Afg‘onistonda 13-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:42 da zilzila qayd etildi, deya xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
Xabar berilishicha, Zilzila episentri Toshkent shahridan 523 kilometr janubi-g‘arbiy yo‘nalishdagi masofada joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 191 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 5,4 ballga teng bo‘lgan.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
- Andijonda 2 ball;
- Farg‘onada 2 ball.
- Gulistonda 2 ball;
- Jizzaxda 2 ball;
- Samarqandda 2 ball;
- Теrmizda 2 ballni tashkil qilgan.
Izoh (0)