• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Amir Temur xiyoboni: kecha va bugun (foto)

    9-aprel – buyuk Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan sana. Bu yil O‘zbekistonda uning 685 yillik yubiley sanasi nishonlanmoqda.

    Toshkentdagi Amir Temur nomidagi xiyobon — shaharning alohida belgilangan maydoni, boshlang‘ich koordinatasi timsolidir. Madaniyat, san’at, fanning alohida gullagan payti o‘sha davr bilan belgilanadi.

    1994-yil 31-avgust, Mustaqillik bayrami arafasida taniqli haykaltarosh Ilhom Jabborov bronzadan quyma yasagan Amir Temur haykali Toshkent aholisiga taqdim etildi. Haykaltarosh akademik maktab vakili, usta haykaltarosh ko‘p marotaba dunyo bo‘ylab sayohat qildi: Meksikada Rivera, Orasko va Sikeyros haykallarini ko‘rib o‘z ijodini qayta nigohidan o‘tkazdi. Aynan shu ijodiy safar natijasida Badiiy akademiya akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Ilhom Jabborov otliq Amir Temur haykalini mana shunday ajoyib ko‘rinishda yaratdi.

    1998-yilda xiyobonda musiqa chalib o‘tirgan orkestr.

    1998-yilda xiyobonda musiqa chalib o‘tirgan orkestr.
    Foto: Tashkent_Retrospective
    Amir Temur shaxsini Toshkentning markaziy qismi ramzi sifatida tanlash tasodifiy emas. Buyuk sarkarda va davlat arbobi, o‘zbek davlatchiligi asoschisining timsoli poytaxt aholisini mustaqil davlatni yaxlit birlashtirishga, buyuk ajdodlarning ezgu ishlarini davom ettirishga chaqiradi. Haykal Amir Temurning o‘tirgan holatini ifoda etadi. Hukmdor jangovar kiyimda, go‘yoki g‘alabali yurishdan qaytmoqda, chap qo‘li bilan olovli otini jilovlamoqda, o‘ng qo‘li uni kutib olayotgan odamlar uzra ko‘tarilgan va mamlakatda tinchlik, osoyishtalik hukm surishini ma’lum qilmoqda. Hukmdorning viqorli salobati va yarim bukilgan qo‘li farovonlik va taraqqiyot ramzidir. Haykal o‘rnatilgan tagkursida esa buyuk Temurning “Kuch – adolatdadur” shiorining to‘rt tilda yozilganligini ko‘ramiz.

    2009-yil noyabrida hukumat qaroriga muvofiq Amir Temur xiyoboni tubdan qayta tiklandi: yoshi 100 dan o‘tgan keksa daraxtlar kesib tashlandi. Aynan shu bog‘ yuz yildan ortiq vaqt davomida xiyobonda eng jazirama issiq ob-havoda ham salqinlikni ta’minlar edi. “Skver”dagi chinorlarni kesib tashlash shahar ma’muriyatining so‘nggi yillardagi eng shov-shuvli va muhokamalarga sabab bo‘lgan qaroriga aylandi. Hozirga qadar ko‘pchilik toshkentliklar uning tarixini xiyobonni “yo‘q qilgungacha” va “undan keyingi” davrga bo‘lib kelishadi.

    Daraxtlar kesilgach, xiyobon hududida hashar uyushtirilib, tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirildi, ko‘rkam, go‘zal va shinam bog‘-xiyobon vujudga keltirildi. Turli manzarali daraxtlar, gullar ekilib, zamonaviy favvoralar o‘rnatildi.

    “Daryo” haykal o‘rnatilgan vaqtdan bugunga qadar bo‘lgan qiyofasi aks etgan suratlarni bo‘lishadi.

    Amir Temur xiyobonining 1996-yildagi qiyofasi fonida turgan haykal.

    Amir Temur xiyobonining 1996-yildagi qiyofasi fonida turgan haykal.
    Foto: Tashkent_Retrospective

    2009-yilning 12-noyabrida ushbu xiyobondagi daraxtlarni kesish va qo‘porish ishlari boshlangan. 16-noyabrga kelib bu yerdagi yashil qiyofa tugatilgan.

    2017-yil, Amir Temur xiyoboni.

    2017-yil, Amir Temur xiyoboni.
    Foto: Stanislav Magay

    2017-yilning 8-sentabr kuni Toshkent shahrida tashkil etilgan “O‘zbegim” milliy qadriyatlar festivali doirasida shahar markazidagi Amir Temur xiyobonida ko‘kka ko‘tarilgan sharlar.

    2017-yilning 8-sentabr kuni Toshkent shahrida tashkil etilgan “O‘zbegim” milliy qadriyatlar festivali doirasida shahar markazidagi Amir Temur xiyobonida ko‘kka ko‘tarilgan sharlar.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Amir Temur haykali shahardagi asosiy yodgorlik sanaladi. Amir Temur o‘rta asrlarning kuchli siyosiy arbobi va sarkardasi bo‘lib, 200 yil hukm surgan va Kavkazdan Xitoygacha, Sibirdan Hindistongacha hududni egallagan yirik va yagona imperiyani tuzgan. Temurning salobatli turishi va yuqoriga cho‘zilgan qo‘li homiylik, xalqqa tinchlik va xotirjamlik va’da berishining ramzi.

    2019-yilning 17-noyabrida O‘zbekiston bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlangan festival doirasida Amir Temur xiyobonidan “Xalqlar do‘stligi” maydoni tomongacha otlar marshi o‘tkazilgan edi.

    2019-yilning 17-noyabrida O‘zbekiston bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlangan festival doirasida Amir Temur xiyobonidan “Xalqlar do‘stligi” maydoni tomongacha otlar marshi o‘tkazilgan edi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    2020-yilning 15-mart kuni O‘zbekistonda ilk marta koronavirus qayd etilgan edi. Bu haqda ma’lumot e’lon qilingan soatlarda Amir Temur xiyobonida odamlar hali niqobsiz yurar edi.

    2020-yilning 22-martidan e’tiboran koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish choralari doirasida Toshkentdagi jamoat transporti harakati vaqtincha to‘xtatildi. Bu paytda odamlar hali uylariga qamalmagan holda Amir Temur xiyobonida sayr qilib yurishar edi.

    2020-yilning 6-aprelidan boshlab koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi. Respublikada “o‘zini yakkalash” hayot tarzi joriy etildi. Suratda bo‘m-bo‘sh Amir Temur xiyoboni oldida ketayotgan yuk mashinasi hamda xizmat avtomobili. Ichki ishlar organlari yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan karantin davrida avtotransport vositasini maxsus ruxsatnomasiz boshqarganlik uchun transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirish yo‘li bilan ushlab turilishi xabar qilindi.

    2020-yilning 8-aprelida butun dunyo va shu jumladan, O‘zbekiston aholisi ham o‘zini yakkalash rejimida uyida o‘tirganida kutilmaganda qor yog‘di. Suratda Amir Temur haykalining o‘sha kungi manzarasi.

    2020-yilning 14-aprel kuni Toshkent shahrini tongdan tuman qopladi. Suratda xiyobonning tumandagi ko‘rinishi va koronavirusdan saqlanish uchun niqob taqib olgan odamlar.

    2020-yilning 14-aprel kuni Toshkent shahrini tongdan tuman qopladi. Suratda xiyobonning tumandagi ko‘rinishi va koronavirusdan saqlanish uchun niqob taqib olgan odamlar.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    2020-yilning 18-noyabrida Toshkentda yog‘gan birinchi qor fonida turgan Amir Temur haykali.

    2020-yilning 18-noyabrida Toshkentda yog‘gan birinchi qor fonida turgan Amir Temur haykali.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    2021-yilning 18-fevralida Toshkentga erta kelgan bahor nafasi Amir Temur xiyobonida ham sezildi. Daraxtlar kurtakka kirdi.

    2021-yilning 18-fevralida Toshkentga erta kelgan bahor nafasi Amir Temur xiyobonida ham sezildi. Daraxtlar kurtakka kirdi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    2021-yil, 9 aprel – Sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yillik yubiley sanasi nishonlanmoqda.

    2021-yil, 9 aprel – Sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yillik yubiley sanasi nishonlanmoqda.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    09.04.2021, 17:23   Izoh (0)   64382
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryoda 741 mln so‘mdan ortiq budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan viloyat perinatal markazi mutasaddilariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    09.04.2021, 17:11

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

    09.04.2021, 16:27

    O‘zbekistonda dam olish kuni havo harorati pasayishi kutilmoqda

    09.04.2021, 15:58

    Toshkent hokimligi “Navro‘z” to‘yxonasining buzilishiga izoh berdi

    09.04.2021, 15:34

    O‘zbekistonda 2021-yil uchun zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori e’lon qilindi

    09.04.2021, 15:10

    Shavkat Mirziyoyevning Rossiya va Janubiy Koreyaga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani ma’lum qilindi

    09.04.2021, 14:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi

    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi

    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob

    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring

    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi

    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda

    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali

    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi

    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 

    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi

    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar

    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?

    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin

    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Muhammadali O‘rinboyev faoliyatini Belgiya chempionatida davom ettirishi mumkin

    Sport | 19 iyun, 17:42

    Orlando Blum “Karib dengizi qaroqchilari” filmiga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi

    Layfstayl | 19 iyun, 17:40

    Xonanda Shoira Otabekova avtohalokatga uchradi (video)

    O‘zbekiston | 19 iyun, 17:35

    Attestatsiyadagi qing‘irliklar: 200 dan ortiq nomzodlar sinovlardan chetlashtirilgan

    O‘zbekiston | 19 iyun, 17:30

    AQSH Yaqin Sharqdagi bazalaridan samolyot va kemalarni ko‘chirdi

    Dunyo | 19 iyun, 17:20

    Foto va videolarni o‘chirmasdan telefon xotirasini bo‘shatishning 5 ishonchli usuli

    Maslahatlar | 19 iyun, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.