Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Pishloq va tomat sousi qo‘shilgani uchun juda ham mazali chiqadi.

Foto: Lifehacker

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tovuq qiymasi — 400-500 g;
  • o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
  • ismaloq — 50-70 g;
  • tuz, murch;
  • ko‘katlar;
  • makaron (yirik, chig‘anoq shaklidagi) — 20-25 dona;
  • pishloq — 250-300 g;
  • tomat sousi — 450 ml.
Tayyorlanish jarayoni:
  • yog‘ solingan tovada 5-6 daqiqa davomida qovurib olingan qiymaga tuz va murch seping;
  • ismaloq va ko‘katlar qo‘shing;
  • makaronlarni tuz solingan suvda pishirib oling;
  • qirg‘ichdan chiqarilgan pishloqning to‘rtdan bir qismini qiymaga qo‘shib aralashtiring;
  • pechga qo‘yishga mo‘ljallangan maxsus idishga tomat sousining uchdan ikki qismini soling;
  • chig‘anoq shaklidagi makaronlar ichini qiyma bilan to‘ldirib, idishga terib chiqing;
  • ustidan sous va pishloq qolgan qismini qo‘shing;
  • 180 daraja qizigan pechda 20-25 daqiqa davomida pishirib oling.
Yoqimli ishtaha!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
“Sirli odam” — Murali Lal Jalanning Minerva City bo‘yicha intervyusi bahslarga sabab bo‘lmoqda. Lal Jalan aslida kim?
Sport
Bobur Abduxoliqov Belarusda mavsumning eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqdi