Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Talabalar orasida koronavirus infeksiyasi aniqlangani sababli yana uchta — Toshkent, Samarqand va Andijondagi oliygohlar masofaviy ta’lim tizimiga o‘tkazildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Bular:

Ushbu OTMlar 30-apreldan 13-maygacha (14 kunga) masofaviy ta’lim tizimiga o‘tdi. Samarqanddagi Ipak yo‘li turizm xalqaro universitetida barcha xodimlari va professor-o‘qituvchilarining ish tartibi o‘zgarmaydi. Universitet ma’muriyati ham soat 9:00 dan 18:00 gacha odatdagi tartibda ishlaydi.

Epidemiologik vaziyat barqarorlashgandan so‘ng an’anaviy o‘quv jarayoniga qaytish to‘g‘risida xabar beriladi.

Eslatib o‘tamiz, 27-apreldan Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali, 28-apreldan Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filiali, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, 30-apreldan Jizzax davlat pedagogika instituti vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tkazilgandi.

O‘zbekistonda 29-aprel kuni koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 402 ta yangi holat ro‘yxatga olindi — bu kunlik kasallanish ko‘rsatkichi bo‘yicha 2021-yilning eng yuqori ko‘rsatkichidir. Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 649 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3092 nafar bemor davolanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda sentabr oyida eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi
Sport
Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 7 ta gol urilgan o‘yinda Bahraynni tor-mor etdi
Dunyo
Alla Pugachyova qasrini 1 milliard rublga sotuvga qo‘ydi