Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Piplsay ijtimoiy so‘rovnomasiga ko‘ra, Amerika aholisining 46 foizi Gollivud aktyori va biznesmen Dueyn Jonson prezidentlik poygalarida ishtirok etishini xohlamoqda, deb yozadi “Film.ru”.

Foto: “Film.ru”

Foto: “Film.ru”

“Qoya”ni nomzodlar qatorida ko‘rishga 17 foiz respondent ovoz bergan bo‘lsa, 29 foizi Jonson va Mettyu MakKonaxi bir vaqtning o‘zida prezidentlikka nomzodini qo‘yishiga qarshilik bildirmagan. MakKonaxi avvalroq siyosatga kirmoqchi ekani va 2022-yili Texasdagi gubernatorlik saylovlarida qatnashish niyati borligini ma’lum qilgandi.

Ovoz berganlarning 21 foizi hech bir aktyorni siyosatda ko‘rishni istamasligini bildirgan va yana shuncha odam javob berishga qiynalgan.

So‘rovnomada ishtirok etgan mashhurlarning 45 foizi o‘zlari xohlagan ishni qilishga imkoni borligini ma’lum qilgan bo‘lsa, 19 foizi hozirda istalgan odam siyosatchi bo‘la olishini ta’kidlagan, 13 foizining esa aktyorlar kinoda ishlashni davom etishi kerak deb hisoblamoqda.

Amerikaliklar prezident sifatida ko‘rishni istayotgan boshqa yulduzlar orasida Tom Xenks (22 foiz), Uill Smit (21 foiz), Anjelina Joli (30 foiz) va Opra Uinfrini (27 foiz) ko‘rish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 153 kishida koronavirus aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 6-dekabr yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda
Mahalliy
“IIV vakillari muammoni prokuraturaga yuklab, jamoatchilikni chalg‘itibdi” — o‘z pogonini yulib, ayolni qasddan aybdor qilmoqchi bo‘lgan IIB xodimi voqeasi yuzasid...