahbari Tojikiston fuqarolari tomonidan garovga olindi. Bu haqda Botken viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Damira Yusupova “Interfaks”ga ma’lum qildi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Yusupovaning so‘zlariga ko‘ra, qirg‘iz-tojik chegarasida vaziyat keskinligicha qolmoqda. Laylak tumanida Tojikiston harbiy xizmatchilariga tegishli harbiy texnika paydo bo‘lgan, ular “Internatsional qishlog‘idagi qirg‘izistonliklarning uylariga bostirib kirgan”.

    “Laylak tumani IIB tomonidan tinchlikka qarshi jinoyat moddasi bo‘yicha ish ochildi”, — deya qo‘shimcha qildi Yusupova.

    Shuningdek, Botken viloyati rahbarining o‘rinbosari Ma’rufxon Tulayev 30-aprel kuni Tojikiston xavfsizlik kuchlari Botken viloyatining Qizil-Bel qishlog‘iga hujum qilganini aytdi. “Taxminan, 20 daqiqa oldin Tojikiston xavfsizlik kuchlari qirg‘iz qishlog‘iga granatomyotlardan o‘q uzdi. Hozir biz vaziyatga aniqlik kiritmoqdamiz”, — dedi Tulayev.

    Uning qo‘shimcha qilishicha, Botken viloyatidagi chegara hududidan 20 mingdan ortiq Qirg‘iziston fuqarosi evakuatsiya qilingan. “Laylak tumanining chegaradosh qishloqlaridan 13,5 ming kishi evakuatsiya qilingan, yana 7 093 kishi Botken viloyatidan Botken shahriga ko‘chirilgan. Evakuatsiya qilinganlarga mahalliy fuqaro mudofaasi xizmatlari yordam bermoqda, shu bilan birga gumanitar yordam yuboriladi”, — dedi Tulayev.

    Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegaradagi qurolli to‘qnashuvlar paytida uch qirg‘iz chegarachisi halok bo‘lgani haqida xabar berdi. Shuningdek, 22 nafar harbiy xizmatchi turli darajadagi tan jarohati olgan. Ikki harbiy xizmatchining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

    Asia-Plus agentligi xabar berishicha, tojik-qirg‘iz chegarasidagi mojaro paytida oldingi chiziqda bo‘lgan Tojikistonning Isfara shahar hokimi o‘q yeb jarohat olganidan so‘ng operatsiya qilindi.

    “29-aprel kuni yelkasidan o‘q yeb jarohati olgan Isfara shahar hokimi Bahovuddin Bahodirzoda jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi. Hozirda shahar hokimi kasalxonada, qachon chiqarilishi hali noma’lum. Uning ahvoli barqaror deb baholanmoqda”, — deyiladi agentlik xabarida.

    Xabarga ko‘ra, 30-aprel kuni ertalab So‘g‘d rahbari Rajabboy Ahmadzoda Isfara shahar markaziy kasalxonasiga tashrif buyurib, kechagi to‘qnashuvlar paytida jabrlanganlarning ahvolini so‘radi, ammo yaradorlarning aniq raqamni aytmadi. Ta’kidlanishicha, yaradorlar sonini aniqlash bo‘yicha statistika mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi maxsus tuzilgan shtab tomonidan yuritiladi.

    Hozircha Tojikiston hukumati chegaradagi qurolli to‘qnashuv paytida halok bo‘lganlar va jarohat olganlar to‘g‘risida rasmiy ma’lumot bermagan.

    Asia-Plus manbalariga tayanib xabar berishicha, So‘g‘dning Isfara shahri va Bobojon G‘ofurov tumanida 30-aprel kuni ertalab to‘qnashuvlar paytida 90 dan ortiq Tojikiston fuqarolari jarohat olgan, 10 ga yaqini o‘ldirilgan.

    Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, mojaroda jabrlangan qirg‘izistonliklar soni 134 kishiga yetdi, 13 kishi vafot etdi.

    Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi nizo 28-aprel kuni mahalliy aholi o‘rtasidagi janjal bilan boshlangan edi. U esa tojikistonlik harbiylar bahsli hududda joylashgan “Golovnoy” suv taqsimlash punkti yaqinidagi elektr ustuniga videokuzatuv kameralarini o‘rnatganidan keyin kelib chiqqan.Qirg‘iziston chegara xizmatining axboroti bo‘yicha 29-aprelda ikki davlat harbiylari o‘rtasida otishma sodir bo‘lgan. Idora tojik tomonining minomyot hisob-kitob pozitsiyalarini egallashni tashkillashtirayotganini qayd etgan.

    30-aprel kuni ertalab, Qirg‘iziston prezidenti Tojikiston bilan chegaradagi vaziyat barqarorlashganini ma’lum qilgan edi.

    Mavzuga doir: Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi nizo. Asosiy ma’lumotlar

    30.04.2021, 13:08   Izoh (0)   38345
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qirg‘iz-tojik chegarasida mahalliy to‘qnashuvlar yuz bermoqda. Qirg‘iziston Tojikistonni provakatsiyalarda ayblamoqda

    30.04.2021, 12:47

    Qirg‘iziston prezidenti Tojikiston bilan chegaradagi vaziyat barqarorlashganini ma’lum qildi

    30.04.2021, 12:10

    Marsdagi NASA vertolyoti to‘rtinchi parvozini amalga oshira olmadi

    30.04.2021, 11:46

    Isroilda diniy bayram paytida yuzaga kelgan tiqilinchda 40 dan ortiq odam halok bo‘ldi (foto va video)

    30.04.2021, 11:10

    AQSh Afg‘oniston hududidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni boshladi

    30.04.2021, 09:42

    Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi nizo chog‘ida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi

    30.04.2021, 09:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.