• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Aykido tamoyilini xush ko‘rgan “millatlar otasi”. Iosif Stalinning hokimiyat tepasiga kelishi

    Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchill o‘z kundaliklarida rus xalqini dunyo uchun og‘ir va mashaqqatli davrida daho va ahdida qat’iy bo‘lgan Stalin boshqarayotgani Rossiya uchun baxt hamdir degan edi. “Daryo” nashri kolumnisti Jahongir Ergashev sana munosabati bilan buyuk qo‘mondon, shu bilan birga inson huquqlari faollarining ko‘plab tanqidlariga uchragan “xaqlarning otasi” Iosif Stalinning hokimiyatga kelishi tarixi haqida hikoya qiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1879-yil

    Chorizm va Sovet imperiyasi davrining ashaddiy inqilobchisi Iosif Stalin 1879-yilning 21-dekabr sanasida Gruziyadagi Gori shaharchasida dunyoga keladi. Stalinni ayrimlar nazarida buyuk inqilobchi, dunyoni fashizmning dahshatli kunlaridan xalos qilgan shaxs sifatida e’tirof etsa, ayrimlar Rossiyadagi qatag‘onlar, ochlik va qashshoqlik, terrorda ayblab keladi. Stalinning siyosati shu sababdan ko‘plab qizg‘in bahslarga sabab bo‘ladigan mavzu.

    Oilada uchinchi farzand bo‘lgan Stalin akasi va singlisidan erta ayrilib qoladi va oiladagi yagona farzandga aylanadi. Ustiga ustak, foytun arava Sosoni urib yuboradi va natijada bo‘lg‘usi dohiyda chap qo‘l sohasining ishlashi borasida muammolar yuzaga keladi. Qolaversa, Stalinning otasi o‘g‘lini ko‘p kaltaklashi oqibatida Stalinda bosh miya sohasida jarohat asoratlari bilan birgalikda psixoemotsional ruhiy zo‘riqish yuzaga keladi. Stalinning onasi Yekaterina Georgiyevna farzandiga otasi berolmagan mehrni to‘ldirish uchun bor kuchini sarflaydi. Sahardan shomga qadar ishlab charchagan ayol o‘z o‘g‘liga munosib ta’lim berish uchun uni kelajakda ruhoniy qilishga ahd qiladi. Ammo Yekaterina Georgiyevnaning orzulari sarobga aylanadi. Stalin cherkov xodimi emas, ammo ko‘p vaqtini ko‘cha bezorilari bilan o‘tkazadigan o‘smirga aylanadi. 1888-yilda Stalin Gori provoslav cherkovi maktabi o‘quvchisiga keyinchalik, Tiflis diniy seminariyasini tinglovchisiga aylangan bo‘lsada, keyinroq o‘z xatti-harakatlari oqibatida seminariydagi talabalar safidan chetlashtiriladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1922-yil

    Vladimir Lenin Stalin haqida gap ketganida “bu oshpaz faqat mazali taomlarni tayyorlaydi” deganida juda adashgandi. Stalin eski bolsheviklardan biri sifatida o‘z boshidan ko‘plab surgun va qamoq jazolarini kechirgandi. Bu esa uning o‘spirinligi jang-u jadallarda o‘tganligidan darak edi. U fiqarolar urushida faol qatnashadi, Sarisin himoyasida jangovor birodarlariga yordam beradi.

    Stalin yoshligida o‘zgalarning mulkini tortib olishdan ham tab tortmay harakat qilardiki, Lenin bolsheviklarning mazkur xatti-harakatlarini tanqid qilgan davrlar ham bo‘ladi. 1907-yilda “Koba Ivanovich” (Stalinning maxfiy taxallusi) guruhi davlat banki pullari ortilgan foytunga hujum qiladi va ancha miqdordagi pulni o‘z qo‘liga oladi. Lenin Stalinning bu harakatini ma’qullamagan bo‘lsada, o‘sha kezlarda bu pullar partiya uchun kerakligi uchun Stalinning harakatiga ko‘z yumadi. O‘sha talonchilikda Kobe guruhi 250 ming rublni qo‘lga kiritgan va bu pullarning barchasi Leninga yuborilgandi. Stalinning bu xatti-harakati ayrim mensheviklarga ma’qul emasdi va ular Stalinni Tiflisdagi yig‘inda partiya a’zoligidan ham o‘chiradi. Shunda Stalin mensheviklarning yetakchilaridan biri Martovga  “seni partiya tribunaliga topshiraman” degan tahdidini ham eshitishga majbur bo‘ladi.

    Hokimiyatga erishishning “Aykido tamoyili”

    Aykido tamoyili – rus psixoterapevti Mixail Litvak tarafidan ilgari surilgan tamoyil bo‘lib, bunda shaxs o‘z raqibining qarshi fikrlariga samarali tarzda javob qaytarish va raqibning asosli fikrlarini qabul qilish usulidir.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Stalin Lenin vafot etganidan so‘ng hokimiyatga intilar ekan, o‘zi mansub bo‘lmagan g‘oyalarni Leninning hammaslaklaridan oqilona foydalana bildi va partiya qurish borasidagi tezislarni astoydil o‘rgandi. Boshqacha qilib aytganda, Stalin o‘z raqiblarining mafkuraviy g‘oyalaridan unumli foydalandi. Nikolay Buxarin (Buxarchik Stalin ta’birida) Stalinga sovet davlatining poydevorini yaratishda o‘z g‘oyalari bilan yordam berdi, garchi Buxarin keyinroq Stalin tarafidan repressiya qurboniga aylangan bo‘lsada. Stalin Buxarinning “partiyaning asosiy maqsadi”, Zinovyevning “uch shahar inqilobi” g‘oyalaridan unumli foydalana oldi. Hattoki Stalin o‘zining ashaddiy siyosiy raqibi bo‘lgan Trotskiyning “dehqonlar hisobiga sanoatlashtirish” g‘oyasini ham qabul qilib oldi. Agarda Sovet Ittifoqida 1927-yildan keyingi besh yillik rejali iqtisodiyotdagi islohotlar Buxarin g‘oyalariga asoslangan bo‘lsa, 1928-yil boshlariga kelib Stalin bu g‘oyalarni qayta ko‘rib chiqish va yaxshilash borasida farmon beradi.

    Kadrlar millatning taqdirini hal qiladi

    Stalin karyerasi haqida gap ketganda, aksariyat kishilar uning hokimiyat tepasida 30 yildan ortiq vaqt mobaynida davlatni shafqatsiz ravishda boshqarganligiga urg‘u bersada, Stalin hukumat tepasiga kelgan vaqtlarda Kommunistik partiya bosh kotibligi Sovet Ittifoqida hali asosiy siyosiy post emasligini nazardan qochirishadi. Bosh kotib partiyaning yetakchisi bo‘lar ekan, o‘sha kezlarda u partiyaning bor imkoniyatini davlatning barcha sohalariga dahldorligiga asos solgan tizimni barpo qila oldi.

    1935-yilda komunistik partiya yig‘inidagi nutqida Stalin “kadrlar barcha muammolar”ni hal qiladi deganida, ikkiyuzlamachilik qilmagandi. Kadrlar qaysi bir soha bo‘lmasin Stalinning obro‘sini oshirishga yordam berardi.  Stalin eng yaxshi kadrlardan biri va kadrlar masalasini yaxshi tushunishi bilan ajralib turar va hokimiyat tepasiga kelishi bilan komunistik partiya kotibiyati orqali tayinlanadigan kadrlarni tanlab olish islohotini amalga oshirdi. Bu siyosat avvalo, Stalinga o‘z siyosiy hokimiyatini mustahkamlab olishga yo‘l ochgan bo‘lsa, ikkinchidan, o‘z vazifasiga layoqatli bo‘lgan kadrlarning kelishiga turtki bo‘ldi. Ammo kadrlar borasidagi Stallinning qatag‘onlari ham nihoyatda shafqatsiz kechdi. Stalinning kadrlar masalasidagi uslubiy yondashuvi rus tarixchilari, xususan,  Mixail Voslenskiy nazarida sovet nomenklaturasini yaratishda xizmat qiladi. Amerikalik tarixchi Richard Payps nazarida Stalinning kommunistik partiya rahbariyatchiligini isloh qilishga erishishi Stalinning byurokratik tizimining Sovet ittifoqida keng yoyilishiga olib keladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Trotskiy bilan kechgan kurash

    Hokimiyatga erishish uchun kurash Stalin va uning siyosiy sahnadagi eng katta raqibi, dastlab konstitutsion monarxiya tarafdori, keyin mensheviklar bilan ittifoqqa kirgan Lev Davidovich Trotskiy o‘rtasida kechadi. Trotskiy inqilobdan keyingi davrda Qizil Armiyani tashkil qilgan, dunyo inqilobining tarafdori, qiziqqon va shaxsiy egosini ustun qo‘yuvchi inqilob qahramoni edi. Troskiy va Stalin dushmanligi 1918-yillarda boshlangan, o‘sh vaqtda Stalin Leninga yozgan bir maktubida “kecha bizga qo‘shilgan Trotskiy partiya a’zolarini xulq odobiga o‘qitmoqda” deb yozgandi. Troskiyning rahbarlik qobiliyati Rossiyadagi fuqarolar urushi davrida sayqallanadi, ammo uning harbiy strategiyasi tinchlik davrida ruslar uchun hech qanday foyda keltirmagan siyosat sifatida tanqid qilinadi.

    Lenin vafot etgan paytda Trotskiy Tiflisdagi sanatoriyada da’volanar ekan, Stalin o‘zining raqibiga sanatoriyadan qaytmaslikni maslahat beradi. Shu boisdan Trotskiy Lenining dafn marosimida ham qatnasha olmaydi. Qolaversa, Trotskiyning o‘zi ham poytaxtga qaytmaslikka ahd qilgan, uning nazarida Stalin Leninni zaharlagan degan ishonch bor edi. 1925-yilda Trotskiy harbiy va dengiz xalq komissarligi lavozimidan olib tashlanadi va uning o‘rniga Mixail Frunze olib kelinadi.

    Trotskiyning radikal va keskin islohot dasturi uning ko‘plab tarafdorlarini ham undan yuz o‘girishga olib keladi. Hattoki Nikolay Buxarin ham Troskiyning g‘oyalaridan ko‘ngli qoladi. Sabab esa Yangi Iqtisodiy Siyosat (NEP) borasida fikrlarning xilma-xilligi edi. Gap shunda ediki, Trotskiy NEP orqali butun dunyoda komunistik inqilobni amalga oshirishga undardi, Buxarin esa bunday siyosat mamlakatni jar yoqasiga olib kelib qo‘yishini ta’kidlardi. Natijada, aynan Buxarin Trotskiyni surgun qilinishiga sababchi bo‘lgan shaxs bo‘ladi.

    Lev Trotskiy surgun qilinadi va umrini Meksikada o‘tkazishga majbur bo‘ladi. Stalin esa “trotskizm”dan mamlakatda ommaviy qatag‘onlarni amalga oshirishda yaxshigina foydalanadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Siyosiy “poklanish”

    Trotskiy mag‘lubiyatga uchragach Stalin yakka hokimiyatga intilishda Zinovyev va Kamenyevga qarshi kurash boshlaydi. 1925-yilda Zinovyev va Kamenyevning so‘l muxolifat partiyasi “feodalchilik”da ayblanadi. Stalin nazarida Zinovyev va Kemenyev komunistik partiyani bo‘lib yubrishga urinishda ayblanadi. Stalin Leninning mero‘sxo‘ri vazifasini bajarishga kirishar ekan, Lenin tayangan Zinovyev va Kamenyevlar endilikda Stalin uchun xushlanmaydigan va xavfli insonlarga aylanadi. Stalin bor byurokratik kuchini ishga solib, ularni markaziy apparatdan chetlashtirishga erishadi. Trotskiy og‘liga yozgan bir maktubida quyidagi voqeani esga oladi: “Bir kuni Stalin, Dzerjinskiy va Kamenyev qandaydir bir voqeani nishonlar ekan, suhbat kim nimani ko‘proq yoqtirishiga borib taqaladi. Stalin shu suhbat chog‘ida hayotdagi eng totli narsasi qurbonini yaxshilab nishonga olish va undan keyin aniq zarba berish, shundan keyin xotirjam uxlashi” haqida aytganligini xotirlaydi. Stalin Lenin suyangan shaxslarni turli soxta siyosiy ayblovlar bilan qoraga botirar ekan, uning maqsadi yakka hukmronlik va o‘z irodasini butun xalqlar irodasi sifatida ko‘rsatishga tayangandi. Turli siyosiy tamg‘alar esa Stalinni Leninning “haqiqiy” izdoshi sifatida ko‘rsatishga xizmat qildi.

    So‘ng so‘z o‘rnida

    1953-yilning 5-martida Iosif Stalin vafot etadi. Bu vaqtga kelib Stalin sovet millatlarining buyuk rahnamosi sharafiga sazovor bo‘lib ulgurgandi. Uinston Cherchill ta’biri bilan aytganda “Stalin hokimiyatni “qo‘lqopsiz” egallab, o‘zidan keyin atom quroliga ega bo‘lgan dunyo mamlakatini qoldirishga” erishgandi. Biroq bunday qudratning ostida esa millionlab haq-huquqlari toptalgan, besabab totalitar tuzumning qurboniga aylangan, oilasi va yaqinlaridan ayrilgan taqdirlar yotardi.
    06.04.2021, 12:46   Izoh (0)   93833
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh Rossiyadan qurol sotib olgani uchun Turkiyaga qarshi sanksiyalar joriy qiladi

    06.04.2021, 11:49

    AQSh Rossiyadan Ukraina chegarasidagi “provokatsiyalar”ga izoh berishini talab qildi

    06.04.2021, 11:17

    Iordaniyaning fitnada ayblanayotgan sobiq valiahd shahzodasi o‘z taqdirini qirolga ishonib topshirishini ma’lum qildi

    06.04.2021, 10:14

    Saudiya Arabistoni Ramazonda COVID-19’ga qarshi emlanganlarga ziyorat uchun ruxsat beradi

    06.04.2021, 09:11

    Gana janubidagi sohilga 60 dan ziyod o‘lik delfin chiqib qoldi

    06.04.2021, 06:30

    Chernogoriyada Srebrenitsa genotsidi haqidagi gaplari uchun adliya vazirining iste’fosi talab qilinmoqda

    06.04.2021, 06:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.