O‘zbek muxlislari qalbidan joy olgan “Elchining qizi” filmining suratga olish ishlari qachon yakuniga yetishi ma’lum bo‘ldi.

Foto: İnternet Gündem

Serial ilk qismlarining o‘zidayoq qiziqarli sujet va afsonaviy sevgi hikoyasi bilan tomoshabinlarni ekran qarshisiga mixlab qo‘ydi. Voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib borganlar muxlislar Nareni Sanjar bilan qoladimi yoki Gediz bilan deb ikkilangan bir vaqtda Nare qahramonini gavdalantirgan Neslihan Atagul salomatligi yomonlashgani sabab loyihani tark etdi.

Uning ortidan Gediz rolini gavdalantirgan Uraz Kaygilarog‘lu va Elvan roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Hivda Zizan Alp ham suratga olish maydonchasidan ketdi. Keyin esa bosh qahramon rolini ijro qilish uchun loyihaga Tuba Buyukustun kelib qo‘shildi, u serialda Sanjarning yangi sevgisi, qalbi yaralangan Mavi ismli qahramonni gavdalantirmoqda.

Serial reytingining sezilarli darajada tushib ketishiga qaramay ijodkorlar loyihani 52-qismgacha davom ettirishga qaror qilgan.

Serialning 52-qismi 10-may kuni efirga uzatiladi. 5-aprel, dushanba kuni esa 47-qism ekran yuzini ko‘rdi.