• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oylar sultoni — Ramazon: Ro‘zador tish pastasi ishlatishi mumkinmi? Emizikli bolasi bor ayollar qanday ro‘za tutadi?

    “Daryo” internet-nashri va O‘zbekiston musulmonlari idorasining “Muslim.uz” portali o‘zaro hamkorlikda muborak oyga bag‘ishlangan “Oylar sultoni — Ramazon” loyihasini taqdim etadi.

    Loyiha doirasida taniqli ulamolar va diniy soha xodimlari mohi Ramazon fazilati to‘g‘risidagi oyati karimalar, hadisi shariflar sharhi hamda ro‘za tutish bilan bog‘liq savollarga javob beradi.

    Mavzuga doir:

    • Oylar sultoni — Ramazon: Ro‘zaning mohiyati nima va kimlar ro‘za tutmasa ham bo‘ladi?
    • Oylar sultoni — Ramazon: Saharlikka uxlab qolib ham ro‘za tutish mumkinmi? Ramazon ro‘zasining kafforati qanday?
    Navbatdagi suhbat O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo bo‘limi bosh mutaxassisi Abdullatif Tursunov bilan uyushtirildi.

    Abdullatif Tursunov.

    Abdullatif Tursunov.
    Foto: “Muslim.uz”

    Ro‘zador odam tishini tish pastasi bilan yuvsa bo‘ladimi?

    Ro‘zador kishi tishlarini tozalashda tish pastalaridan foydalanishi makruh sanaladi. Agar pastadan hosil bo‘lgan ko‘piklarni yutib yuborsa, ro‘zasi ochiladi. Chunki pasta bilan tish tozalash biror narsani tatib ko‘rishga o‘xshaydi.

    Fiqhiy kitoblarda shunday deyilgan: “Ro‘zador biror narsani tatib ko‘rsa, ro‘zani ochuvchi surat va mohiyat topilmagani uchun ro‘za ochilmaydi. Lekin bunday qilish makruh hisoblanadi. Chunki bunda ro‘zani buzuvchi omilga yaqin keltirish bor” (“Hidoya” kitobi).

    Shunga ko‘ra ko‘pchilik zamonamiz ulamolari ro‘zador holda tish pastasidan foydalanmaslikni, balki uni saharlikdan avval yoki iftordan keyinga qoldirishni tavsiya etadi. Zero, ibodat masalasida ehtiyotini olish avlo sanaladi.

    Qolaversa, Ramazon oyining kunduzlari tishlarni toza saqlash uchun misvoqdan foydalanish ham mumkin. Chunki misvoq ishlatish bilan ro‘za ochilmaydi. Bunga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ro‘zador hollarida undan ko‘p marta foydalanganlari dalil bo‘ladi.

    Omir ibn Rabiy’a roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Men Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ro‘zador hollarida misvoq qilayotganlarini sanab sanog‘iga, hisoblab adog‘iga yeta olmaydigan darajada ko‘p ko‘rganman” (Imom Ahmad rivoyat qilgan). Bunda, milklar qonasa yoki og‘izga suv to‘plansa, yutib yubormaslik shart qilinadi.

    Ro‘zador saxarlikda iste’mol qilgan ozuqasi og‘iz yopilgandan so‘ng kekirganda tomoq yo‘li orqali og‘ziga qaytib chiqsa va uni qayta yutsa, ro‘zasi buziladimi?

    Ro‘zador qasddan qayt qilmasa ro‘zasi ochilmaydi. Agar qasddan, o‘zini-o‘zi qayt qildirsa ro‘za ochiladi. Bunga Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan quyidagi hadis dalildir: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: ‘Kim ro‘zador bo‘lsayu, unga qayt g‘olib kelsa, qazo qilish vojib emas. Agar o‘z ixtiyori bilan qayt qilgan bo‘lsa, qazo tutsin’, deganlar” (Imom Termiziy rivoyati).

    Agar qayt ro‘zadorning ixtiyorisiz o‘zi yutilib ketsayu, qaytning miqdori og‘iz to‘ladigandan oz bo‘lsa ro‘za buzilmaydi. Agar qaytning miqdori og‘iz to‘ladigan darajada ko‘p bo‘lsa va o‘zi behosdan yutilib ketsa, ro‘za buziladi va qazo vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam.

    Ramazon oyida ro‘za tutishni niyat qilgandim, ammo emizikli bolam bor. Bunday holda ro‘za tutsam bo‘ladimi?

    Homilador yoki emizikli ayol ro‘za tutganda bolaga yoki o‘zining salomatligiga zarar yetishidan qo‘rqsa, ro‘za tutmaydi va keyinchalik ro‘zaning qazosini tutib beradi. Buni ular tajriba orqali bilishlari yoki tajribali, bilimdon musulmon (din-diyonatli) tibbiyot xodimi xabar berishi orqali aniqlab olishlari mumkin bo‘ladi. Imkon topganda qoldirilgan kunlarni har bir kuniga bir kundan qazosini tutib berishlari vojib bo‘ladi.

    Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, homilador va emizikli ayollar ro‘za tutmaganlari uchun fidya bermaydi. Chunki ular kelajakda ro‘zaning qazosini tutishga qodir hisoblanadi.

    Agar homilador va emizikli ayollar bolasi yoki joniga zarar yetmaydigan bo‘lsa, ro‘za tutishlari shart — yuqoridagi ruxsatlar ularga tegishli hisoblanmaydi. Ayniqsa bolalari taom yeyishga o‘rgangan emizikli ayollar bu borada taqvo bilan ish tutishlari lozim bo‘ladi. Vallohu a’lam.

    Ma’lumot uchun: Sizda shar’iy masalalarda savollar bo‘lsa, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Telegram’dagi @diniysavollar kanaliga, “savollar.muslim.uz” saytiga yoki fatvo bo‘limining 78-150-33-44 raqamli koll-markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

    26.04.2021, 03:34   Izoh (0)   49535
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda ona-bola 30 ga yaqin erkak tomonidan ayovsiz kaltaklagani aytilgan xabarga izoh berildi

    25.04.2021, 23:59

    “Ba’zi prokuratura xodimlari ishni xohlasa, jinoyatga, xohlasa, adolatga burib yuboradi” — deputat Qizilgul Qosimova aybsizlik prezumsiyasiga rioya qilinmayotgani

    25.04.2021, 23:38

    Toshkentda yigit internetda qizlar bilan tanishib, ularning yalang‘och foto-videolarini tarqatmaslik uchun pul undirib kelgani aniqlandi

    25.04.2021, 23:17

    “Viloyatda COVID-poliklinika va call-sentrlar qayta ishga tushirildi” — Toshkent viloyati SSB rahbari

    25.04.2021, 22:58

    Farg‘onada oilali erkakka nikoh o‘qigan 63 yoshli otaxonga 1 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi

    25.04.2021, 22:16

    Sirdaryodagi bankda 81 ming yevro qalbaki valyuta aniqlandi

    25.04.2021, 21:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Sistit — bu uyat emas!

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada yo‘lovchi poyezd ustiga ko‘prik quladi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 1 iyun, 10:40

    Tojikistondan 16 kilo giyohvandlik vositasi olib kelgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 09:45

    10 sutka qamoq va jarima. Toshkentdagi futbolda janjal uyushtirganlar jazolandi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 08:57

    YCHL. “PSJ” finalda “Inter” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urib, chempionlikni qo‘lga kiritdi (video)

    Sport | 1 iyun, 07:59

    DNK orqali inson yuzini shakllantiruvchi texnologiya yaratildi

    Dunyo | 1 iyun, 07:30

    Toshkent viloyatidagi tezkor tadbirlarda qariyb 40 kg giyohvandlik vositasi, 30 dona qurol, 1,6 mingta tig‘li jism aniqlandi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 06:20

    Nigeriyada suv toshqinlaridan halok bo‘lganlar 151 kishiga yetdi

    Dunyo | 1 iyun, 00:10

    BMT yadro agentligi: Eron uran zaxiralarini ko‘paytirmoqda

    Dunyo | 31 may, 23:50

    Jizzaxda 667 mln so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.