“Roma” darvozaboni Pau Lopes Yevropa Ligasining chorak final dastlabki bahslari yakuni bo‘yicha haftaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Ispaniyalik darvozabon “Ayaks”ga qarshi kechgan bahsda (2:1) 8 ta seyv ijro etdi va bir marta penaltini bartaraf etdi.
Ushbu sovrin uchun shuningdek, quyidagi futbolchilar da’vogarlik qilgandi:
- Brunu Fernandesh (“Manchester Yunayted”) — “Granada”ga qarshi o‘yinda (2:0) 1 gol va 83% uzatmalar aniqligi;
- Xerar Moreno (“Vilyarreal”) — “Dinamo Zagreb”ga qarshi bahsda (1:0) bitta gol;
- Tomash Golesh (“Slaviya”) — “Arsenal”ga qarshi bellashuvda (1:1) 1 gol va 87% uzatmalar aniqligi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)