“Bavariya” Yevropa Chempionlar Ligasi chorak final bahsi doirasida 7-aprel kuni PSJni qabul qildi. Myunxendagi “Alyans Arena”da kechgan bahsda parijliklar 3:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Foto: Twitter

Uchrashuvda PSJ hujumchisi Kilian Mbappe dubl qayd etdi. Shu tariqa fransiyalik futbolchi Chempionlar Ligasi bir mavsumining 1/8 va 1/4 finalidan o‘rin olgan safar o‘yinlarida 5 ta gol urgan ilk futbolchi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe 1/8 final doirasida “Barselona”ga qarshi kechgan “Kamp Nou”dagi o‘yinda het-trik qayd etgandi.

PSJ va “Bavariya” jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi 13-aprel kuni Parijdagi “Park de Prens” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Mbappe Fransiya chempionatida joriy mavsum 26 o‘yin o‘tkazib, 20 gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Mavzuga doir: “Bavariya”ning Chempionlar Ligasidagi mag‘lubiyatsiz seriyasi yakunlandi. Xans Flik musobaqada ilk bor yutqazdi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!