Aktyor, rejissor Alisher Uzoqov “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Intervyu Dubay shahrida bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Daryo”

Suhbat avvalida Alisher Uzoqov Dubay shahrida joylashgan ofisi bilan tanishtirdi.

Smart bolla deb nomlangan xalqaro IT kompaniyasida mass media menejeri bo‘lib ishlayotgan Alisher Uzoqov ayni vaqtda Dubayda oilasi, farzandlari bilan yashayotganini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Dubay shahrida ofisga aylantirilgan villada syomka qilish, ishlash, uchrashuvlar, ijodiy kelishuvlar o‘tkazish va dam olish uchun barcha sharoitlar hozirlangan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Bu yer juda ham tinch, sokin, shu narsa jamoamizga ham, menga ham yoqadi. Avvalgi ofisimiz Dubay Marina deb nomlangan joyda edi, u yer yaxshigina shovqin joy edi. Endi ‘aytichniklar’ ijodkor bo‘ladi, rahbarimiz Murod aka ham o‘ylaydigan, fikrlaydigan odam, ularga ham sokinlik, tinchlik kerak. Shu sababdan aynan shu joyni tanlaganmiz.

Buni villa emas, hovli, hovlicha desak ham bo‘ladi. Bu yerda ortiqcha baqir-chaqir, harakatlarga ruxsat berilmaydi. Oddiygina, shogirdim Ozod cho‘milib, shu yerning o‘zida kiyimini almashtirgani uchun bir dunyo jarima to‘lashga majbur bo‘ldik. Bu aslida mantiqan to‘g‘ri, chunki bu yerda boshqa insonlar ham yashaydi, ularni ham hurmat qilib yashash kerak.

Niqobni taqish bo‘yicha ko‘chada ogohlantirishlar, nazorotga olish juda ham kuchli. Jarima miqdori 800 dollar. Ammo, avvalo, ogohlantirish beriladi, odamlar o‘zi bilib-bilib doimiy niqobda yurishadi.

Alisher Uzoqov, aktyor, rejissor

Ma’lumot uchun, Alisher Uzoqov “Janob hech kim”, “Uylanish”, “Tundan tonggacha”, “So‘nggi lahza”, “Islomxo‘ja”, “Elparvar”, “Mening akam bo‘ydoq”, “Endi dadam bo‘ydoq” kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan.

“Muzlagan”, “Kuzda gullagan daraxt”, “Mening akam bo‘ydoq”, “Endi dadam bo‘ydoq” kabi filmlarga rejissorlik qilgan. Alisher Uzoqov hozirgi kunda Dubay shahrida Smart bolla deb nomlangan xalqaro IT kompaniyada faoliyat yuritmoqda.