Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tuman elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i bir fuqaroni ishga joylashtirish evaziga pora olayotganida ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Qashqadaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Shahrisabz tuman Elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i fuqaro D.ni korxonaga ishga qabul qilish evaziga 24-mart kuni pora tariqasida olgan 400 AQSh dollarini o‘zining haydovchisi orqali fuqaro D.ga qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan korxona boshlig‘iga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Andijonda muqaddam sudlangan hokimlik vakili pora bilan qo‘lga tushgani, Samarqandda fuqaroni 50 ming dollarga chuv tushirgan advokat ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, Buxoroda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i 2,3 million so‘m pora bilan qo‘lga tushgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi