Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

MIB Buxoro viloyat boshqarmasi inspektori Boburjon Halimovning “Daryo”ga xabar berishicha, farzandi uchun aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab, qochib yurgan fuqaro Toshkent shahridan topilgan.

Ta’kidlanishicha, Qorako‘l tumanida yashovchi 31 yoshli fuqaro F.N. ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 17,5 million so‘m miqdordagi aliment pulini to‘lamay kelgan.

Unga nisbatan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumanlararo sudining ijro hujjati qo‘llanilgan va undiruvchi X.Q.ning foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun oylik ish haqi va boshqa daromadlarining uchdan bir qismi miqdorida aliment undirilishi belgilangan.

Shundan so‘ng MIB Qorako‘l tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilishiga kirishilgan va qarzdor otaning mulki yo‘qligi aniqlangan. Uning oxirgi yashash manzili ham aniq bo‘lmagani bois fuqaroga nisbatan qidiruv e’lon qilingan va u Toshkent shahridan topilgan.

F.N.dan aliment qarzdorligini undirish imkoni bo‘lmagani sababli unga nisbatan to‘plangan hujjatlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47(4)-moddasiga asosan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumani sudiga yuborilgan.

Sud qarori bilan qarzdorga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Audiosi tarqalgan Oqqo‘rg‘on tumani IIB sobiq xodimi ushlandi
Mahalliy
Yunusobod tumani hokimligi sobiq mansabdori fuqaroni 30 ming dollarga chuv tushirdi
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo kutilmoqda?