Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining qaroriga muvofiq, poytaxtda tashqi reklama obyektlarini joylashtirish, o‘rnatish, o‘zgartirish va pasportlarining berilishiga moratoriy e’lon qilindi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, tashqi reklama konstruksiyalarini xatlovdan o‘tkazish, yagona elektron reyestrni shakllantirish maqsadida joriy etilgan taqiq 2021-yilning 1-aprelidan 31-dekabrigacha amal qiladi.

Moratoriy amal qilishi davomida yangi o‘rnatilgan tashqi reklama obyektlari noqonuniy hisoblanib, belgilangan tartibda demontaj qilinadi va ularni o‘rnatgan shaxslarga nisbatan choralar ko‘riladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning fevral oyida poytaxt reklamachilarning Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash so‘zlari va tadbirkorlar faoliyatiga aralashmaslik haqida “O‘zavtoyo‘l” davlat qo‘mitasiga qaratilgan chorlov aks etgan reklama bannerlari paydo bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekiston kommunikatsion agentliklari assotsiatsiyasi bu “O‘zavtoyo‘l”ning “Toshkent halqa avtomobil yo‘li yoqasiga o‘rnatilgan 600 ga yaqin tashqi reklama konstruksiyalarini demontaj qilish” haqidagi bayonotiga nisbatan javob munosabati deb aytgandi.

O‘sha yilning mart oyida Toshkent shahri ko‘chalaridagi qonun talabiga javob bermaydigan tashqi reklama obyektlariga qarshi qat’iy choralar ko‘rilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi
Mahalliy
“Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov