• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Sog‘lig‘i yomonlashgan Navalniy va jahon matbuoti, Kastro erasining yakuni, Chexiyadagi rus josuslari, Putinning Valdaydagi navbatdagi maxfiy qasri. Jahon hafta ichida

    Aprelning navbatdagi haftasi ham nihoyasiga yetdi. Hafta davomida jahon sahnida yuz bergan eng qizg‘in voqealar dayjestini taqdim etamiz.

    Jahon matbuoti Navalniyning salomatligidan xavotirda

    The New York Times tahririyati Rossiya prezidenti Vladimir Putinga muxolifatchi Aleksey Navalniyni shifokor ko‘rigidan o‘tkazish, uning ahvoli qay darajada og‘irligini baholash va agar zarur bo‘lsa, siyosatchini intensiv terapiyaga yuborish so‘rovi bilan murojaatnoma chop etdi.

    Foto: Reuters

    Murojaat mualliflarining aytishicha, garchi Putin o‘zining eng ashaddiy tanqidchisidan xalos bo‘lishni afzal ko‘rsa-da, (buni Kreml kimyoviy zahar yordamida allaqachon sinab ko‘rgan) Navalniyning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi qarorning qabul qilinishi aynan Putinga bog‘liq.

    “Ammo Putin janoblari Navalniyning koloniyada o‘lishiga yo‘l qo‘yishi, uning yaqinda prezident Bayden aytganidek, ‘qotil’ va o‘z tanqidchilarini jim qilish uchun hamma narsani qiladigan qasoskor zolim sifatidagi maqomini mustahkamlashini anglab yetishi kerak. Putin dunyoda va uning tobora avtoritarga aylanishidan charchagan rossiyaliklar orasida bu qanday reaksiyaga sabab bo‘lishini tushunish uchun yetarlicha uzoq vaqtdan beri hokimiyatni boshqarib kelmoqda”.

    Xabarlarga ko‘ra, qamoqdagi Aleksey Navalniyning sog‘lig‘i tobora yomonlashmoqda; u ochlik e’lon qilib, shifokor ko‘rigidan o‘tishiga ruxsat berilishini talab qilgan. “Rossiya hukumati avgust oyida uni o‘ldirishga uringanidan kelib chiqsak, koloniya ma’muriyatining Navalniy bilan sodir bo‘layotgan voqealar haqidagi har qanday “rasmiy” bayonotlariga ishonib bo‘lmaydi”, — deb yozadi New York Times. Ammo Navalniy vafot etsa, bunga kim javobgar bo‘lishi haqida shubha bo‘lmaydi va bu o‘limning bahosi qimmatga tushadi, deya ta’kidladi mualliflar.

    Bungacha, 9-aprel kuni Washington Post gazetasi tahririyati shu kabi murojaat bilan chiqqan edi. Gazeta murojaati Putinga emas, balki AQSh va boshqa G‘arb davlatlari hokimiyatiga qaratilgan edi. Jurnalistlar ularni Navalniyni zaharlashga urinishda ishtirok etgan mansabdor shaxslar va tashkilotlarga nisbatan allaqachon qo‘llanilgan sanksiyalar haqida to‘xtamaslikka chaqirgan. Murojaatnoma mualliflari Navalniyning o‘zi Putinning boyliklarini saqlovchilar deb atagan 35 oligarxga qarshi “Magnitskiy qonuni” bo‘yicha aktivlarni muzlatish va g‘arbga kirish taqiqlovini o‘z ichiga olgan sanksiyalarni joriy etish hamda ularni mahbus ozod qilinmaguncha ro‘yxatdagi shaxslarga hamda ularning oilalari nisbatan qo‘llash tarafdori ekanini bildirgan.

    “Bu natijaga erishish imkoniyatini beruvchi strategiyaga o‘xshaydi. Ammo bu strategiya amalga oshmasa, agar Kreml kechiktirilgan suiqasd rejasini amalga oshirish payida bo‘lsa, buning oqibati shu kabi sanksiyalardan boshlanishi kerak”,  — deb yozadi Washington Post.

    AQSh prezidenti ma’muriyati siyosatchi Aleksey Navalniy koloniyada vafot etgan taqdirda Rossiyani javobgarlikka tortish bo‘yicha bir nechta choralarni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Jo Baydenning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan CNN telekanalida aytib o‘tdi.

    “Biz Rossiyaga Navalniy bilan hibsda sodir bo‘ladigan voqealar uchun javobgar ekanini aytganmiz. Ular xalqaro hamjamiyat oldida javobgar bo‘ladi. Muayyan choralar nuqtayi nazaridan biz ularning badali qanday bo‘lishiga oid ko‘plab usullarini ko‘rib chiqmoqdamiz. Hozircha bular haqida jamoat oldida bayonot berolmayman. Ammo biz Navalniy vafot etsa, buning oqibati yomon bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida Rossiyani ogohlantirdik”, —  dedi AQSh prezidentining yordamchisi.

    Putinning Valdaydagi maxfiy saroyi

    Rossiyadagi Korrupsiyaga qarshi kurash fondi mamlakat prezidenti Vladimir Putinning “eng maxfiy rasmiy dala hovlisi” bo‘yicha surishtiruv e’lon qildi. Gap Novgorod viloyatining Valday ko‘li yonidagi “Dolgiy Boroda” turar joyi haqida ketmoqda.

    Foto: WebOS

    Xabarga ko‘ra, kadastr hujjatlari bo‘yicha turar joy maydoni 250 gektarni tashkil etadi. Ulardan 150 gektari rasmiy ravishda Rossiya Federatsiyasiga tegishli bo‘lib, Federal xavfsizlik xizmati tomonidan doimiy foydalaniladi. Unda qo‘shimcha binolar — omborlar, garajlar, angarlar, shuningdek, kichik mehmonxonalar mavjud.

    Fond ma’lumotlariga ko‘ra, qolgan yerlar “Praym” MChJda ro‘yxatdan o‘tgan. Ular Vladimir Putinning do‘sti va “Rossiya” bankining asosiy aksiyadori Yuriy Kovalchukga tegishli.

    “Praym”dan ijaraga olinadigan hududda 80 ga yaqin bino mavjud. Ular orasida maydoni 3500 kvadrat metr bo‘lgan to‘rt qavatli bosh saroy, Xitoy pavilyoni, rus kulbasi, hammom, sauna, otxona, golf maydonchasi, bolalar maydonchasi, kinoteatrga ega vip-restoran, bouling, bilyard xonasi va mini-kazino, shuningdek hududga qarashli Vladimir cherkovi bor.

    Fondning yozishicha, bundan tashqari, asosiy qarorgohdan unchalik uzoq bo‘lmagan ikki baravar kattalikdagi uy bor — bu umumiy maydoni qariyb 7000 kvadrat metr bo‘lgan ikkita yer osti qavatiga ega spa-majmuasi. Ushbu bino qavatlari rejasi solaryum, suzuvchi basseyn, kriyokameralar, massaj vannalari, stomatologiya, kosmetologiya, loy terapiyasi va limfopressing xonalari, 25 metrli basseyn va alohida massaj blokidan iborat.

    Boshqa qavatda yotoqxona, 200 metrli zal, 500 metrli mehmonxona, xizmat ko‘rsatish xonasi, ovqatlanish uchun maxsus lift va akvarium uchun 13 kvadrat metrli xona mavjud. Yer osti qavatida yordamchi va tozalik xodimlarining xonalari, shuningdek, tuzli hammom, loy terapiyasi va maxsus aloqa vositalari uchun xonalar mavjud.

    Fond ma’lumotlariga ko‘ra, Valdaydagi qarorgoh Putinning eng sevimli uyi. Mazkur turar joy haqida juda kam ma’lumot mavjud — rasmiy fotosuratlar va davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bor, xolos.

    “Qachondir Putin hokimiyatni tark etadi, qolgan uylar Sovet Ittifoqi davridagi kabi balansda qoladi, ammo bu yerda davlat turar joysiz yerlarning yarmigagina egalik qiladi. Qolgan hammasi Kovalchukga tegishli. Putin nol tortishish kuchida uxlaydigan va rassomlarni taklif qiladigan mana shu joy uchun yiliga 300 million rubl havoga sovuriladi”, — deyiladi fond bayonotida.

    Kastrolar erasining yakuni

    Kubaning hukmron Kommunistik partiyasi rahbari Raul Kastro iste’foga chiqishini e’lon qildi.

    Foto: Google Photos

    Xabarga ko‘ra, Kastro Kommunistik partiyaning 8-syezdida so‘zga chiqib, mamlakat boshqaruvini Kuba Vazirlar Kengashi rahbari Migel Dias Kaneldan iborat o‘nlab yillik tajribalar bilan chiniqib, yaxshi tayyorgarlikdan o‘tgan rahbarlar guruhiga topshirayotganidan mamnunligini aytdi.

    Reuters Kuba davlat televideniyesiga asoslanib xabar berishicha, Kastro hokimiyat yangi rahbariyatga o‘tishini tasdiqlagan.

    Avvalroq G‘arb matbuoti 89 yoshli Kastroning Kommunistik partiya rahbari lavozimidan ketishi haqida xabar bergan edi. Kuba Kommunistik partiyasining sakkizinchi qurultoyi to‘rt kun davom etadi. 19-aprel, dushanba kuni Raul Kastro lavozimini tark etadi.

    Bloomberg xabariga ko‘ra, Kuba rahbari o‘zidan keyin kimni qo‘llab-quvvatlamoqchi ekani haqida oshkor qilmagan. Shu bilan birga, avvalroq agentlik Kastro 2018-yilda respublika prezidenti bo‘lgan Migel Dias Kanelni qo‘llab-quvvatlashi haqida yozgan edi.

    Raul Kastro — Kubani 1959-yilgi inqilobdan beri boshqarib kelgan Fidel Kastroning ukasi. 2008-yilda u bir vaqtning o‘zida davlat rahbari, Kuba hukumati va qurolli kuchlarining bosh qo‘mondoni bo‘ldi. 2018-yilda Kuba yangi Konstitutsiyasining qabul qilinishi munosabati bilan Kastro Kuba Kommunistik partiyasi rahbari va bosh qo‘mondoni lavozimini saqlab qolgan holda davlat va hukumat rahbari lavozimlarini tark etdi. Yangi Konstitutsiyaga ko‘ra, 2019-yilda Kubada prezident va bosh vazir lavozimlari qayta tiklandi.

    Raul Kastro 1959-yildagi inqilobda qatnashib, g‘alaba qozonganidan so‘ng Kuba harbiy vaziri bo‘lib, ushbu lavozimni 50 yil davomida egallab kelgan. 1965-yilda u Fidel Kastroning hukmron partiya rahbari o‘rinbosari bo‘ldi va 1976-yilda akasining o‘rinbosari sifatida Davlat Kengashi raisi etib tayinlandi. 2006-yilda sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarni boshdan kechirayotgan Fidel Kastro ukasi Raulga yo‘l berib, Kuba Davlat Kengashi rahbari lavozimini tark etdi. 2011-yil bahorida Raul Kastro partiya Markaziy qo‘mitasining birinchi kotibi etib tasdiqlandi.

    Pragadagi rus josuslari

    Chexiya 18 nafar rossiyalik diplomatni ortga qaytarib yuboradi. Bu haqda Chexiya tashqi ishlar vaziri Yan Gamachek 17-aprelda e’lon qilgan.

    Yan Gamachek

    Yan Gamachek
    Foto: “Hamacek.cz”

    “Chexiya tashqi ishlar vaziri sifatida Pragadagi Rossiya elchixonasida ishlayotgan barcha xodimlarni o‘z yurtiga qaytarib yuborishga qaror qildim. Sababi ularning hammasi Rossiya maxsus kuchlarining ofitserlari ekanligi Chexiya razvedkasi tomonidan aniqlangan. 48 soat ichida elchixonaning 18 nafar xodimi mamlakat hududidan chiqib ketishi lozim”, – degan u.

    Mamlakatda Moskvaning 2014-yilda qurol-yarog‘ omborini portlatishga aloqador bo‘lgani ham taxmin qilingan. Bu haqda Chexiya bosh vaziri Andrey Babish ma’lum qilgan. Gamachek 19-aprelda Rossiyaga kelishi va “Sputnik V” vaksinasini olish bo‘yicha muzokaralar olib borishi kerak edi, biroq mazkur tashrif bekor bo‘lgan.

    Avvalroq Rossiya Ukraina konsulini mamlakatda maxfiy axborotni sotib olishga uringani uchun ortga qaytarish qaror qilgandi. Ukraina ushbu harakatga javoban Kiyevdagi Rossiya elchixonasi katta diplomatini vataniga qaytargan.

    19.04.2021, 20:34   Izoh (0)   42305
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ingenuity vertolyot-droni birinchi marta Mars uzra parvoz qildi (foto va video)

    19.04.2021, 20:24

    Ramzan Qodirovning o‘g‘li boks musobaqasida raqibini yengmasdan turib g‘olib deb e’lon qilindi (video)

    19.04.2021, 19:35

    Tramp Baydenning AQSh qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish uchun belgilagan sanasini tanqid qildi

    19.04.2021, 17:08

    Dunyoda koronavirusga chalinish bo‘yicha haftalik rekord qayd etildi, Hindiston poytaxtida lokdaun e’lon qilindi, Braziliyada ayollardan homilador bo‘lmay turish s...

    19.04.2021, 16:58

    OAV: Buyuk Britaniyada “dushman davlatlardan” himoyalanish to‘g‘risida qonun joriy etiladi

    19.04.2021, 16:57

    Qozog‘iston va Turkiya Gurbanguli Berdimuhamedovga otasining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

    19.04.2021, 14:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57

    Jeyn Birkinga tegishli bo‘lgan birinchi Hermes Birkin sumkasi kimoshdi savdosida 7 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 12 iyul, 08:40

    “Real Madrid” yozda to‘rt futbolchi bilan xayrlashishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 08:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.