• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Nega geologlar kuni bahorga belgilangan? Ushbu kasb bayrami haqida nimalarni bilish kerak?

    Bugun, 4-aprel kuni O‘zbekiston geologlari o‘z kasb bayramini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan “Daryo” kolumnisti, geolog Shukurjon Islomov kun tarixi va sohaning ahamiyati haqida hikoya qiladi.

    O‘zbekiston geologlari aslida aprelning birinchi dam olish kunini o‘z bayrami sifatida nishonlaydi. To‘g‘ri, bu kun kalendarga maxsus mixlab qo‘yilmagan bo‘lsa ham 60-yillardan beri geologlarimiz o‘z kunini nishonlashni an’anaga aylantirib olgan. Ilk bor 1966-yilning 31-mart kuni SSSR Oliy Soveti prezidiumi farmoni bilan geologlar kuni ta’sis etilgan. 2018-yilning 26-dekabr kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun bilan ushbu kasbiy bayramning mustaqil O‘zbekistondagi qonuniy asosi mustahkamlandi.

    Foto: Google Photos

    Nega endi aynan aprelning birinchi yakshanbasi? Chunki qish qahratonlari ketib, tog‘-u toshlardagi muzlar eriganda geolog odam oyog‘i yetmagan joylarga ekspeditsiyaga yo‘l olgan. To‘g‘ri, bizning yurtda bahor ertaroq keladi, aprel sanasi esa shimoldagi sobiq “katta og‘a”ning iqlimini hisobga olib tanlangan.Bu kunni faqat geologlargina nishonlamaydi. Geologiya bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan burg‘ilovchilar, marksheyderlar, geofiziklar, portlatuvchilar, geomorfolog va geomexaniklar, shaxta xodimlari va umuman foydali qazilmalarga aloqador mutaxassislarning bari o‘z kuni deb hisoblayveradi.Geologiya yer po‘sti va tuzilishi, tarkibi, harakatlari va rivojlanish tarixini o‘rganuvchi fandir. Geologiya yer yuzasida (yoki oz chuqurlikda) bo‘ladigan jarayonlarni o‘rganishda tabiiy geografiya fanlari (geomorfologiya, iqlimshunoslik, gidrologiya, okeanshunoslik va boshqalar) yutuqlaridan foydalanadi; chuqurlikdagi jarayonlar, radiologik yoshni aniqlashda, geologik qidiruv va razvedkada geokimyo va geofizika metodlari qo‘llaniladi. Geologiya fani to‘g‘risidagi bu umumiy ma’lumotlar zerikarli tuyulishi mumkin, ammo geologlarning taraqqiyotga qo‘shgan hissasi juda yuqoridir. Eng oddiy misol foydali qazilma konlarini izlab topishni oling. Biz xonadonimizda yoqayotgan gaz, ko‘mir, avtomobilimizga quyadigan yonilg‘i, davlat moliyaviy qudratini belgilovchi oltin zaxirasi, kundalik hayotimizda zarur bo‘lgan metallar, har xil minerallar, turli kimyoviy modda va birikmalar hamma-hammasi geologlarning mehnati mahsuli sanaladi.

    Geolog anjomlari

    Geolog anjomlari
    Foto: “Mirkosmosov.ru”

    Geolog ish anjomlari azaldan bolg‘acha, kompas, metr, bloknot kabi qurollar bo‘lgan. Ammo hozir geolog ham noutbuk va elektron o‘lchovchi qurilmalarsiz yurmaydigan bo‘ldi.Geologiyaning vulqonshunoslik, tektonika va seysmologiya kabi bo‘limlari vulqonlar otilishi va zilzilani oldindan prognoz qilish imkonini beradi. Bu falokatlar ko‘lami juda katta bo‘lganligi uchun insoniyatga azaldan ma’lum, ammo geologlar yer mantiyasining yuqori qismidagi jarayonlarni o‘rganib ushbu hodisalarning tabiatini baholaydi va ilmiy bashoratlar qiladi. Yer qa’rini o‘rganish uchun o‘ta chuqur quduqlar qaziladi yoki yer yuzasida sun’iy silkinishlar hosil qilinadi.

    Eng dastlabki geologiya kuzatuvlari Pifagor, Aristotel kabi olimlarning asarlarida uchraydi. Markaziy Osiyo olimlari Beruniy va Ibn Sinolar X asrda minerallarga ta’rif bergan va sinflarga bo‘lgan. Zamonaviy geologiya fani islom dunyosidan boshlangan deb hisoblovchi olimlar ham bor. Hozirgi geologiya fanining otasi XVIII asrda yashagan shotland olimi Jeyms Hatton hisoblanadi. Hatton “Yer nazariyasi” nomli mashhur ilmiy asarida yer qa’rida qizigan jinslar borligini va shu jinslar tog‘larni hosil qilishini oldinga surgan. Bungacha yerdagi tog‘lar katta suv toshqinining natijasi degan qarash mavjud edi. Hattonning bu va boshqa nazariyalari fan olamida burilish yasagan. Hatton jonli mavjudotlar evolyutsiyaga uchrashini tasdiqlagan va hattoki, tabiiy tanlanishni taxmin qilgan.

    Shotlandiyadan O‘zbekistonga qaytamiz. O‘zbekistondagi geologik ishlarni Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tartibga soladi va boshqaradi. Davlat geologiya qo‘mitasiga “Hisorgeologiya”, “Qizilqumgeologiya”, “Samarqandgeologiya”, “Toshkentgeologiya, “Surxongeologiya”, “O‘zbekgeofizika” AJlar, H. Abdullayev nomidagi geologiya va geofizika instituti, Geologiya fanlari universiteti va boshqa tashkilotlar bo‘ysunadi.

    O‘zbekistonda geologiya haqida gap ketsa mashhur geolog olim, O‘zFA prezidenti Habib Muhamedovich Abdullayev birinchi eslanadi.

    Habib Abdullayev

    Habib Abdullayev
    Foto: Vikipediya

    Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda geologiyaning mineralogiya, gidrogeologiya, muhandislik geologiyasi, seysmologiya, geofizika, geotektonika kabi bo‘limlari rivojlanmoqda, ushbu yo‘nalishlarda tadqiqotlar olib borilmoqda. Geologlar esa davlatning energetik salohiyati, mineral-xomashyo zaxiralarini ta’minlashda yetakchi o‘rinni egallaydi.

    04.04.2021, 15:17   Izoh (0)   23893
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Germaniyada miya saratoniga qarshi vaksina sinovdan o‘tkazildi

    02.04.2021, 17:22

    Yaponiyada sakura so‘nggi 1200 yil ichida birinchi bor har doimgidan erta gulladi

    01.04.2021, 13:45

    Olimlar: 2100-yilga borib yoz fasli yarim yil davom etadi

    29.03.2021, 19:58

    Sauterur d’Alfort turiga kiruvchi quyonlar sakray olmaydi — shu sababli old panjalarida yuradi. Olimlar buning sababini aniqladi

    27.03.2021, 15:33

    Olimlar iste’mol qilsa bo‘ladigan plyonkani yaratdi. U dengiz o‘tlaridan tayyorlangan

    27.03.2021, 09:51

    Koronavirusga chalingan erkaklar ayollarga qaraganda ko‘proq vafot etmoqda

    25.03.2021, 18:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45

    YouTube endilikda sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videoroliklarga pul to‘lamaydi

    Layfstayl | 12 iyul, 11:35

    “Real Madrid” 100 mln yevroga futbolchi xarid qilmoqchi

    Sport | 12 iyul, 11:25

    AQSH Senati komiteti Ukrainaga 500 mln dollar yordam ko‘rsatishni ma’qulladi

    Dunyo | 12 iyul, 11:05

    Pavel Durov o‘z muvaffaqiyatining sirini ochdi

    Layfstayl | 12 iyul, 10:45

    “Barselona” asosiy e’tiborini Reshford transferiga qaratadi

    Sport | 12 iyul, 10:35

    O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.