Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toyota kompaniyasi Shanxay avtosaloni doirasida Crown Vellfire nomli minivenini taqdim etdi. Faqat Xitoyda sotuvga chiqadigan furgonning narxi 141,7 ming dollardan boshlanadi, deb xabar bermoqda Motor.

Foto: Motor1

Foto: Motor1

Uch qatorli hashamatli miniven old yorug‘lik optikasi va keng havo panjaralari o‘rnatilgan massiv bamperli dizaynga ega bo‘lgan. Bundan tashqari, miniven markaziy multimedia displeyi bilan jihozlangan, saloni charm bilan qoplangan va afsonafiy Toyota Crown’ning logotipi tushirilgan.

Foto: Motor1

Foto: Motor1

Foto: Motor1

Foto: Motor1

Toyota Crown Vellfire’ga 163 ot kuchini taqdim etishga qodir 2,5 litrli benzin dvigatelni o‘z ichiga olgan gibrid motor o‘rnatilgan. Premium furgon narxi 141 700 dollar atrofida. Hozirda yapon kompaniyasi faqatgina Xitoy bozori uchun taqdim etiladigan yangilangan model uchun buyurtmalar qabul qilishni boshlagan.

Foto: Motor1

Foto: Motor1

Avvalroq Hyundai kompaniyasi futuristik tashqi ko‘rinishga ega yangi Staria minivenini yaratayotgani ma’lum bo‘lgandi. Taxminlarga ko‘ra, yangi model H1 / Starex o‘rnini egallaydi va Staria deb nomlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?