Instagram ijtimoiy tarmog‘i yaqin haftalarda haqoratli xabarlarni berkitishga imkon beruvchi funksiyani ishga tushiradi. Uni foydalanuvchi o‘z xohishiga qarab yoqishi mumkin, deb xabar beradi Esquire.
Ijtimoiy tarmoq ushbu funksiyani irqchilik, tahdid va nafratni qo‘zg‘atishga qarshi kurash maqsadlarida ishlab chiqqan. Bu kabi muammo, ayniqsa, ko‘plab obunachilariga ega mashhurlarda uchraydi.
Kompaniya ekspertlar bilan birga haqoratli jumlalar, so‘zlar va hatto emojilar ro‘yxatini tuzib chiqqan bo‘lib, yangi funksiya uning doirasida filtrlash ishlarini amalga oshiradi. Shuningdek, foydalanuvchilar muloqot davomida o‘zlari o‘qishni istamagan jumlalarni ham ro‘yxatga qo‘shishi mumkin.
Bundan tashqari, Instagram nafaqat alohida akkauntni, balki ko‘rishni istamagan ushbu foydalanuvchi kelajakda yaratishi mumkin bo‘lgan har qanday akkauntni bloklab qo‘yishi mumkin.
Avvalroq Instagram va Facebook layklarni yashirish funksiyasini sinovdan o‘tkazishni boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)