• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Ayol ekaningizdan uyalmang!”. Amerikalik adiba Ursula Le Guinning ayolning jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlangan mashhur nutqi

    Amerikalik yozuvchi, adabiy tanqidchi, mashhur antropolog olim Alfred va Teodora Kryoberning qizi Ursula Kryober Le Guin (1929–2018) ilmiy fantastik asarlari bilan tarixda qolgan adiba. “Xyugo” va “Nebyula” mukofotlaridan tashqari, uning “Yer sayyorasi” turkumidagi “Qirg‘oq bo‘ylab” uchinchi romani 1973-yili AQShning milliy mukofotiga loyiq topilgan. Madaniyatlar o‘rtasidagi turfaliklar va nizolar, daosizm, anarxizm, kommunizm, feminizm, psixologik va ijtimoiy mavzularga bag‘ishlangan asarlari kitobxonlar orasida e’tirof etiladi.

    1983-yili Kaliforniyaning Mils kollejida bitiruvchilar oldida so‘zlagan nutqi adibani XX asr nuktadon notiqlari qatoriga qo‘shadi, asrning eng yaxshi nutqlaridan biri deb tan olinadi. Ayolning jamiyatdagi o‘rni, xotin-qizlar masalasi, erkak va ayolning teng huquqliligiga bag‘ishlangan ushbu nutq o‘quvchilar o‘rtasida turfa qarama-qarshi fikrlarni uyg‘otgan va hanuz takror murojaat etiladigan nutqlardan biridir.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Mils kollejining sakson uchinchi yilgi bitiruvchilari oldida nutq so‘zlashga taklif etib, kaminaga kamdan kam nasib etadigan baxtni – omma oldida ayollar tilida baland ovozda so‘zlash imkonini taqdim etganingiz uchun behad minnatdorman.

    Bilaman, bitiruvchilar orasida yigitlar ham bor va buni istisno etmayman. Yunon tragediyalaridan birida yunonliklar ajnabiylarga: “Yunonchani tushunmasangiz, marhamat, imo-ishora bilan maqsadingizni bayon eting!” deyishadi. Har qanday holatda ham, ilk boshlovchilar bahstalab masalani, bitiruvchi erkak jinsiga mansub bo‘lishi kerak yoki shart degan, ilgari surishga urinishadi. Shu bois, biz ayollar o‘n ikkinchi asrga mansub kiyim-boshni egnimizga ilib, erkaklarga o‘xshashga, ulardek baquvvat, barvasta bo‘lishga intilamiz-u, alal-oqibat, bo‘g‘oz laylak yoki qo‘ziqoringa o‘xshab qolamiz.

    Intellektual an’ana erkaklarga tegishli hodisa. Omma oldidagi nutq rasmiy, milliy yoki mahalliy tillardan birortasida bo‘lishi lozim. Biroq bizning mahalliy tilimiz erkaklar tili. Bu tilni ayollar tezda o‘rganishiga shubha yo‘q. O‘ta kaltafahm emasmiz. Sizlar Margaret Tetcherni Ronald Reygandan, Indira Gandini General Somozadan farqlay bilarsiz, ammo bu erkaklar dunyosi. Unda faqat erkaklar tilida muloqot qilinadi. So‘z – bu kuch. Hammangiz uzun yo‘l bo‘ylab ketayotgandirsiz, lekin, bolajonlarim, bu yo‘l unchalik ham uzun emas. Siz hatto, marraga o‘zingizni fido etib ham yetishingiz dushvor. Negaki u yo‘l ularniki, sizniki emas.

    Ehtimol, bizda ancha-muncha zalvarli, toshi og‘ir so‘zlar topilar va hayot-mamot haqida valaqlashishga yetar. Ehtimol, kuchsiz, ta’sir doirasi tor so‘zlarga muhtojdirmiz. Keling, bu haqida ijikilashdan ko‘ra, boshqa narsaga umid qilaylik. Kollejning muguzga o‘xshash mustahkam minorasini tark etib, barchangiz haqiqiy dunyoga – hayotga kirishingizni, kasb-korda zafar yalovini baland ko‘tarishingizni yoki hech qursa, turmush o‘rtog‘ingizga chin hamdam, sodiq rafiqa, yurtimizni kuchli davlatlar qatoriga qo‘shishda ko‘makdosh bo‘lishingizni juda istardim. Kuch-qudrat, ayolning jamiyatdagi o‘rni haqida soatlab gap sotgandan ko‘ra, shunisi ma’qul emasmi?! Sizga hammasidanam, farzand ko‘rib, niyatingizga yetishingizni, o‘zingizdan ko‘payishingizni tilayman. Yolg‘iz shu tilakni. Bir o‘g‘il va qiz yetadi. Ular umrning mazmuni, chiroyli gullari. Kelgusida bolalaringiz va ahli oilangiz uchun yeyishga taom, yashashga shinam, issiq, ozoda xonadon, do‘stlar, sevimli ishingiz bo‘lishiga ham umidvorman.

    Xo‘sh, sizlar mana shular uchun kollej ostonasiga qadam qo‘ydingizmi? Bori shumi? Muvaffaqiyat-chi?

    Muvaffaqiyat – bu boshqaning omadsizligi, tolesizligi, aslida. Muvaffaqiyat ko‘pchiligimiz intiladigan amerikacha orzu. Aksar insonlar (o‘ttiz millionlik o‘zimiz ham) dunyoning ko‘p qo‘noqlarida qashshoqlikning og‘riqli, servahm talotumlaridan hayiqib, ko‘z yummay kun kechiradi. Yo‘q, men sizlarga zafar, muvaffaqiyat tilamayman. Bu haqida hatto, so‘zlashga tobim yo‘q. Omadsizlik haqida so‘zlagim bor.

    Sababi, odamzod hamisha tolesizlik bilan baqamti yashashga mahkum. Sizlar kelgusida nohaqlik, umidsizlik, xiyonat, ulkan yo‘qotishlar bilan ro‘baru kelasiz. O‘zingizni kuchli, baquvvat deb bilgan lahzada ojizligingiz lop etib oyoq ostidan chiqadi. Mol-davlat, boylik ilinjida tinmay ter to‘kasiz-u, oqibat, bor davlatingiz xo‘jayiningizga aylanadi. O‘zingizni qorong‘i go‘shalarda, yolg‘izlik va qo‘rquv iskanjasida topasiz.

    Qadrdon singillarim, qizlarim, ukalarim va o‘g‘illarim, o‘sha qorong‘i qo‘noqlarda yashash qo‘lingizdan keladi. Bunday makonlar darbadarlik, quvg‘in hamda muhojirlik deya atalib, u yerlarda bizning peshona teri to‘kib erishadigan muvaffaqiyatlarimiz rad etiladi.

    Aslida, barchamiz muhojirlarmiz. Ayol ayol sifatida jamiyatning erkaklarga mo‘ljallab tuzilgan me’yorlaridan tamom begona. Odamzod hamisha “Erkak” degan nom atrofida birlashib, hurmatga loyiq jins faqat erkak bo‘lgan, barcha hodisotlar unga yo‘naltirilgan chog‘da ayol doim sanoqdan o‘chiriladi. Jamiyat tutumi shunday. Keling, o‘zimizni o‘rganamiz. Yo‘q, men jinsiy munosabatlar haqida gapirmoqchi emasman. Bu har qaysi juftlikning shaxsiy ishi. Jamiyat haqida, poydevori jabr-zulm, xo‘rlik, avtoritarizm, zo‘ravonlikdan tiklangan erkaklar dunyosi haqida so‘zlamoqchiman.

    Ayoldek yashashni istasak, separatizm bizni kuch bilan bosib turadi. Mils kollejida ham bunday ayirmachilik tomir otib ulgurgan. Jahondagi urush-o‘yinlarni ayollar boshlamaydi yoki o‘z manfaati uchun tashkillashtirmaydi; endi esa o‘sha urush o‘choqlarida niqoblarsiz nafas ololmaymiz. Mabodo, niqobni yechmoqchi bo‘lsak, ancha urinib, mashaqqat bilan yechamiz.

    Tanlagan yo‘lingizda vazifalaringizni bajarishda davom etarkansiz, Milsda nimalarni qilishga ulgurdingiz-u, nimalarga erisholmadingiz? Yo‘q, erkaklar va ularning iyerarxiyasi uchun emas – bu ularning o‘yini, xolos. Erkaklarga qarshi harakat ham emas – bu ularning qonun-qoidalari bilan ishlash degani. Nega kollejda o‘qiyotgan har qaysi qiz-juvon Machomenga[1] qarshi kurashishi yoki uning foydasiga ishlashi kerak? Nega u aziz umrini boshqaning shartlariga qurbon etishi kerak? Machoman bizning mantiqsiz, salbiy, murosasiz shartlarimizdan qo‘rqadi. Shu bois, u bizni ortidan ergashtirishga urinadi.

    O‘tayotgan umridan nafratlanadigan ayol hayotning barcha qirralari qatorida ojizlik zaiflik, kasalmandlikni bo‘yniga ilishga, bema’ni va asossiz ravishda mavhum, qorong‘i, tartibsiz, iflos puchmoqlarda, kunjaklarda umr kechirishga majbur. Yorug‘likka chiqish uchun o‘z yo‘lingizdan qaytmay, hayot mashaqqatlariga tikkama-tikka qarshi chiqib, tunni parchalab erishish mumkin.

    Ayol ekaningizdan uyalib, mahbuslardek yashamang. Telba jamiyat tartiblariga bo‘ysuning. Ammo xo‘jalarcha itoat eting. O‘z uyingizni o‘zingiz asrang, shaxsiy xonangizga egalik qiling. Siz san’at, ilm-fan, texnologiya, kompaniyani boshqarish yoki karavotlar tagini supurib-sidirishda iqtidorlimisiz, hech ikkilanmay, o‘sha yumushni bajaring. Lekin ayolligingiz uchun bu ishlar ikkinchi darajali deb shashtingizni so‘ndirishsa, sizga teng haq to‘lab yoki barobar vaqt berilmaguncha, ularning yo‘rig‘iga yurmaysiz, deb o‘ylayman. Boshqalarning ustidan hukmron bo‘lmang va sizning ham istaklaringizga hukmronlik qilishlariga izn bermang. Umidim, sira qurbon bo‘lmang va boshqalarni ham izmingizga bo‘ysundirmang. Mabodo, muvaffaqiyatsizlikka uchrab, qoqilsangiz, jarohatlansangiz, joningiz og‘risa, zulmatda qolsangiz, o‘sha on mamlakatingizdagi zulmatni – g‘alaba keltirmagan, foyda bermagan urushlarni – eslang. Biroq kelajak, yorug‘ kunlar oldinda.

    Ildizlarimiz yer ostida; ona zamin – Vatanimiz. Nima uchun harakat qilish, izlanish o‘rniga g‘oyibdan marhamat kutamiz? Kutganlarimizning bari poyimizda. Tepadan pastga ochko‘z, yuho nigoh bilan boqmaylik, aksincha, boshimizni baland ko‘tarib, yuqoriga ko‘z tikaylik. Atrofga qorachiqni qamashtiradigan yorug‘likdan emas, odam tafakkurini boyitadigan, inson ruhini tarbiyalaydigan qorong‘ilikdan qarashni o‘rganaylik.

    1983-yil 22-mayMils kolleji. Okland. Kaliforniya.

    Ingliz tilidan Charos Nizomiddinova tarjimasi

     

    [1] Machomen – “Qishloq ahli” guruhining shu nomli disko qo‘shig‘i. Aholi orasida birjinslilikni targ‘ib etgan, shov-shuvlarga sabab bo‘lgan qo‘shiq.

    13.04.2021, 09:10   Izoh (0)   26028
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Chinni”dan granata. Dunyodagi eng nozik qurol qanday ko‘rinishga ega?

    01.04.2021, 21:36

    “Kim o‘lsa, Yulduz aybdor bo‘lardi”. Yulduz Usmonova hamkasblari o‘limi va muvaffaqiyatsizliklarida ayblangan paytlari haqida gapirdi (video)

    30.03.2021, 19:21

    Vinsent Van Gogning “Monmartrdagi ko‘cha sahnasi” nomli kartinasi 13 mln yevroga sotildi

    29.03.2021, 14:35

    “Xalqlar do‘stligi” saroyi rahbari “Million”da 9 kishida, “Muqaddas ayol”da 6 kishida koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi

    29.03.2021, 08:45

    Dubayda dunyodagi eng katta kartina 62 mln dollarga sotildi

    25.03.2021, 11:23

    O‘zbekistonda bolalar uchun mo‘ljallangan “Aqlvoy” telekanali o‘z faoliyatini boshladi

    23.03.2021, 17:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp AQSHning Rossiya va Ukrainaga bosimi haqida fikr bildirdi

    Dunyo | 5 iyun, 23:55

    “Daryo” dayjesti: 5-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 5 iyun, 23:46

    Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzolariga tabrik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 23:30

    “Yomon uyqu rashk tuyg‘usini kuchaytirishi mumkin” — tadqiqot

    Dunyo | 5 iyun, 23:16

    JCH–2026 saralashi. O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor Jahon Chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

    Sport | 5 iyun, 23:01

    Yervopaning oltita mamlakati birgalikda piyodalar jangovar mashinasini sotib olishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 5 iyun, 22:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.