Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jizzaxda “musorovoz”ning gaz balloni portlashi oqibatida yo‘l chekkasida turgan ota-bola reanimatsiyaga yotqizilgandi. “Sevimli” telekanalining  “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilinishicha, gaz balonining bo‘laklaridan ota va bolaning oyoqlari jiddiy shikastlangan.

Kadr: Telegram

Kadr: Telegram

Maxsus yuk avtoulov haydovchisi 13-aprel kuni soat taxminan 07:15 da Sharof Rashidov tumani “Tuyoqli” mahallasi hududida joylashgan “Gulida Qudratova” kompaniyasining gaz quyish shoxobchasidan 20 kub metan gaz quyilishi ko‘zda tutilgan gaz baloniga ortiqcha 7 kub siqilgan gazni quydirgani sabab, katta atmosfera paydo bo‘lishi natijasida gaz balon portlagani aniqlangan.

Hodisa oqibatida piyodalar o‘tish joyida yo‘lni kesib o‘tish maqsadida turgan ikki kishi — 1982-yilda tug‘ilgan erkak ikkala oyog‘ining jarohatlari tashxisi bilan va uning 2014-yilda tug‘ilgan o‘g‘li ikkala oyog‘ining sinishi tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Filial direktorining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 7 yoshli bolaning oyoqlari amputatsiya (kesilgan) qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Geosiyosiy vaziyatning salbiy taʼsiri sababli inflyatsiya darajasi kutganimizdan yuqori shakllandi” — Mamarizo Nurmurodov
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Turkiyadagi zilzila munosabati bilan Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga hamdardlik yo‘lladi
Kripto
O‘zbekiston 2022-yilda kripto sektoridan budjetga 300 ming dollardan ortiq mablag‘ yig‘di