• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Navalniyning fondi Putinning “eng maxfiy rasmiy dala hovlisi” haqida surishtiruv e’lon qildi. U yerda cherkov, vip-restoran va spa-majmua bor (video)

    Rossiyadagi Korrupsiyaga qarshi kurash fondi mamlakat prezidenti Vladimir Putinning “eng maxfiy rasmiy dala hovlisi” bo‘yicha surishtiruv e’lon qildi. Gap Novgorod viloyatining Valday ko‘li yonidagi “Dolgiy Boroda” turar joyi haqida ketmoqda, deb yozadi Meduza.

    Foto: WebOS

    Foto: WebOS

    Xabarga ko‘ra, kadastr hujjatlari bo‘yicha turar joy maydoni 250 gektarni tashkil etadi. Ulardan 150 gektari rasmiy ravishda Rossiya Federatsiyasiga tegishli bo‘lib, Federal xavfsizlik xizmati tomonidan doimiy foydalaniladi. Unda qo‘shimcha binolar — omborlar, garajlar, angarlar, shuningdek, kichik mehmonxonalar mavjud.

    Fond ma’lumotlariga ko‘ra, qolgan yerlar “Praym” MChJda ro‘yxatdan o‘tgan. Ular Vladimir Putinning do‘sti va “Rossiya” bankining asosiy aksiyadori Yuriy Kovalchukga tegishli.

    “Praym” turar joyning ushbu qismini Rossiya Federatsiyasi prezidenti devoniga ijaraga beradi. Firmaning moliyaviy hisobotlariga ko‘ra, so‘nggi o‘n yil ichida “Praym” ijara xizmatidan 2,7 milliard rubl (35,3 million dollar) daromad olgan.

    “Praym”dan ijaraga olinadigan hududda 80 ga yaqin bino mavjud. Ular orasida maydoni 3500 kvadrat metr bo‘lgan to‘rt qavatli bosh saroy, Xitoy pavilyoni, rus kulbasi, hammom, sauna, otxona, golf maydonchasi, bolalar maydonchasi, kinoteatrga ega vip-restoran, bouling, bilyard xonasi va mini-kazino, shuningdek hududga qarashli Vladimir cherkovi bor.

    Fondning yozishicha, bundan tashqari, asosiy qarorgohdan unchalik uzoq bo‘lmagan ikki baravar kattalikdagi uy bor — bu umumiy maydoni qariyb 7000 kvadrat metr bo‘lgan ikkita yer osti qavatiga ega spa-majmuasi. Ushbu bino qavatlari rejasi solaryum, suzuvchi basseyn, kriyokameralar, massaj vannalari, stomatologiya, kosmetologiya, loy terapiyasi va limfopressing xonalari, 25 metrli basseyn va alohida massaj blokidan iborat.

    Boshqa qavatda yotoqxona, 200 metrli zal, 500 metrli mehmonxona, xizmat ko‘rsatish xonasi, ovqatlanish uchun maxsus lift va akvarium uchun 13 kvadrat metrli xona mavjud. Yer osti qavatida yordamchi va tozalik xodimlarining xonalari, shuningdek, tuzli hammom, loy terapiyasi va maxsus aloqa vositalari uchun xonalar mavjud.

    Fond ma’lumotlariga ko‘ra, Valdaydagi qarorgoh Putinning eng sevimli uyi. Mazkur turar joy haqida juda kam ma’lumot mavjud — rasmiy fotosuratlar va davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bor, xolos.

    “Qachondir Putin hokimiyatni tark etadi, qolgan uylar Sovet Ittifoqi davridagi kabi balansda qoladi, ammo bu yerda davlat turar joysiz yerlarning yarmigagina egalik qiladi. Qolgan hammasi Kovalchukga tegishli. Putin nol tortishish kuchida uxlaydigan va rassomlarni taklif qiladigan mana shu joy uchun yiliga 300 million rubl havoga sovuriladi”, — deyiladi fond bayonotida.

    OAV 2018-yilda Yuriy Kovalchuk va uning oilasi tuzilmalari Valday ko‘lidagi dacha atrofidan 460 gektar o‘rmon va dalalarni olgani, shuningdek, yerlarning bir qismini boshqarishni boshlagani haqida yozgan. 2017-yilda “Praym” kompaniyasi davlat dacha hududidan suv quvurini o‘tkazdi va uni o‘z mulki sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi.

    Ma’lumot uchun, Korrupsiyaga qarshi kurash nodavlat tashkiloti, bu Aleksey Navalniy tomonidan 2011-yilda tashkil etilgan fond. Uning asosiy faoliyati — Rossiya hukumatining yuqori organlarida surishtiruv o‘tkazish, korrupsiya sxemalarini oshkor qilish va korrupsiyani yo‘q qilishga qaratilgan.

    19-yanvar kuni Korrupsiyaga qarshi kurash fondi “Putin uchun qurilgan qasr” haqida katta surishtiruv e’lon qilgan edi.

    Aleksey Navalniy iddao qilishicha, Rossiya prezidenti Gelenjik yaqinida, Qora dengiz sohilida “butun boshli qirollik”ka egalik qiladi, uning maydoni “Monakodek 39 ta knyazlik hududiga teng”.

    Keyinroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Korrupsiyaga qarshi kurash fondi (KKF) surishtiruvida tilga olingan Gelinjikdagi qasrga na u, na uning qarindoshlari egalik qilishini bildirdi. “U yerda mening mulkim sifatida ko‘rsatilgan narsalarning hech biri na menga, na mening yaqin qarindoshlarimga tegishli emas va hech qachon tegishli bo‘lmagan. Hech qachon”, — degandi Vladimir Putin.

    16.04.2021, 09:25   Izoh (0)   42449
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi

    16.04.2021, 09:10

    Bayden va Putinning suhbatidan keyin AQSh harbiy kemalarining Qora dengizga yuborilishini bekor qildi

    15.04.2021, 20:50

    Bayden va Merkel Rossiyani Ukraina bilan chegaradagi qo‘shinlarini olib ketishga chaqirdi

    15.04.2021, 18:35

    AQSh davlat kotibi kutilmagan tashrif bilan Afg‘onistonga keldi

    15.04.2021, 17:42

    AQShning ortidan NATO, Gruziya, Bolgariya ham qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketishini e’lon qildi

    15.04.2021, 17:26

    Turkiya va Hindistonda rekord darajada ko‘p odam koronavirusga chalindi, Rossiyaga har qanday transportda qaytayotgan fuqarolar test topshirishi shart, Qozog‘iston...

    15.04.2021, 16:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 23:40

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.