• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Senat raisi O‘zbekiston uchun ochiqlik va muloqotdan boshqa yo‘l yo‘qligini muntazam ta’kidlaydi. Ammo aynan Senatdan har doim ham ma’lumot ololmaysan

    Tanzila Norboyeva Senat raisiga aylangach, O‘zbekiston parlamentining yuqori palatasi eshiklari jurnalist va blogerlar uchun yanada, avvalgidan ham kengroq ochildi. Senat yalpi majlislari internet orqali boshidan oxirigacha jonli efirda namoyish etilishi odatiy holga aylandi, Norboyeva xonim ushbu majlislar vaqtida senatorlardan faollik va ochiqlikni talab qilish bilan birga, ularga real vaqt rejimida blogerlar yozayotgan xabar va postlarni o‘qib berishi bugun birovni hayron qoldirayotgani ham yo‘q.

    Senat raisi Tanzila Norboyeva Yangiyo‘l tumanidagi xotin-qizlar bilan muloqot qilmoqda; orqa fonda Senat axborot xizmati rahbari Jaloliddin Usmonov. 2021-yil 2-aprel.

    Senat raisi Tanzila Norboyeva Yangiyo‘l tumanidagi xotin-qizlar bilan muloqot qilmoqda; orqa fonda Senat axborot xizmati rahbari Jaloliddin Usmonov. 2021-yil 2-aprel.
    Foto: Senat axborot xizmati

    Yana shunday holatlar borki, Senat yoritsa yo senatorlar yozsa, fikr bildirsa, jamoatchilik uyg‘onadi, muhokamalar yuzaga keladi. Termizda o‘quvchi qizning nomusiga bir emas, ikki bor tekkan shaxsga tegishli vakolatli idoralar tomonidan hech qanday chora ko‘rilmayotgani aynan senator tomonidan oshkor etildi, ana shundan so‘ng muammoga eng yuqoridan nazar solindi, aslida bir yil avval qo‘zg‘atilishi kerak bo‘lgan jinoyat ishi ochildi, adolat qaror topishiga umid bor. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.

    Yaxshi o‘zgarishlarni, ochiqlik va oshkoralikka intilishni, jamoatchilik fikriga quloq tutish siyosatini, albatta, e’tirof etish lozim (noshukrlik bo‘lib qolmasin tag‘in). Ammo, o‘zbek amaldori yaxshi ko‘radigan “Ish bor joyda kamchilik ham bo‘ladi” naqli naqadar to‘g‘riligini yana bir bor isbotlash istagi kuchlimi, kim bilsin, Senatda uning rahbari deyarli barchadan talab qiladigan ochiqlik va muloqot tamoyillariga zid harakat qiluvchilar yo‘q emas, afsuski. Bunda birgina Norboyeva xonim qo‘ygan talablar buzilayotgan bo‘lsa ham mayliga edi, ammo qonun talablari ham bor-da...

    Tanishuv (yoki birinchi so‘rov)

    Har bir sohada “kasb kasalligi” bo‘ladi, jurnalistikada ham shunday. Og‘rimagan boshimizni og‘ritib, o‘tgan pandemiya yilida karantin talablarini buzgan holda to‘y-marosimlarni o‘tkazayotgan o‘zbekistonliklarga turlicha choralar ko‘rilayotgani, har xil jazolar tayinlayotgani (bir so‘z bilan aytganda — ko‘zbo‘yamachilik qilinayotgani) haqida (masalan, uzoq bir viloyatning chekka tumanida to‘y qilgan odamga otning kallasidek jarima, poytaxtning qoq yuragidagi Tashkent City’da bada-bang to‘y qilgan mashhuri g‘alatlarga “hoy, nima qilayapsan?”, degan tanbeh ham yo‘q, deyarli) bir necha materiallar tayyorlagan edik. To‘ylar O‘zbekiston uchun g‘oyat muhim bir hodisa bo‘lgani bois, masalaning Senatga taalluqli joyi ham bor edi — axir to‘ylar qanday o‘tkazilishi kerakligini belgilab beruvchi “To‘y-komissiya” aynan Senatda tuzilgan.

    To‘y masalasi va uning komissiyasi, albatta, 2019-yilda avjiga chiqqan, 2020-yili koronavirus balosi sabab esdan chiqqandi. Shunga qaramay, Senatning yangi tayinlangan matbuot kotibi Jaloliddin Usmonov bilan (Telegram orqali) bog‘lanib, dastlab shu komissiya hali ham ishlayaptimi-yo‘qmi, shunga qiziqdim. Jaloliddin komissiya ishlayotganini bildirdi. So‘ng muddaomni aytdim — yuqoridagi kabi ko‘zbo‘yamachiliklarga komissiya a’zolari qanday munosabatda? Jaloliddin Usmonov bu so‘rovim yuzasidan javob berishini bildirdi, biroq oradan bir oydan ortiq vaqt o‘tsa hamki (ora-sira bir-ikki eslatgan ham bo‘ldim) hech qanday javob bo‘lmadi.

    “Menga ham qo‘ng‘iroq qiling” (yoki ikkinchi so‘rov)

    Senatda komissiyalar ko‘p. “To‘y-komissiya”dan tashqari Odob va axloq komissiyasi ham bor. Qiladigan ishi nomidanoq ma’lum — odobsiz (senator)larni odobga chaqirib turish. Yodingizda bo‘lsa, o‘tmishdagi bir taniqli hokim (bir vaqtning o‘zida senator) “ro‘molli ayolni ko‘rsa, ro‘molini og‘ziga tiqib qo‘yishi” haqida gapirib qo‘yib, shov-shuvlarga sabab bo‘lgach, oxir-oqibat aynan Senatning Odob va axloq komissiyasi oldida “hammadan o‘tinib-o‘tinib kechirim so‘ragan” edi. Shunaqa kuchli komissiya, xullas.

    Jaloliddin Usmonov.

    Jaloliddin Usmonov.
    Foto: Xalqaro press-klub

    Jaloliddin Usmonov bilan tanishuvimizdan roppa-rosa ikki oy o‘tib, ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimi (va, tabiiyki, senator ham hisoblangan) Shuhrat Abdurahmonovning tadbirkorni “shakal” deb kamsitib gapirayotgani yozilgan audiosi tarqaldi. Avvalgi, uzr so‘ragan hokim-senatornikiga o‘xshash holat, shunday emasmi? Shu bois Senatning Odob va axloq komissiyasidan izoh olmoqchi bo‘ldim. Xohlasang ham, xohlamasang ham bu vaziyatda birinchi galda Senat matbuot kotibi bilan bog‘lanish kerak. Jaloliddin Usmonov “ha, munosabat bo‘ladi” qabilida javob berdi, 10 kundan so‘ng so‘rovim haqida eslatganimda, “Komissiya ish boshlagan, shug‘ullanishyapti”, dedi.

    Bu orada “Xabar.uz” saytida “Tanzila Norboyeva ‘Xabar.uz’ jurnalistiga yana qo‘ng‘iroq qildi” nomli maqola e’lon qilindi. Shu maqola havolasini Jaloliddin Usmonovga Telegram’dan yuborib, bir kinoya (ko‘proq qitmirlik) bilan: “Senat raisi menga ham telefon qilsa, bir-ikkita so‘rovim bor edi”, deb qo‘ygandim, u tomondan: “Albatta, yetkazaman!..” degan javob keldi. Mana, oradan besh oy o‘tdi, hamon Tanzila Norboyevadan qo‘ng‘iroq kutaman.

    “Senat ochiqlik tarafdori” (yoki uchinchi so‘rov)

    2005-yilgacha Qashqadaryodagi aviabazada xizmat qilgan amerikalik harbiylar O‘zbekistonda radiatsiya ta’siriga uchragan bo‘lishi mumkinligi, shu bois AQSh ma’muriyati bu yerda xizmat qilgan barcha amerikaliklarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish haqida ko‘rsatma bergani haqidagi xabarlar 2021-yil fevralida eng ko‘p muhokama qilingan, jamoatchilik diqqat markazida turgan mavzulardan biri bo‘ldi. Ushbu holat bo‘yicha vaziyatga munosabat bildirishi mumkin bo‘lgan tomonlardan biri, jumladan, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi edi.

    Senatning shu qo‘mitasidan izoh olish maqsadida yana matbuot kotib Jaloliddin Usmonov bilan (Telegram orqali) bog‘landim. Axborot xizmati rahbari material qo‘mitaga yuborilganini aytdi. O‘sha kungi muloqotda undan: “Hammadan ochiqlikni so‘raydigan Senat raisi nega o‘z jamoasining ochiqligini ta’minlamaydi yo senatorlar bilan ishlashda sizda to‘siqlar bormi?”, deb so‘radim. Jaloliddin: “Senat ochiqlik tarafdori va shunga intilib kelmoqda. Senatorlar bilan ishlashda hech qanday to‘siqlar yo‘q”, deb javob berdi. U holda avvalgi so‘rovlarim nima uchun javobsiz qolganini so‘rasam, “Masalani qayta o‘rganib, natijasini beramiz, albatta”, degandi.

    Shunga ham ikki oy bo‘ldi, javobdan hali darak yo‘q.

    So‘ngso‘z o‘rnida

    “Xalqimiz bilan, jurnalistlarimiz bilan muloqot qilishni odat qilishimiz, muomala madaniyatiga, etika qoidalariga qat’iy amal qilishimiz zarur. OAV tomonidan bildirilayotgan tanqidlarni to‘g‘ri qabul qilib, ochiqlik va erkin fikr bildirilishini demokratik davlatning asosiy tamoyillaridan biri sifatida qabul qilishimiz kerak”, — degandi Tanzila Norboyeva Senatning 2019-yil noyabrda o‘tgan 24-yalpi majlisida. “Rahbarlarning xalq uchun ochiqligi, jamiyatimizning barcha sohalarida ochiqlik — bugungi kun talabi. Boshqa yo‘limiz yo‘q va bunga ko‘nikib, ishimizni qayta ko‘rib chiqishimiz kerak”, — deya qo‘shimcha qilgandi Norboyeva xonim o‘sha majlisning o‘zida.

    Tanzila Norboyeva o‘zi aytayotgan va o‘zi istayotgan ochiqlik va oshkoralik islohotini Senatning axborot xizmatidan boshlashni so‘rab qolgan bo‘lar edim.

    Ma’lumot uchun: “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasiga muvofiq, jurnalist “axborot olish uchun davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga murojaat etish” huquqiga ega. “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasiga ko‘ra, “axborot olishga doir so‘rov og‘zaki, yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda ifodalanishi mumkin... So‘rovga iloji boricha qisqa muddatda, agar qonun hujjatlarida boshqa hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, so‘rov olingan sanadan boshlab o‘n besh kundan kechiktirmay javob qaytarilishi kerak. Og‘zaki so‘rovga, imkoniyatga qarab, darhol javob berilishi shart”. “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunning 35-1-moddasiga asosan, “OAV davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir so‘rov bilan ularga og‘zaki yoki yozma shaklda (shu jumladan elektron hujjat shaklida) murojaat etish huquqiga ega. OAVning... so‘rovi ko‘pi bilan yetti kun muddatda ko‘rib chiqiladi... So‘rov rad etilgan taqdirda, ommaviy axborot vositasiga asoslantirilgan javob yuboriladi”.

    14.04.2021, 11:11   Izoh (0)   25350
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jizzaxda “musorovoz”ning gaz baloni portlashidan jarohatlangan 7 yoshli bolaning oyog‘i kesib tashlandi

    14.04.2021, 10:38

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bo‘yicha 2021-yilgi kunlik antirekord yangilandi — bir kunda 212 kishida kasallik tasdiqlandi

    14.04.2021, 10:23

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 40 mingdan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi

    14.04.2021, 10:09

    Qashqadaryoda o‘quvchiga ikki baho qo‘ygani uchun o‘qituvchini kaltaklaganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    14.04.2021, 09:16

    O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun suv olish limitlari tasdiqlandi

    14.04.2021, 08:44

    Jizzaxdagi restoranda raqs tushayotgan yigitlar qo‘llari bir-biriga tegib ketishi sababli janjallashib ketdi

    14.04.2021, 07:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.