• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qurilish vaziri Botir Zokirov: “Trest-12” kompaniyasiga men yoki oilamning umuman aloqasi yo‘q

    Qurilish vaziri Botir Zokirov Samarqandda o‘tkazilgan matbuot anjumanida aksiyadorlari orasida uning o‘g‘li va turmush o‘rtog‘i bo‘lgan “Trest-12” kompaniyasi bir nechta davlat xaridlarini tendersiz qo‘lga kiritgani haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

    Qurilish vaziri Botir Zokirov.

    Qurilish vaziri Botir Zokirov.
    Foto: “Daryo” / Farhod Norbo‘tayev

    Qurilish vazirining ta’kidlashicha, “Trest-12” kompaniyasi uzoq yillik tarixga ega bo‘lib, bunday tashkilot respublikada kam sonli hisoblanadi.

    Men o‘zim bu tashkilotda 20 yildan ortiq vaqt davomida ishlaganman. Bu yerda mening yaqinlarim, ustozlarim, 8-10 nafar sinfdoshlarim ham ishlagan. Bizda bitta tartib bor, ish vaqtida qarindoshchilik, tanish-bilishchilik degan gap yo‘q. Hamma narsa qat’iyat bilan olib boriladi. Ish ish bilan. Do‘stlik, qarindoshchilikning o‘z joyi bor. Boshqachasiga ish yuritib bo‘lmaydi. Men hozir bu tashkilotda ishlamayman. Adashmasam, 11 yil bo‘ldi. Bugun ko‘pchilik savol bermoqda. Nega bu tashkilot tendersiz qurilishlarni yutib olmoqda? Men bitta narsani aytishim kerak, tashkilotning 51 foiz aksiyasi davlat ulushi hisoblanadi va tashkilot to‘liq davlat boshqaruvida. Men yoki mening oilamning umuman aloqasi yo‘q.

    Botir Zokirov, qurilish vaziri

    “Trest-12” 1994-yilda tashkil topgan. Uning rahbari sifatida Fahriddin Nazirov ko‘rsatilgan. Aksiyadorlar orasida Toshkent shahar hokimligi (51,1%), Muazzam Saidahmatovna Zokirova (19,1%), Jasur Botirovich Zokirov (14,1%), Muhayyo Oktyabrevna Zokirova (13,1%) va 12 nafar jismoniy shaxs (2,6%) bor. “Gazeta.uz” ma’lumotlariga ko‘ra, Jasur Zokirov va Muhayyo Zokirova qurilish vaziri Botir Zokirovning o‘g‘li va turmush o‘rtog‘i hisoblanadi. Botir Zokirov Samarqanddagi matbuot anjumanida oilasi egalik qiladigan aksiyalar haqida gapirmagan.

    Botir Zokirov 11 yil oldin kompaniyani tark etganini gapirgan bo‘lsa-da, “Gazeta.uz”ga ko‘ra, 2019-yil iyul oyida qurilish vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlab yurgan vaqtida ham “Trest-12” aksiyadorlari ro‘yxatida bo‘lgan.

    Botir Zokirov kompaniyaga Oliy Majlis binosini rekonstruksiya qilish uchun tendersiz 16,54 milliard so‘m ajratilganiga ham to‘xtalib, bu ishlarga o‘zining aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, korxona uzoq yillardan buyon katta ma’muriy binolarni qurib, ta’mirlab kelgan.
    Nimaga aynan ‘Trest-12’ mana shunaqa binolarni qurish yoki ta’mirlash ishlarini tendersiz yutib oladi? Sababi bunaqangi binolarni quradigan yoki ta’mirlaydigan tashkilotlarning o‘zi juda ham kam. Shu vaqtga qadar bu tashkilot ta’mirlagan birorta obyektda sifatsiz yoki talabga javob bermagan, degan holat bo‘lmagan. Bu tashkilot zararga bo‘lsa ham, obyektning qurilishini oxiriga yetkazadi. Bu tashkilot uzoq yillar o‘zi to‘plagan imijiga putur yetkazgisi kelmaydi. 12-trestning o‘z konsepsiyasi bor. Istasangiz, o‘sha tashkilotning o‘zida ham matbuot anjumani tashkil qilib beraman. O‘sha yerda muhitni ko‘rib, kimlar ishlayotganiga guvoh bo‘lasiz.

    Botir Zokirov, qurilish vaziri

    Vazirning ta’kidlashicha, “Trest-12” kompaniyasiga ayrim obyektlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri berilishining sabablari bor. Tashkilotning tarixi, ishidagi sifati va yaxshi kadrlari bor. Shuningdek, korxonaning o‘ziga yarasha qonun-qoidalari bor.
    Tushunarli bo‘lishi uchun bitta narsa aytib o‘tmoqchiman, 1999-yilda Toshkentda terakt bo‘lgandan keyin bir soat o‘tib ‘Trest-12’ xodimlari ta’mirlash ishlarini boshlab yuborgan. Xuddi shuningdek, Bosh prokuraturada sodir bo‘lgan teraktdan so‘ng ham ta’mirlash ishlarini ular olib borgan. Mana shuning o‘zi ham ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan savollarga javob bo‘ladi. Mening o‘zimning esimda turibdi. O‘sha Bosh prokuraturada bo‘lgan teraktdan so‘ng butun binoni yopib qo‘yib, kechasi bilan ishlagan xodimlar. Devorlardan odamlarning qoldiqlarini olishgan.

    Tashkilot 1999-yilgi teraktdan so‘ng 22 qavatli binoning 6 qavatini ‘kesib tashlagan’. Bu tashkilotning texnologiyasi yaxshi. Men o‘shanda ko‘rganman, 70-80 santimetrli devorni hech qanday qiyinchiliksiz kesib tashlash mumkinligini.

    Botir Zokirov, qurilish vaziri

    Botir Zokirov “Trest-12” Senatning binosini qurgani, yaqinda Vazirlar Mahkamasini ikkinchi marotaba rekonstruksiya qilganini ham qo‘shimcha qildi. U “Trest-12”ga tushayotgan buyurtmalarning unga issiq-sovug‘i yo‘qligini ta’kidladi.
    Trestga tushayotgan binolar masalasini men hal qilmayman. Buni hal qiladigan o‘zining buyurtmachilari bor. 51 foiz davlat ulushi bo‘lganidan so‘ng menga buning sovug‘i ham, issig‘i ham yo‘q. Men o‘zimga ep bilmayman bu ishlarga aralashishni. Bu masalada menda hech qanday qiziqish yo‘q. Davlat 51 foizini sotadigan bo‘lsa, menda qiziqish bo‘ladi. O‘shanda men vazir bo‘lib ishlashim mumkin bo‘lmay qoladi. Shunaqa bo‘ladigan bo‘lsa, men ariza yozib ketaman. Chunki mening boshqa ilojim yo‘q. Men u tashkilotda ishlayotgan odamlarga sen ishdan bo‘shab ket, deb aytolmayman. Undan ko‘ra o‘zim bo‘shab ketaman.

    Botir Zokirov, qurilish vaziri

    Avvalroq Toshkentning Sharof Rashidov ko‘chasidagi (Mustaqillik maydoni yonida) ma’muriy bino rekonstruksiyasi va favvora ostiga avtoturargoh qurilishiga 431,5 milliard so‘m sarflanishi mumkinligi ma’lum bo‘lgandi. Ushbu loyiha pudratchisi sifatida “Trest-12” AJ tanlangan. Xuddi shu kompaniya Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosini joriy ta’mirlash hamda fasad qismini rekonstruksiya qilish bo‘yicha 16,5 milliard so‘mlik davlat xaridini tendersiz qo‘lga kiritgan edi.

    “Trest-12”, shuningdek, Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazini qurish bo‘yicha 988,2 milliard so‘mlik loyihaga ham tender savdolarisiz ega chiqqan edi. Shuningdek, “Trest-12” tender tanlovlarisiz Toshkentda 988,2 milliard so‘mlik Islom sivilizatsiyasi markazining qurilish loyihachisi bosh pudratchiga aylangan.

    Hozirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi “Trest-12” bilan bog‘liq davlat xaridlarini o‘rganmoqda.

    Mavzuga doir: “Tadbirkorni qaytarib yuborib, o‘z bolalariga bermoqchi bo‘ldi”. Rasul Kusherbayev qurilish vazirini Yangiyo‘ldagi kanalizatsiya tarmoqlarini ta’mirlashni “o‘yin” qilib yuborganlikda aybladi (video)

    17.04.2021, 15:51   Izoh (0)   47481
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada yuziga niqob taqib, dorixonalarda bosqinchilik sodir etgan shaxslar ushlandi

    17.04.2021, 15:38

    Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball to‘plagan yoshlarning xarajatlari to‘liq davlat tomonidan qoplab beriladi

    17.04.2021, 15:00

    Toshkent viloyatida 173 mln so‘mni talon-toroj qilgan maktab direktoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    17.04.2021, 14:37

    Xodimlarini haqorat qilgan Angren MIB boshlig‘iga hayfsan berildi

    17.04.2021, 13:38

    O‘zbekistonga aprel oxiriga qadar yana 1 mln dona Xitoy va 300 ming dona “Sputnik V” vaksinalari olib kelinadi

    17.04.2021, 12:33

    Senatorlar aviachiptalar narxining qimmatligi bo‘yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga so‘rov yubordi

    17.04.2021, 12:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qoraqalpog‘iston rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18

    Putin samolyotini AQSHning qiruvchi samolyotlari himoya qiladi

    Dunyo | 15 avgust, 21:56

    Dehlidagi Humoyun maqbarasi yaqinidagi binoning tomi qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 15 avgust, 21:27

    O‘zbekistonda ayrim shaxslar uchun chet elga chiqishga qo‘yiladigan taqiq kuchaytiriladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 21:05

    Quyoshda katta teshik paydo bo‘la boshladi

    Dunyo | 15 avgust, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.