Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistonda 29-aprel kuni koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 402 ta yangi holat ro‘yxatga olindi — bu kunlik kasallanish ko‘rsatkichi bo‘yicha 2021-yilning eng yuqori ko‘rsatkichidir. Bundan avvalgi antirekord 24-aprel kuni qayd etilgan, o‘shanda 399 kishida COVID-19 tasdiqlangan. Shunday qilib, mamlakatda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 90 808 nafarga yetdi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 5 nafari Andijon viloyatida,
  • 3 nafari Buxoro viloyatida,
  • 8 nafari Jizzax viloyatida,
  • 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 4 nafari Navoiy viloyatida,
  • 4 nafari Namangan viloyatida,
  • 69 nafari Samarqand viloyatida,
  • 6 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 6 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 9 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 6 nafari Xorazm viloyatida,
  • 64 nafari Toshkent viloyatida,
  • 209 nafari Toshkent shahrida
koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, Andijonda 18 nafar, Qashqadaryoda 3 nafar, Navoiyda 6 nafar, Namanganda 6 nafar, Samarqandda 22 nafar, Farg‘onada 3 nafar, Xorazmda 1 nafar, Toshkent viloyatida 42 nafar, Toshkent shahrida 192 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 86 774 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 649 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3092 nafar bemor davolanyapti.

Avvalroq O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashishda Hindistonga gumanitar yordam ko‘rsatishi, O‘zbekistondagi yana 2 ta OTM vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tkazilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Rossiyaning davlatchilik taqdiri shu oylarda asosiy yo‘nalish oladi” — siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov
Mahalliy
O‘zbekistonning ayrim hududlarida 27-sentabr kuni kuchli shamollar bo‘lishi mumkin
Dunyo
Qozog‘iston chegara xizmati safarbarlikdan qochgan rossiyaliklarni qo‘lga oldi