• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Klaster — manfaatdorlik, degani. Manfaatdorlik bor joyda o‘sish bo‘ladi. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligida

    O‘zbekistonda agrar sohani isloh qilish, unga bozor mexanizmlari va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, klaster usuli yo‘lga qo‘yildi, bu esa bozor tamoyillariga o‘tishda, sohada davlat aralashuvini keskin kamaytirish, reja ortidan quvish va majburiy mehnat holatlariga butunlay chek qo‘yishda muhim omil bo‘lmoqda. Oxir-oqibat hosildorlik ham, daromad ham oshmoqda.

    Shu jihatdan, prezident Shavkat Mirziyoyev: “Klaster va manfaatdorlik — O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining kelajagi”, degani bejiz emas. Davlat rahbari 2020-yili Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan dehqon va fermerlar, agroklasterlar egalariga yo‘llagan tabrigida “qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga... agroklaster tizimining joriy etilgani qisqa fursatda o‘zining ijobiy samarasini berayotgani”ni e’tirof etib o‘tgan edi.

    Quyida paxta-to‘qimachilik, meva-sabzavotchilik va g‘allachilik klasterlari misolida 2018-yildan buyon yuz bergan o‘zgarishlarning bir qismi bilan tanishish mumkin.

    Paxta-to‘qimachilik klasterlari

    2018-yilda mavjud 16 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan 157,7 ming gektar (respublikadagi paxta ekilgan jami maydonning 14,7 foizi) maydonda 340,6 ming tonna mahsulot yetishtirilib, o‘rtacha hosildorlik 21,5 sentnerni tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yilda tarmoqdagi klasterlar soni 77 ta, ular paxta ekkan maydonlar hajmi 682,4 ming gektarga (jami paxta maydonlarining 66 foizi), mazkur klasterlar tomonidan yetishtirilgan mahsulot miqdori esa 1,82 million tonnaga yetdi. O‘rtacha hosildorlik 26,7 sentnerni tashkil etib, 2018-yilga nisbatan 5,2 sentnerga ko‘p bo‘ldi.

    Foto: “Silverleafe.uz”

    Foto: “Silverleafe.uz”

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil dekabrida Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida “qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, yer maydonlari to‘liq xususiy klaster va kooperatsiyalarga berilgani paxtachilikda hosildorlikni bir yilda o‘rtacha 10 foizga oshirish imkonini yaratgani”ni ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, 2020-yilda paxta-to‘qimachilik klasterlari soni 97 ta yetdi, ular tomonidan respublikadagi paxta maydonlarining 89,7 foizida — 927 ming gektar dalalarda 2,79 million tonna paxta xomashyosi yetishtirildi, bir gektardan o‘rtacha hosildorlik 30,1 sentnerni tashkil etib, 2019-yilga nisbatan 3,4 sentnerga, 2018-yilga nisbatan esa 8,6 foizga ko‘p bo‘ldi.

    Klasterlarning bunday samaradorligi, albatta, manfaatdorlik bilan bog‘liq, manfaatdorlik bor joyda esa bir qarich yerdan ham samarali foydalanishga, bir tomchi suvni ham uvol qilmaslikka intilish bo‘ladi. Bu so‘zlarni quyidagi raqamlar tasdiqladi — 2019—2020-yillarda 21 ta paxtachilik klasterlari tomonidan jami 6 824 gektar, jumladan 2019-yilda 6 ta klasterda 2 213 gektar, 2020-yilda 15 ta klasterda 4 611 gektar yer maydonlari qayta foydalanishga kiritildi, klasterlar tomonidan 1,9 ming kilometr irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini tozalash va 52 ta nasos agregatlarini o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.

    Paxtachilik sohasida klaster tizimini joriy etilishi natijasida paxta yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligi va qo‘shimcha rag‘batlantirishni 1,5—1,6 barobarga oshirishga erishildi. Jumladan, paxta yetishtirishda 1 nafar ishchining o‘rtacha oylik ish haqi 2018-yilda 865,7 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yilda 1,4 million so‘mga (yoki 162 foizga), 2020-yilda esa 2—2,2 million so‘mga (yoki 150 foizga) oshdi.

    Klasterlar tomonidan 2018—2020-yillarda paxta xomashyosi yetishtirish va uni qayta ishlashni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan loyihalarda jami 145,7 mingta, shundan 2018-yilda 10 ming, 2019-yilda 48,5 ming, 2020-yilda 87,2 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Xususan, 2020-yilda paxtani qayta ishlash zanjirini yaratish bo‘yicha 18 ta klaster tomonidan ishga tushirilgan 774 milliard so‘mlik 29 ta investitsiya loyihalarida 6 264 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan. Birgina misol — Quyi Chirchiq tumanidagi TCT Cluster klasteridagi hozirda salkam 9 ming kishi mehnat qilmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    E’tiborga molik tomoni, paxtachilikda klaster tizimi joriy etilgan 2018-yildan beri klasterlar tomonidan jami 1,41 milliard dollar miqdorida investitsiyalar jalb qilindi. Xususan, paxtani dastlabki qayta ishlash sohasida 1,16 million tonna quvvatga ega 27 ta loyiha uchun 115 million dollar, 548 ming tonna quvvatga ega 41 ta ip-kalava ishlab chiqarish loyihasi uchun 831 million dollar, 161 ming tonna quvvatga ega 34 ta mato ishlab chiqarish va bo‘yash loyihasiga 231 million dollar, 148 ming tonna quvvatga ega 23 ta trikotaj (tikuv) mahsulotlari loyihasiga 234 million dollar jalb qilingan.

    Bugungi kunda faoliyat yuritayotgan klasterlarning 14 tasida (14,4 foizida) paxtani qayta ishlashning 5 ta bosqichi, 15 tasida (15 foizida) 4 ta bosqichi, 19 tasida (19,6 foizida) 3 ta bosqich, 30 tasida (30 foizida) 2 ta bosqich va 8 tasida (8,2 foizida) 1 ta bosqich qamrab olingan. Qayd etish joiz, 2021-yilda paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan paxtani chuqur qayta ishlashni tashkil etish bo‘yicha umumiy qiymati 23,71 trillion so‘mlik (shundan 6,0 trillion so‘m klasterlarning o‘z mablag‘i) 225 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi belgilangan.

    Shuningdek, klasterlarning o‘ziga 38 ming kilometr sug‘orish tarmoqlari, 27,8 ming dona gidrotexnik inshootlar va 24 ming kilometr kollektor-drenaj tarmoqlari biriktirildi hamda 160 ming gektar paxta maydonlarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etiladi.

    Meva-sabzavotchilik klasterlari

    Manfaatdorlik ustuvor bo‘lgani uchun ham, meva-sabzavotchilik klasterlari har bir imkoniyatdan unumli foydalanish payida. Yaqqol misol — Namangan viloyati Pop tumanidagi “Nuran uz” klasteri. Klaster egalari Ispaniyadan maxsus navli o‘rik ko‘chatlarini olib kelib, ularni 100 gektar maydonga ekkan. Qayd etishlaricha, ushbu navdagi o‘riklar gektaridan 70 tonnagacha meva beradi. Bu — har gektaridan 50 ming dollarlik meva eksport qilish mumkin, degani.

    Umuman olganda, 2020-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlarda jami 147 ta klaster tashkil etilib, ularga 116 ming ga yer maydonlari ajratib berildi. Ushbu klasterlarda quvvati 927,8 ming bo‘lgan 75 ta qayta ishlash zavodlari, 126 ming tonna sig‘imga ega 79 ta muzlatkichli omborxonlar mavjud bo‘lib, jami 1151 ta qishloq xo‘jalik texnika va agregatlar bilan ta’minlangan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bundan tashqari, klasterlarda 28,9 ming gektar mahalliy, 10,8 ming gektar intensiv bog‘ va 19,7 ming gektar tokzorlar mavjud. Klasterlarga biriktirilagan fermer xo‘jaliklari tomonidan 3,2 ming gektar intensiv bog‘ va 5,3 ming gektar yangi tokzorlar barpo etilib, 4,2 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Xususan, 2020—2021-yillarda 331,1 ming tonna quvvatga ega, qiymati 1,11 trillion so‘mlik 84 ta yangi loyihalarni ishga tushirildi.

    Nafaqat oziq-ovqat xavfsizligi va narxlar barqarorligini ta’minlashda, balki, yuqorida ta’kidlanganidek, mamlakatning eksport imkoniyatlarini oshirishda ham bunday klasterlar alohida o‘ringa ega. 2020-yil hosilidan klasterlar tomonidan 1,2 mln. tonna qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirilib, mahsulotlarning 526,6 ming tonnasi ichki iste’molga, yana 500 ming tonnasi qayta ishlashga yo‘naltirildi, 153,7 million dollarlik 180,4 ming tonna mahsulot esa eksportga chiqarilgan.

    G‘allachilik klasterlari

    G‘allachilik klasterlari tomonidan 2020-yilda jami 838,7 ming tonna shundan, klasterlarga ajratilgan g‘alla maydonlardan 233,8 ming tonna, biriktirilgan fermer xo‘jaliklarida 604,8 ming tonna boshoqli don yetishtirildi. Barcha g‘allachilik klasterlari davlatga boshoqli don sotish kontraktatsiya shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajarib, davlat ehtiyojlariga 366,2 ming tonna don sotildi.

    G‘allachilik klasterlari tomonidan 2020-yilda qiymati 547,2 milliard so‘m (shundan salkam 194 milliard klasterlarning o‘z mablag‘lari) va 20,3 million dollar miqdorida xorijiy kredit mablag‘lari hisobiga 65 ta loyiha ishga tushirilib, 3695 ta doimiy ish o‘rinlari yaratildi.

    2021-yil hosili uchun 157 ta g‘allachilik klasterlariga 1038 ming gektar g‘alla maydoni biriktirildi. Ular tomonidan jami 9 million tonna boshoqli don yetishtirilishi kutilmoqda. Klasterlar tomonidan 234 ming tonna don saqlaydigan ochiq maydonlar, 166 ming tonna yopiq omborlar, 156 ming tonna un mahsulotlari, 3,8 ming tonna non va non mahsulotlari hamda 79 ming tonna ozuqa-yem ishlab chiqarish quvvatiga ega sexlar ishga tushiriladi.

    Foto: “Spot.uz”

    Foto: “Spot.uz”

    Shuningdek, bu yilda 162,6 milliard so‘mlik 632 dona qishloq xo‘jaligi texnika va uskunalari, jumladan, 62 dona haydov texnikasi, 45 dona omoch, 24 dona yer tekislagich (11 donasi lazerli yer tekislagich), 45 dona mineral o‘g‘it sepish moslamasi, 54 dona don ekish seyalkalari, 51 dona shtangali purkagichlar, 33 dona transport traktori, 20 dona don o‘rish kombaynlari, 22 dona ekskavator 183 dona borona va 49 dona boshqa turdagi texnika va tirkamalar sotib olinadi.

    Yuqorida keltirilgan raqamlar — qishloq xo‘jaligidagi yangi tizim sharofati bilan qo‘lga kiritilgan yutuqlarning kichik bir qismi, xolos.

    14.04.2021, 11:33   Izoh (0)   53319
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda maktabga hijobda kelgan o‘quvchi qizlar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi

    14.04.2021, 11:16

    Senat raisi O‘zbekiston uchun ochiqlik va muloqotdan boshqa yo‘l yo‘qligini muntazam ta’kidlaydi. Ammo aynan Senatdan har doim ham ma’lumot ololmaysan

    14.04.2021, 11:11

    Jizzaxda “musorovoz”ning gaz baloni portlashidan jarohatlangan 7 yoshli bolaning oyog‘i kesib tashlandi

    14.04.2021, 10:38

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bo‘yicha 2021-yilgi kunlik antirekord yangilandi — bir kunda 212 kishida kasallik tasdiqlandi

    14.04.2021, 10:23

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 40 mingdan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi

    14.04.2021, 10:09

    Qashqadaryoda o‘quvchiga ikki baho qo‘ygani uchun o‘qituvchini kaltaklaganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    14.04.2021, 09:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.