Turkiyalik olimlar muntazam issiq choy ichish oqibatida yuzaga keladigan xavfdan ogohlantirdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Olimlar bir necha yil davomida an’anaviy ravishda issiq choy ichib keladigan Turkiya, Xitoy, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistondan bo‘lgan 50 ming kishida iborat guruhni kuzatgan.
Gastroenterologiya sohasidagi mutaxassis Vedat Geral olimlarning xulosasi bilan bo‘lishgan: 65 darajadan issiq bo‘lgan ichimlikni muntazam ichish qizilo‘ngach saratonining rivojlanish xavfini oshiradi.
Bundan tashqari, issiq choyni sovuq suv bilan ichish qizilo‘ngachda yara va o‘tkir gastrit paydo bo‘lishiga, u esa o‘z navbatida saratonni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Geralning ta’kidlashicha, qizilo‘ngach saratonining rivojlanishiga genetik moyillik sabab bo‘ladi, biroq issiq choy uning faol bosqichga o‘tishida trigger vazifasini o‘tashi mumkin. Shuningdek, trigger omillarga tamaki chekish va spirtli ichimliklarni ichish ham kiradi.
2019-yilda Amerika onkologik hamjamiyati mutaxassislari har kuni issiq choy ichish qizilo‘ngach saratoni yuzaga kelishini 90 foizga oshiradi. Bunga kuniga 60 darajadan issiqroq ichimlikni 700 millilitr ichish kifoya.
Izoh (0)