• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Karib inqirozini keltirib chiqargan hodisa. Kastroni jismonan yo‘q qilish operatsiyasi haqida

    “Daryo” kolumnisti Jahongir Ergashev AQSh prezidenti Jon Kennedining Kuba rahbari Fidel Kastro hukumatiga qarshi harbiy amaliyotlarga ruxsat berishi, bu voqea Karib inqirozining yuzaga kelishi tarixi haqida hikoya qiladi.

    Kuba—AQSh “asal oyining” inqirozi

    1959-yil 1-yanvar sanasida amalga oshgan Kuba inqilobidan so‘ng AQSh hukumati Kubadagi inqilobiy hukumatni to‘ntarib tashlash uchun harakat qila boshladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    AQSh milliy xavfsizlik kengashining Amerika masalalari bo‘yicha davlat kotibi o‘rinbosari Roy Rubbot 60-yillar boshida AQSh—Kuba munosabatlarini tasvirlar ekan 1959-yilning yanvar—mart oylaridagi ikki mamlakatning munosabatlarini “asal oyi” sifatida tasvirlaydi. Aprel oyida ikki mamlakat munosabatlari soviy boshlaydi. Iyun oyiga kelib AQSh oliy rahbariyati Kastro hukumati ag‘darib tashlanmas ekan, AQSh Kubadagi maqsadlariga erisha olmasligini, shu sababdan iyul—avgust oylarida Kastro siyosatini boshqa siyosiy yetakchi bilan almashtirish borasida reja tuziladi. Biroq Kubada mulklaridan xavotirga tushgan ayrim kompaniyalar Kastro bilan kelishish mumkinligiga ishonch bildirishi bois, AQSh siyosiy elitasi rejasi ortga suriladi. AQShning rejasi, asosan, Kubada Kastroga muxolifat bo‘lgan siyosiy guruhlarni dastaklash orqali amalga oshirilishi kerak edi. 1960-yilning boshlarida MRB rahbari Allen Dalles prezident Duayt Eyzenxauerga Kubaning shakarqamish plantasiyalarida ish tashlash bilan siyosiy norozilikni boshlashni taklif qiladi. Eyzenxauer bu rejaga rozi bo‘lar ekan, Kastroga qarshi yanada natijakor va keskinroq siyosiy agressiya urushni qo‘llash kerakligini ham ta’kidlaydi. Bu rejaga asosan AQSh Kubadagi muxolifatchilarni dastaklashi kerakligi rejaning asosini tashkil qilardi.

    1960-yilning 17-mart sanasiga kelib Eyzenxauer Kubaga qarshi harakatning rejasiga o‘zgartirish kiritadi. Bunga ko‘ra, AQSh Kubadagi qo‘poruvchilik harakatiga zo‘r berishi, muxolifatni birlashtirgan holda harakat qilish va Kubadan tashqarida harbiylashtirilgan jangovar guruhlarni tashkil qilishni nazarda tutuvchi yangi rejani ishlab chiqadi. Mazkur rejaga binoan, AQSh Kubaga qarshi psixologik hujumlarni uyushtirishi kerak edi. AQShning MRB tashkiloti Panama va Gvatemalada Kastro rejimiga qarshi kurashadigan partizan otryadlarini tashkil qiladi. 18-avgust sanasida Eyzenxauer hukumati Kubaga qaratilgan rejani amalga oshirish uchun 13 million dollar mablag‘ ajratadi. 1960-yil kuziga kelib MRB Kubaga qarshi harakatlarda partizan otryadlari bilan kurashishning o‘zi yetarli emasligini va Kubaga desant tushirish eng to‘g‘ri yo‘l ekanligini tushunib yetadi. Shu orada Oq uydagi rahbariyat o‘zgarib qoladi va hukumat tepasiga Jon Kennedi keladi. Eyzenxauerning Kubaga qarshi harakatlari omadsizlikka uchragani AQSh siyosiy doiralarida tanqid qilinadi.

    Kennedi va Kuba qarama qarshiligi

    1961-yilning 4-aprel sanasida AQShning navbatdagi prezidenti Jon Kennedi Kubaga qarshi harbiy amaliyot o‘tkazishga ruxsat beradi. Kennedi ham yirik mulkdorlaning qarashlari ostida Kubaga nisbatan adovatini shakllantirgan va shu boisdan ham Fidel Kastroning Kubadagi rejimiga dushmanlik ko‘zi bilan qarardi. Fidel Kastroning xususiy mulkni natsionalizasiya qilishiga javoban AQSh hukumati Kuba bilan diplomatik aloqalarini uzadi. Ammo bu Kubadagi rejimga mutlaqo salbiy ta’sir qilmaydi. Kuba Sovet Ittifoqi ko‘magi va himoyasiga tayana boshlaydi. 1960-yilning fevral oyida Anastas Mikoyanning Gavanaga tashrifi chog‘ida Kuba va Sovet Ittifoqi o‘rtasida savdo kelishuvlari imzolanadi. Kuba va SSSR aloqalari rivojlana boshlaydi. Sovet Ittifoqi Kuba shakari sotib olish va Kubaga neft va boshqa maxsulotlarni yetkazib berish majburiyatini olar ekan, Kubaga 100 million dollar miqdorida kredit berishga ham rozi bo‘ladi. Vashington esa vaziyat tobora jiddiylashib borayotganidan xavotirga tushadi va Kubaga harbiy intervensiya uyushtirishga tayyorlanadi.

    MRB direktori Dalles Kennediga Kubaga qarshi havo desanti amaliyoti qo‘llashning yangi rejasini taqdim qiladi. Florida shtatining Mayami shahrida “Kuba inqilobiy kengashi” tashkil qilinadi. Biroq Kennedi Kubaga ochiqdan ochiq hujum qilish rejasini ma’qullamaydi. Kennedi nazarida Kubaga qarshi ochiqdan ochiq agressiya uyushtirish AQShning xalqaro hamjamiyat oldidagi yuzini yo‘qotishiga olib kelardi. Biroq Kennedi Kubaning tobora SSSR bilan inoqlashib borayotganligidan xavfsiragan holda o‘z burni ostida kommunistik rejimning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ya olmasdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bajarilmagan va’da va millatlar nafrati

    Kennedi qanday bo‘lmasin Kuba ozodligiga dahl qila olmasligini tushunardi, shu sababdan u AQSh dengiz kuchlarini Kubaga agressiyasini uyushtirishni niqoblashga intiladi va harbiy desant kuchlari Kuba orolining janubidagi Kochinos bo‘g‘ozidan boshlashga buyruq beradi. MRB polkovnigi Frenk Bender Kastroga muxolifatda bo‘lgan general Batista tarafdori bo‘lgan harbiy dala qo‘mondoni Xose Alfredo Romanoga “har qanday holatda ham AQSh kubaliklarga yordamga kelishi” borasida va’da beradi. 1961-yil boshlarida Kuba harbiy havo kuchlarida bor yo‘g‘i 24 dona harbiy uchoq bor bo‘lib, AQSh harbiy razvedkasi bir urinishda Kubaliklarning havo hujumlarini barbod qilishi borasida ishonchi komil ekanligini aytadi. 15-aprel sanasida amerikaliklarning havo hujumlari kutilgan natijani bermaydi. Kuba uchoqlaridan 13 tasi omon qoladi. Kubaliklarning qarshi hujumlari natijasida ikkita Amerika uchog‘i urib tushiriladi. AQSh dastlabki harakatda mag‘lubiyatga uchragandi.

    AQShning yollanma kuchlari 16-aprel sanasida Oryente viloyatining sohillariga ikki marta yorib kirishga urinadi, ammo omadsizlikka uchraydi. AQSh kutganidek Kubaga agressiya uyushtirsak, barcha xalq biz bilan birga bo‘ladi, degan holat yuzaga kelmaydi. 19-aprel sanasida AQSh uyushtirgan intervensiya mutloq mag‘lubiyat bilan yakunlanadi. AQSh mazkur harbiy amaliyot davomida 150ga yaqin harbiylaridan, 4 harbiy kemasi, 12 ta uchoq, 10 ta tank, 20 ta harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ladi va 1200 ga yaqin amerikaliklar asirga olinadi. Kubaliklarning talofati esa 156 nafar harbiy va 2 uchoq, 1 tank bilan baholanadi. MRB direktori iste’fo berishga majbur bo‘ladi.

    Mazkur harbiy amaliyot tez orada dunyo matbuotida turli tafsilotlar bilan yoritila boshlaydi. AQSh hukumati tanqid nishoniga aylanadi. Ayrim mamlakatlarda AQSh elchixonalari o‘qqa tutiladi. Kuba hukumati AQShning mazkur harakatidan 53 million dollar zarar ko‘rganligini hisoblab chiqadi va asirga olinganlarni o‘q dori va dori darmonga almashtirib oladi. AQSh hukumati barcha talablarni zudlik bilan bajaradi va asirlarni qutqarib oladi.

    09.04.2021, 10:26   Izoh (0)   96882
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    IShID rahbari Amir Muhammad al-Maul AQShning Iroqdagi informatori bo‘lgan. U amerikalik harbiylarga boshqa terrorchilar haqida ma’lumot bergan

    09.04.2021, 07:13

    Myanma hukumati Londondagi elchisini lavozimidan chetlashtirdi

    08.04.2021, 22:43

    Rossiyada yirik loyihalarni amalga oshirish uchun mehnat muhojirlari yetishmayotgani ma’lum qilindi

    08.04.2021, 22:30

    Zoom MDH mamlakatlari davlat sektoriga o‘z xizmatlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri sotishga qaror qildi. Avvalroq kompaniya buni taqiqlagan edi

    08.04.2021, 21:55

    Vladimir Zelenskiy Donbassdagi nizolar avj olayotgan bir paytda frontga jo‘nab ketdi

    08.04.2021, 21:42

    Bloomberg: AQSh rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborishi va Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishi mumkin

    08.04.2021, 21:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.