• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Davolaning derdik, davolanmas edilar”. Mirza Azizovning shogirdlari ustozi haqida yig‘lab gapirdi (video)

    O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov 16-aprel kuni 58 yoshida vafot etdi. Mirza Azizovning shogirdlari aktyor Rasulxon Qodirxonov hamda aktrisa Ma’rifat Ortiqova ustozining amalga oshmagan orzulari haqida yig‘lab so‘zlab berishdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Hammaga yaxshilik sog‘inadigan inson edilar.

    Bu dunyo kutilmagan vaziyatlarni, kutilmagan sinovlarni taqdim qilishi hech kimga sir bo‘lmagan haqiqat. Ba’zan sinovlari qattiq bo‘ladi. Bizning teatr, umuman, o‘zbek kino va teatr san’ati uchun juda katta yo‘qotish bo‘ldi. Rahbarimizdan, ustozimizdan ayrilib qoldik.

    Xalqimizda har bir o‘tgan inson haqida yaxshi inson edi, deb eslanadi. Lekin ustozimiz teatrimiz, san’atimiz, kino uchun, shogirdlar uchun o‘zlarini fido qildilar. O‘zlarini ehtiyot qilib, shifoxonalarda yotib, davolanib yurmasdilar, doim harakatda yurardilar. Juda ko‘p mehnat qilardilar.

    Teatrimizda ishlaydigan yoshlarning deyarli barchasi viloyatlardan kelgan, hammamiz chet-chetlardan kelgan yoshlarmiz. Har birimizning to‘ylarimizga borib, bosh-qosh bo‘lganlar. O‘zlarini ayamasdan, barchani rozi qilishga harakat qilganlar. O‘zimning to‘yimga borish-ku mayli, ukam aktyorlik maktabi ochganida Angren shahriga borib, o‘zlari katta umidlar bildirib, maslahat berib, katta ishonch bildirib qaytganlar.

    Hammaga yaxshilik sog‘inadigan inson edilar.

    Teatrimizning 80 yilligini nishonlashimiz kerak edi, bu bilan bog‘liq ustozimizning katta rejalari bor edi. Kitoblarini chiqarish orzulari bor edi, bu amalga oshdi, ammo o‘zlari buni ko‘rmay ketdilar.

    Ba’zan insonlar sizni hurmat qilmasligi, yoki hurmatini yashirishi mumkin. Shunday ijod qilinglarki, sizni ko‘ra olmaydigan, yomon ko‘radigan odamlar ham sizni hurmat qilishga, zo‘r ijodkor-da shu, deyishga majbur bo‘lsin, deb o‘rgatganlar.

    Rasulxon Qodirxonov, aktyor, xonanda

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Davolaning derdik, davolanmas edilar.

    Poytaxtga endi kelgan vaqtimda ilk marta uchrashgan insonim, aktyorim Mirza Azizov bo‘ladilar. Ularni ‘Ko‘ngil’ seriali orqali barchamiz taniganmiz, yaxshi ko‘rib qolgandik. O‘sha vaqtlarda tog‘am rahmatli bo‘lib qolgan paytlar edi. Onam yolg‘iz katta qilgandilar, ular Urganchga o‘qishga topshir, degandilar. Men Toshkentda o‘qimoqchi bo‘lib, Toshkentga o‘qishga kiraman, deganman. Mirza Azizovni ko‘rganimda siz tog‘amga o‘xsharkansiz, deganman.

    Aynan Mirza Azizovning tavsiyasi bilan musiqali drama fakultetiga topshirganman. Shunday insonning shogirdi ekanligimdan o‘zimni baxtli his qilaman, ammo menga berilgan imkoniyatdan juda ham yaxshi foydalana olmaganimdan afsuslanaman. Xom sut emgan bandamiz-da baribir.

    Sahnaga chiqqanda qo‘rqoqlik odatim bor edi, qo‘rqmang, qo‘lingizdan keladi, siz eplaysiz, derdilar. O‘zingizga bo‘lgan ishonchni uyg‘otardilar. Meni ilk marta sahnaga olib chiqqan ustozim edilar.

    Misrda 96 davlat ishtirok etgan katta gastrol konsertga bordik. ‘To‘da’ deb nomlangan spektaklni sahnalashtirgandilar. U spektaklda yaxshilikka undovchi Kamola ismli qiz rolini ijro etganman. Oliy o‘rinlarni olib qaytganmiz.

    Hali qiladigan ishlari juda ham ko‘p edi. Teatr xodimlari ularning oilasi edi. Oyoqlari juda qattiq og‘rishini bilardim. Davolaning derdik, davolanmas edilar.

    ‘Qora bulutlar’ serialining syomka jarayonida mazalari yo‘qligi haqida eshitib qoldim. Bu xabarni eshitib, ustozga qayta-qayta telefon qildim, telefonni olmadilar. Keyin ayollariga Telegram’dan sms yozib yubordim. Ulardan javob keldi. Yaxshiman, Ma’rifatxon, ustozingizga sms yozsangiz, javob yozadilar, dedilar. Ustozga ovozli xabar yuborganimda “singlim, ancha yaxshiman”, deb javob keldi. Barcha shogirdlaringiz sizni yaxshi ko‘radi, desam, Telegram’dan yaxshi degan belgini yubordilar.

    Oilalariga sabr so‘rab qolaman, Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin, ilohim.

    Ma’rifat Ortiqova, aktrisa

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov 58 yoshida vafot etdi
    • “Mening ahvolim sal og‘irroq, Tojibar opangizniki ancha yaxshi”. Mirza Azizovning kovid-kasalxonada davolanayotgan paytda yuborgan audiosi tarqaldi

    19.04.2021, 21:47   Izoh (0)   57631
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Uyimning devorlarida Mirzajonni ko‘raman”. Aktrisa Norposhsha Hasanova Mirza Azizov unga uy olib berganini ma’lum qildi (video)

    19.04.2021, 17:22

    Mirza Azizov Zangiota shifoxonasining jonlantirish bo‘limida 25 kun davomida koronavirus bilan kurashgani ma’lum bo‘ldi

    19.04.2021, 14:56

    “Mening ahvolim sal og‘irroq, Tojibar opangizniki ancha yaxshi”. Mirza Azizovning kovid-kasalxonada davolanayotgan paytda yuborgan audiosi tarqaldi

    17.04.2021, 14:54

    O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov 58 yoshida vafot etdi

    16.04.2021, 13:19

    “Ayol ekaningizdan uyalmang!”. Amerikalik adiba Ursula Le Guinning ayolning jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlangan mashhur nutqi

    13.04.2021, 09:10

    “Chinni”dan granata. Dunyodagi eng nozik qurol qanday ko‘rinishga ega?

    01.04.2021, 21:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    Dunyo | 16 avgust, 21:27

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.