Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiya Qrimni Rossiyaning bir qismi deb tan olmoqchi emas. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

Foto: “President.gov.ua”

Foto: “President.gov.ua”

“Biz, shuningdek, Ukrainaning hududiy yaxlitligini va Turkiya suverenitetini qat’iyan himoya qilamiz. Biz Qrimning bosib olinishini tan olmaslik bo‘yicha qat’iy qarorimizni yana bir marta tasdiqladik”, — dedi Erdo‘g‘on.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara Kiyevning yarim orolning hududiy tegishliligi muammosi atrofiga xalqaro hamjamiyatni jalb qilish bo‘yicha loyihasi — “Qrim platformasi”ni qo‘llab-quvvatlaydi. “Umid qilamizki, bu tashabbus Ukraina va Qrimning barcha xalqlari, shu jumladan, Qrim tatarlari uchun ijobiy natijalarni olib keladi”, — deya ta’kidladi Turkiya prezidenti.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Anqara va Kiyevning ikki tomonlama aloqalari Qora dengizning “tinchlik, xotirjamlik va hamkorlik dengizi” bo‘lib qolishiga qaratilgan. Bundan tashqari, Erdo‘g‘on Minsk kelishuvini Donbassdagi nizolarni bostirish usuli sifatida qo‘llab-quvvatladi.

“Biz Sharqiy Ukrainadagi vaziyat yuzasidan fikr almashdik. Mavjud inqirozni siyosiy, diplomatik yo‘l bilan va xalqaro huquq doirasida hal qilish mumkinligiga ishonamiz”, — dedi Turkiya yetakchisi.

Ayni vaqtda Erdo‘g‘on Turkiya va Ukraina hamkorligi boshqa mamlakatlarga qarshi qaratilmaganini ma’lum qildi.

Erdo‘g‘on Turkiya Qrimning Rossiya tarkibiga kirishini tan olmasligi haqida birinchi marta aytishi emas. 2020-yil oktabrida Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan keyin ham u shunday bayonot bergandi.

Qrim 2014-yil martda bo‘lib o‘tgan referendumdan keyin Rossiya tarkibiga kirgan edi, o‘shanda yarim orol aholisining 96 foizdan ortig‘i shuni yoqlab ovoz bergan edi. Ushbu qaror G‘arb mamlakatlari tomonidan Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritilishiga sabab bo‘ldi. Kiyev Qrimni vaqtinchalik bosib olingan hudud deb hisoblaydi. Moskva yarim orolning hududiy tegishliligi masalasi yopilganini bir necha marta ma’lum qilgan.

Avvalroq Ukrainada tarix darsliklaridagi mamlakat xaritalari Qrim yarimoroli ko‘rsatilmagan holda nashr etilgani xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, mart oxirida Kanada va Avstraliya Rossiyaning Qrimni o‘ziga qo‘shib olishi munosabati bilan unga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi. Rossiyalik ikki nafar jismoniy va to‘rtta yuridik shaxs Kanadaning cheklovlari ostiga tushdi. Avstraliya Qrim ko‘prigining temiryo‘l qismini qurish va ekspluatatsiya qilishga aloqador rossiyalik bir nafar fuqaro va to‘rtta kompaniyaga qarshi cheklovlar joriy qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi