• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    QQSni joriy qilayotgan Fors ko‘rfazi davlatlari, va’dasini buzayotgan Bayden. Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” an’anaviy jahon matbuoti sharhi ruknini taqdim etadi.

    Boylar ham to‘laydimi? Fors ko‘rfazi mamlakatlari nega qo‘shimcha qiymat solig‘ini tatbiq qilmoqda?

    Ummon sultonligi Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorligi kengashiga a’zo bo‘lgan mamlakatlar orasida qo‘shimcha qiymat solig‘ini joriy qilgan beshinchi davlat bo‘ldi, deb yozadi The Gulf News nashri.

    Foto: Image Credit

    Foto: Image Credit
    Qo‘shimcha qiymat solig‘ini joriy etish estafetasi Fors ko‘rfazi mamlakatlarida 2016-yilning iyun oyida boshlandi. O‘sha davrda mintaqaning olti davlati QQSni joriy qilish borasida qaror qabul qiladi. Mazkur qaror, eng avvalo, neft narxining dunyo bozoridagi past narxi sabab arab mamlakatlari budjetidagi defitsitni qoplash uchun tashlangan qadam sifatida baholandi.

    QQSni joriy qilish ikki davrga bo‘linadi. Birinchi davrda arab mamlakatlari mazkur soliqni joriy qilish uchun huquqiy asos yaratish va 2018-yildan boshlab 500 million dollar daromadga ega bo‘lgan tashkilotlarga QQSni joriy qilish bilan soliq islohotining birinchi davri yakunlandi. Ikkinchi davr esa qachon boshlanishi hozircha noaniq bo‘lib qolmoqda. Chunki Fors ko‘rfazi arab mamlakatlari QQSning miqdori qancha bo‘lishida yagona fikrga ega emas.

    Qolaversa, Forz ko‘rfazidagi arab mamlakatlarining aksarida sog‘liqni saqlash, ta’lim, jamoat transporti, ko‘chmas mulk oldi-sotdisi va ijarasi, harbiy va diplomatik yuklar yetkazib berish sohalari soliqqa tortilmaydigan sohalar sanaladi. Bundan tashqari qo‘shimcha qiymat solig‘i shariat tamoyillariga ko‘ra, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va tibbiy buyumlar, qimmatbaho metallar investitsiyasi, uglevodorod va eksport mahsulotlariga ham joriy qilinmaydi.

    Shunday bir paytda koronavirus Fors ko‘rfazi arab mamlakatlari iqtisodiyotiga katta zarba bergani Fors ko‘rfazining boy arab mamlakatlari uchun kutilmagan vaziyat bo‘ldi.

    Saudiya Arabistoni

    Ayni paytda Saudiya Arabistoni QQSni 15 foizga oshirib, soliq borasida keskin siyosat yuritishni boshlab yuborgan yagona Fors ko‘rfazi mamlakati bo‘lib qolmoqda. Iqtisodiy taxminlarga ko‘ra, mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 5,4 foizga yoki 43 milliard dollarga qisqarishi taxmin qilingandi. QQSning joriy qilinishi esa bunday yo‘qotishni qoplab berishi kerak edi, biroq mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 6,8 foizgacha quladi va Saudiya Arabistoni hukumati ijtimoiy to‘lovlar va biznes uchun subsidiyalarni to‘xtatib qo‘yishga majbur bo‘ldi. Saudiya Arabistoni savdo vaziri Majid ibn Abdulloh Kasabi inqiroz bartaraf etilgach, hukumatning subsidiyalar borasidagi qarori qayta ko‘rib chiqilishi borasida bayonot beradi. Inqiroz esa ayni paytda hukumat e’lon qilgan “2030-yilgi Arabiston” loyihasining ham sustlashishiga sabab bo‘lmoqda.

    Birlashgan Arab Amirliklari

    2020-yil yakunlariga ko‘ra, BAA yalpi ichki mahsuloti 4,5 foizni tashkil qildi, biroq BAA hukumati QQSni oshirishga qo‘l urmadi. Shu bilan birgalikda hukumat Saudiya Arabistonidan farqli ravishda o‘z aholisini pandemiya sharoitida qo‘llab-quvvatlash siyosatini ham to‘xtatib qo‘ymadi. BAA moliya vaziri Yunus al-Xuri hukumat har doim ehtiyotkorlik bilan qaror qabul qilishi hamda milliy iqtisodiyot va biznesni himoya qiluvchi turli moliyaviy tashabbuslarga qo‘l urishi haqida bayonot berdi.

    Fors ko‘rfazidagi arab mamlakatlariga xos umumiy jihat shuki, bu mamlakatlarda soliqsiz yurisdiksiya keng amaliyotda bo‘lib, fiskal qonunchilik bazasining yo‘qligi va fiskal qonunchilikni nazorat qiluvchi organlar mavjud emas. Pandemiya sharoitida esa BAAda ilk marta soliq xizmati tashkil qilindi va bu bilan birgalikda iqtisod uchun muhim bo‘lgan QQSni muvofiqlashtirishga xizmat qiluvchi qonunchilik bazasi ham yaratildi. So‘nggi paytlarda soliq borasidagi siyosat kundan kunga rivojlanib, mukammallashib bormoqda.

    Bahrayn

    Bahrayn qirolligi qo‘shnilari Saudiya Arabistoni va BAA tajribasidan kelib chiqqan holda 2019-yilning yanvar oyida QQSni joriy qildi. Bahraynning ayni paytdagi soliq qonunchiligidagi ko‘p bandlar Saudiya Arabistoni va BAAdagi qonunchilikdan tubdan farq qiladi. Qolaversa, rasmiy Manama Fors ko‘rfazi arab mamlakatlari hamkorligi kengashi qabul qilgan ko‘plab kelishuvlarga a’zo bo‘lmagan. Bahrayn hukumati, umuman olganda, QQS boshqa arab davlatlari nazarida g‘arbga xos bo‘lgan jihat ekanligini e’tirof etar ekan, Bahrayn hukumati g‘arbdagi ba’zi iqtisodiy qonuniyatlarni islom dinining xususiyatlaridan, xalqning udumi va odatlaridan kelib chiqqan holda tatbiq qilishga harakat qilib keladi.

    Quvayt

    Quvayt parlamenti tamaki, gazlangan va energetik ichimliklarga nisbatan aksiz solig‘ini joriy etgan bo‘lsa-da, QQS borasidagi qonunchilik qabul qilishni ortga surib kelmoqda. Asosiy daromadi neftga bog‘liq bo‘lgan Quvayt ayni paytda pandemiya, neft narxlarining pasayishi kuzatilayotgan bir vaziyatda murakkab ahvolda qolmoqda va Xalqaro valyuta fondining moliyaviy ko‘magidan umid qilmoqda. Valyuta fondi esa Quvayt hukumatidan 2022-yilga qadar yangi soliqning qabul qilinishini umid qilmoqda. Quvayt hukumati esa Xalqaro valyuta fondi umidlarini oqladi va 5 foizlik QQSni joriy qilishni 2021-yil aprel oyidan ortga surmasligini bildirdi. Ayni paytda Quvayt parlamenti QQS qonunchiligi bazasi ustida ish olib bormoqda. Kuz oylariga borib esa yangi soliq borasidagi barcha ishlar nihoyasiga yetishi aytilmoqda.

    Qatar

    Rasmiy Doha QQS borasidagi yangilikni 2021-yilda e’lon qilishini bildirgan bo‘lsa-da, ayni paytda QQS qachon joriy qilinishi borasida aniq bir ma’lumotlar mavjud emas. Qatar yaqin qo‘shnilaridan farqli ravishda 2020-yilni nisbatan yaxshi yil sifatida yakunladi. Mamlakat iqtisodiyotida 0,4 foizlik o‘sish kuzatildi. Shu sababdan ham Qatarda QQSning joriy qilinishi borasida hozircha biror narsa deyish qiyin. Biroq vaziyat salbiy tarafga o‘zgaradigan bo‘lsa, Qatar hukumati ham 2021-yilning kuz oylariga borib QQSni joriy qilishi mumkin, degan taxminlar ham mavjud.

    Arab mamlakatlarida QQSni joriy qilish bilan bog‘liq vaziyatning ayni paytda dolzarb mavzuga aylanayotgani, eng avvalo, bu mintaqa mamlakatlarida kuzatilayotgan neft narxi bilan bog‘liq bo‘lmoqda va qisman davlat budjetini to‘ldirishga bo‘lgan ratsional harakatlar natijasi sifatida baholanmoqda. Shunday bo‘lsa-da, Fors ko‘rfazidagi arab mamlakatlari uchun asosiy daromad manbayi QQSning foizi qancha bo‘lishidan qat’i nazar uglevodorodlar bo‘lib qolaveradi.

    Nega Bayden qochqinlarni qabul qilish borasidagi va’dalarini buzmoqda?

    Dushanba kuni prezident Jo Bayden muhojirlarga qaratilgan farmonni imzoladi va AQSh kongressmenlarining tanqidlariga sazovor bo‘ldi. Saylovoldi kampaniyasi davrida amaldagi prezident Bayden hamkasbi Donald Trampning immigrantlar borasidagi siyosatini ajdarho qonunlariga tenglashtirgandi. Bir necha oy prezidentlik kursisida o‘tirgan Bayden to‘satdan yiliga 15 ming nafar muhojirni qabul qilish kvotasi saqlab qolinishi tashabbusi bilan chiqdi, deb yozadi BBC.

    Foto: BBC

    Foto: BBC

    Baydenning yangi farmonida AQShga kelayotgan muhojirlarni qabul qilish jarayonini tezlashtirish borasida gap ketar ekan, Bayden ma’muriyati Afrika, Yaqin Sharq, Markaziy Amerikadan kelayotgan muhojirlarga beriladigan kvotani oshirishni nazarda tutishi bilan birgalikda Somali, Yaman va Suriyadan kelayotgan muhojirlarga nisbatan qo‘yilgan cheklovlarni ham bekor qiladi. Biroq Bayden farmoniga ko‘ra, muhojirlarni qabul qilish kvotasi oldingi prezident ma’muriyati o‘rnatgan 15 ming nafar qilib belgilab qo‘yilmoqda. Bayden ma’muriyati esa prezident farmonini milliy manfaatlarga mos kelishi va insonparvarlik nuqtayi nazaridan to‘g‘ri ekanligini ta’kidlamoqda. AQSh Vakillar palatasi deputati Ilhan Umar Baydenning mazkur farmonini tanqid qilar ekan “dunyodagi ko‘plab aholi uchun munosib vatan topish hayot-mamot masalasi ekanligini, Baydenning migrantlarni qabul qilish borasidagi va’dasini buzishi esa sharmandali” ekanligini ta’kidladi.

    Kongressmen Pramila Jayapal Bayden farmonini “yuzsizlik” deb atagan bo‘lsa, nyu-yorklik Vakillar palatasi a’zosi Aleksandra Okasio Kortes Baydenning saylovoldi kampaniyasi davrida bergan va’dasini esiga solib qo‘yishga urinar ekan “Bayden saylovlar davrida muhojirlarni qabul qilishga va’da bergan va shuning uchun ham xalq unga ovoz bergan” deya ta’kidladi va Baydenni va’dasini bajarishga chaqirdi.

    AQSh prezidentining matbuot kotibi Jen Psaki esa bayonot tushunmovchilikka sabab bo‘lgani, prezident muhojirlar miqdorini cheklamoqchi emasligini, aksincha, muhojirlar miqdori 15 mingga yetib borgudek bo‘lsa, bu kvota oshirilishini izohlashga urindi.

    Saylov davrida Jo Bayden AQShga qabul qilinadigan migrantlar sonini 125 mingga yetkazishni va’da bergandi. Bayden g‘alaba qozonganidan so‘ng esa 2021-yilning fevral oyida shu yilning o‘zida 62 500 muhojirga AQSh boshpana berishini va’da qilgandi.

    Ammo 19-fevraldan boshlab AQSh hukumati Migrantlarni himoya qilish protokolini ishga tushirganligini va boshpana olishga ariza bergan shaxslarning ma’lumotlari o‘rganilayotgani xabar qilindi. Boshpana olishga ariza berganlardan yashab turgan joylaridan boshqa joyga ko‘chib ketmaslik talab qilindi, talab buzilgan taqdirda ular deportatsiya qilinishi mumkinligidan ogohlantirildi. Mazkur xabar esa Baydenning ham muhojirlarga uncha xushi yo‘qligini ommaga ma’lum qilib qo‘ydi. Bu esa Bayden muhojirlarni qabul qilish borasida ikkiyuzlamachilik qilayotganidan darak bermoqda. Janjal esa anchaga cho‘ziladigan ko‘rinadi. Boshqa tarafdan esa 2019-yilda 850 mingga yaqin muhojir AQSh chegaralarida to‘xtatib qolingan bo‘lsa, 2021-yilning kuziga borib 1 millionga yaqin muhojir AQShdan boshpana olish uchun kelishi kutilayotgani aytiladi. AQSh hukumati esa ayni paytda 15 ming nafar muhojirning so‘rovlarini o‘rganishga qodir, xolos. Bu raqamdan ortiq muhojirlarning so‘rovlarini ko‘rib chiqishga esa hukumat jismonan tayyor emas. Nima bo‘lganda ham ayni paytda Bayden o‘z va’dalarining qurboniga aylanmoqda va bu janjalga aylanishi ham mumkin.

    Jahongir Ergashev tayyorladi

    24.04.2021, 22:15   Izoh (0)   39015
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoy Buyuk Britaniyaning “uyg‘urlar genotsidi” haqidagi ayblovlariga javob qaytardi

    24.04.2021, 20:34

    Baydenning prezident sifatida ilk xorijiy safari Buyuk Britaniya va Belgiyaga uyushtiriladi — Oq uy

    24.04.2021, 19:33

    Olimpiya o‘yinlarida Rossiya madhiyasi o‘rniga Chaykovskiy konsertidan parcha ishlatishga ruxsat berildi

    24.04.2021, 16:37

    Boltiqbo‘yi davlatlari Chexiya bilan birdamlik sifatida rossiyalik diplomatlarni hududidan chiqarib yubormoqda

    24.04.2021, 14:35

    Checheniston rahbarining o‘g‘li nohalol g‘alabada ayblangach, revansh jangini o‘tkazishga tayyorligini bildirdi

    24.04.2021, 13:34

    Hindiston ketma-ket ikkinchi kun COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha dunyo rekordini yangiladi

    23.04.2021, 22:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Kelajak — raqamli taʼlim ortida. Jizzax viloyatida raqamli bilimlar olami — yangi elektron kutubxona ochildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Way II bilan yangi investitsion imkoniyatlar


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    BI Green: BI Group'ning Toshkentni ko‘kalamzorlashtirishga qo‘shgan hissasi va atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qilishga chaqirig‘i


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Chempionga Chempion


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Qo‘rquv, to‘daga qo‘shilgan amaldor shoirlar va Islom Karimov bilan munosabati haqida. Xurshid Davron bilan katta intervyu

    15 mart, 13:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

    O‘zbekiston | 11 may, 17:05

    “Bavariya” “Real” hamda “Barselona”ning rejalarini barbod qilishi mumkin

    Sport | 11 may, 17:03

    Mashhur otasining xohishiga qarshi chiqqan, 3 farzandli bo‘lsa ham Anna Kurnikovaga uylanmagan Enrike Iglesias 50 yoshda

    Layfstayl | 11 may, 16:35

    “Ruslar nihoyat o‘ylay boshlashdi” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 16:05

    AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini topshirishini ma’qulladi

    Dunyo | 11 may, 15:30

    “Roma” YCHL uchun tayyorgarlik boshladi. Klub yozda kimlarni xarid qilmoqchi?

    Sport | 11 may, 15:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.